2-mavzu: kasbiy psixologiya fanining tadqiqot metodlari. Reja
Download 267.62 Kb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu kasbiy psixologiya fanining tadqiqot metodlari. Reja
2-MAVZU: KASBIY PSIXOLOGIYA FANINING TADQIQOT METODLARI. REJA: 1. Kasbiy psixologiyaning metodlari haqida tushuncha 2. Metodlarning klassifikatsiyasi: kuzatish, eksperimental metod va eksperimental psixologiya, test, biografiya (tarjimai xol) metodlari. 3. Anketa, sotsiometriya, faoliyat mahsulini tahlil qilish metodlari. Kasbiy psixologiyaning metodlari haqida tushuncha Odamlarning o‘z kundalik hayotlarida ma’lumot to‘plashlari va ularni izohlash usullari doimo ham ilmiy bo‘lavermaydi. Odatda, ma’lum bir holat uchun izoh to‘g‘ridek tuyuladi. Bunda biz izohni xaqiqat deb olamiz. Ammo, bunday asoslash ilmiydan ko‘ra ko‘proq ichki ovozga tayangan bo‘ladi. Intuitsiya – ichki ovoz bu ko‘proq tajribaviy, hissiy, avtomatik va ongsiz fikrlash bo‘lib, holatning barcha aspektlarini tahlil qilishga olib kelmaydi. (Kaxneman, 2011). Aytish jozki, aniq izlanish predmetiga ega bo‘lgan har qanday fan o‘sha predmetining mohiyatini yoritish va materiallar to‘plash uchun maxsus usullar va vositalardan foydalanadi va ular fanning metodlari deb yuritiladi. Fanning salohiyati va obro‘si ham birinchi navbatda o‘sha metodlar yordamida to‘plangan ma’lumotlarning ishonchliligi va validliligiga bog‘liq bo‘ladi. Metod soʻzi – yunoncha methodos boʻlib tadqiqot, tekshirish degan ma’noni beradi. Nazarimizda yuqoridagilarga yana yoʻl, usul soʻzlarini ham kiritish mumkin. Metodlar tadqiqot ishlarida ham, bilim berishda ham qoʻllaniladi. Ushbu bobda bilim berish metodlari haqida emas, balki fan uchun, uning rivojlanishi uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni toʻplashdagi qoʻllaniladigan tadqiqot metodlari haqida soʻz boradi.Psixologiya fanining empirik (amaliy) metodlari turkumidan muhim oʻrin egallagan, diagnostik xususiyatli metodlardan biri – kuzatish metodidir. Mazkur metod fanimizing eng qadimgi zamonidan boshlab to hozirgi davrgacha ilmiy izlanuvchilarning asosiy tekshiruv qurollaridan biri boʻlib, keng koʻlamda foydalanib kelinmoqda. Lekin bugungi kunda uning ob’yekti, koʻlami yanada kengaydi, murakkab psixologik jarayonlar, holatlar, hodisalar, kechinmalar, faoliyat va muomala xususiyatlarini oʻrganish imkoniyati tugʻildi, sifat hamda mazmun jihatidan katta oʻzgarishlar yuzaga keldi. Hozirgi zamon kasbiy psixologiya fanining asosiy prinsiplari, kategoriyalari va ilmiy tadqiqot usullari 1923 yilda Psixonevrologlarning birinchi s’ezdida K.N. Kornilov (1879–1957) psixologiyani dialektika negizida tuzish masalasini ilgari surdi. Psixologlarning psixologiyani dialektik materializm negizida tuzish uchun olib borgan kurashining natijasi hisoblangan gʻoyaviy-nazariy kurash jarayonida psixologiya predmeti va uning metodlari haqidagi ilmiy tushunchalar tarkib topdi, psixologik tadqiqotlarning eng muhim prinsiplari va asosiy muammolari aniqlab olindi, bilimning turdosh sohalariga munosabat oydinlashdi. Psixologiya fanining taraqqiyotida buyuk oʻrin tutgan B.G. Ananev, P.P. Blonskiy, L.S. Vigotskiy, A.V. Zaporojets, K.N. Kornilov, G.S. Kostyuk, A.N. Leontev, A.R. Luriya, S.A. Rubinshteyn, A.A. Smirnov, B.M. Teplov, D.N. Uznadze va boshqa olimlar еtishib chiqdi. Download 267.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling