2-mavzu: kasbiy psixologiya fanining tadqiqot metodlari. Reja


Metodlarning klassifikatsiyasi: kuzatish, eksperimental metod va eksperimental


Download 267.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana17.06.2023
Hajmi267.62 Kb.
#1529122
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-mavzu kasbiy psixologiya fanining tadqiqot metodlari. Reja

Metodlarning klassifikatsiyasi: kuzatish, eksperimental metod va eksperimental 
psixologiya, test, biografiya (tarjimai xol) metodlari.
 
Kuzatish metodi 
Psixologiyada kuzatish odamning psixik hayotini oʻrganish metodi sifatida keng suratda 
qoʻllaniladi. 
Kuzatishning texnologiyasi takomillashdi, uning yangi shakllari, vositalari, usullari paydo 
boʻldi, xolisonalik (ob’yektivlik) darajasi ortdi, ishonchliligini ifodalovchi mezonlar, oʻlchovlar 
yaratildi. Buning natijasida kuzatish psixologiya fanining universal tadqiqot metodlari qatoriga 
kirib, uning barcha sohalarida qoʻllanilmoqda, ayniqsa tadbiqiyligi imkoniyatining 
yuksakligi, statistik hisoblashga beriluvchanligi xususiyati bilan boshqa metodlardan ajralib 
turadi. Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqqan holda uning yoritilmay qolib ketgan jihatlari, 
tarkiblari, yordamchi jabhalari yuzasidan mulohaza yuritamiz. 
Kuzatish metodining texnologiyasi quyidagilardan tashkil topadi: 
- voqelik (atrof – muhit, inson shaxsi) ni kuzatish oqimini muayyan qismlarga, 
yoʻnalishlarga ajratish (nemischa – lotincha “kvantifikatsiyalash”, ya’ni eng zarur, birinchi darajali 
jihatlarini saralash); 

kuzatishning 
koʻlami (xajmi), xususiyati va oʻziga xosligini aniqlash, 
ya’ni uning nimalarga qaratilganligini belgilab olish; 
- kuzatish jarayonida barcha holat, hodisa, alomat va tashqi qiyofa, koʻrinishning oʻziga 
xosligini qayd qilish (ularni yozma nutqda ifodalash, ya’ni fransuzcha – lotincha “fiksatsiyalash”); 
- kuzatish davomida toʻplangan omillar, ma’lumotlar, natijalarni matematik statistik 
metodlar yordami bilan hisoblab chiqish va miqdoriy tahlil yakunlari boʻyicha psixologik sifat 
talqinini amalga oshirish. 
Psixologik kuzatish olib borishdan koʻzlangan maqsad mana bulardan iborat: 
- kuzatiluvchi vaziyat, holat va ob’yektni maqsadga muvofiq tanlash, uning oqilona 
ekanligiga ishonch hosil qilish; 
- kuzatishning dasturini ishlab chiqish, uni amaliyotga tatbiq qilish, sxematik ifodalashni 
yaratish, yigʻilgan natijalarni chizma asosida aks ettirish. 
Kuzatishning ob’yekti va predmeti quyidagi tuzilishga ega: 
- kuzatishning ob’yekti – inson, guruh, jamoa va shaxslararo munosabatlar, emotsional – 
hissiy kechinmalar, xayvonot olami, shaxsning faoliyati, ijodiyoti, muomalasi kabilarni 
oʻrganishdan iboratdir; 
- kuzatishning predmeti – insonning xilma xil holati, jarayoni, harakatining kuchi, jadalligi, 
uzluksizligi, dinamikasi, oʻziga xosligi, uning hamkorlikdagi harakati, undagi onglilik, 
ongsizlik, 
ongosti 
holatlarining 
kechishi, 
faoliyat 
va 
muomala 
kabilarni 
eksteriorizatsiyalashdan tashkil topgandir
- amaliy va gnostik holatlar; nutq aktlari: ma’nosi, mazmuni, mohiyati, yoʻnalishi, 
chastotasi, ritmikasi, tempi, amplitudasi, davomiyligi, intensivligi, ekspressivligi, uning 
leksikasi, grammatikasi, fonetikasi, lingvistik qurilishi va boshqalar; 
3
T
. Melchert. Fondations of Professional psychology. 2011. 12-bet.


- noverbal nutq ifodasi: mimika, pantomimika va vokal mimikasi (musiqa ma’nosini tana 
a’zolari orqpli ifodalash); 
- vegetativ reaksiyalarning koʻrinishi: rangning qizarish, oqarishi, terlash, nafas olishning 
tezlashuvi, sekinlashuvi va qiyinlashuvi. 
Kuzatishning bosqichma – bosqichliligi, tadrijiyligi (ierarxiyasi) tarkiblari quyidagilardan 
tashkil topadi: 
- kuzatishning maqsadi, vazifalari, dasturi, qaydnomasi: bunda umumiy talablarga rioya 
qilish, kundalik, texnika vositalari (faktik holatlar), natijalarning tahlili, talqini va gʻoyalarni ilgari 
surish. 
Kuzatishni ifodalash uslublari: tajribalarda toʻplangan ma’lumotlarni alomat, belgi va 
simvolika orqali aks ettirish (piktogramma, chizgi, jadval, anogramma) va turli shakl, xususiyatli 
bayonnomalar, qaydnomalar yuzaga keltirish. 
Psixologiya fanida kuzatishning quyidagi turlaridan foydalaniladi: izchil, epizodli, dala 
sharoitli, laboratoriyaviy – sun’iy, tabiiy, xronologiyali, davriy, bir martali kabilar. 
Insonning mehnat faoliyatini kuzatishda quyidagi vositalarni qoʻllash maqsadga muvofiq: 
- F. Gilbertning “Ish kuni fotografiyasi” metodikasi (rasmlarda ifodalangan ishchining 
harakatini kuzatish, koʻzdan kechirish orqali ularni tahlil 50 qilish (sa’i – harakatlar boʻyicha tizim 
vujudga keltirish, ulardagi oʻzgarishlarga binoan muayyan ketma – ketlikda joylashtirish); 

A.K. 
Gostevning 
xronokartasi 
(ikki 
yoki 
uch 
marta 
yarim 
soatdan 
smenada va smenadan keyin tekshiruv oʻtkazish); 
- Talabalarda dars boshida, oʻrtasida va oxirida yoki boshqa vaziyatlarda: yordamchi 
yumush bilan shugʻullanish holati, dam olish, uyqu va shu kabilar. 
Kuzatish metodining bir necha xil shakllari mavjud boʻlib, vazifalariga qarab ularning har 
biridan foydalanish mumkin: aralishib yashirin kuzatish, 
kuzatiluvchining psixologik portretini yaratish, aralashib oshkora kuzatish (oʻsmirlarda 
yuqori natijalar beradi), hulq – atvor portretini tahlil qilish va hokazo. 
Kuzatilgan ob’yektni qayd qilishning turlari va vositalari mavjuddir: kundaliklar, foto, 
video, kinoapparatlarning mahsullari, voqelikning musavvir tomonidan faktik ifodalanishi
ta’kidlovchi, ta’birlovchi, umumlashtiruvchi xususiyatlar majmuasi. 
Kuzatish natijalarini umumlashtirishda ma’lumotlar miqdor va sifat jihatidan tahlil qilinadi, 
tajriba yakunlari boʻyicha gʻoyalar, umumlashmalar, xossalar, qonuniyatlar mexanizmlar, 
holatlarining ilmiy psixologik talqini amalga oshiriladi. 
Kuzatish yakunida toʻplangan ma’lumotlar ilmiy hisobot sifatida muayyan qoidalarga 
asoslangan holda quyidagi tartibda joylashtiriladi: kirish, metodikalarning tasnifi, natijalarning 
bosqichma – bosqich tahlili, ularning muxokamasi, izlanishlarning xotimasi va xulosalari, amaliy 
xususiyatga ega boʻlgan tavsiyalar, koʻrsatmalar berilishi, foydalaniladigan adabiyotlar roʻyhati 
va nihoyat ilovalar (har bir qism oʻziga xos yakunlangan, tugallangan ma’no anglatishi lozim).
Kuzatish metodi yordami bilan xatto nizoli (konfliktli) vaziyatlarni kuzatish ham mumkin. 
Nizoli vaziyatlar turli – tuman boʻlishidan qat’i nazar kuzatish jarayonida ushbu holatlarga e’tibor 
berish zarur: nizoning mohiyatiga kirish, nizoning kuchayishi va uning tashqi va ichki omillari
nizoni pasaytirishga qaratilgan ta’siroʻtkazuvchi vositalardan foydalanganlik, nizo еchimining 
topilishi, nizoli vaziyat bartaraf qilingandan keyin sixologik holatning tasnifi. 
Kuzatish jarayonida R. Beylzaning interaksiya metodikasini (bahs –munozara jarayonida 
oʻzaro ta’sir oʻtkazish imkoniyatini aniqlash uchun) qoʻllash ijobiy natijalar beradi: 
- umumiy muammo mohiyatiga guruh a’zolarini yoʻnaltirish; 
- guruh a’zolari tomonidan muammoni echish yoʻllarini baholash; 


- bahs (munozara, diskussiya) jarayonini nazorat qilish; 
- umumiy fikrga kelish uchun guruhiy qaror qabul qilish; 
- muammo еchimiga erishishdagi guruh a’zolarining birdamligi va hamjixatligi. 
Kuzatish yakunlari boʻyicha umumpsixologik xulosalar chiqarish, milliy, etnopsixologik, 
hududiy xususiyatlarni qat’iy ravishda sharxlash, yosh davrlari, jinsiy xususiyatlariga taalluqli 
mulohazalar bildirish – psixologik bilimlarning boyishiga olib keladi. Tajribalarda, kuzatishlarda 
toʻplangan materiallar qiymatini oshirish uchun vujudga kelgan barcha omillarni psixologik tahlil 
qilish, statistik metodlardan unumli foydalanish zarur, toki bu mezonlar ma’lumotlarning ilmiylik 
darajasini yuksaltirishga xizmat qilsin. 
Kuzatish 
natijalarini 
miqdoriy 
tahlil 
qilishda 
statistik 
metodlarni 
quyidagi 
tartibda qoʻllash lozim: 
- olingan natijalarni foizlar boʻyicha hisoblash chiqish; 
- toʻplangan ma’lumotlarning oʻrtacha arifmetik qiymatini topish; 
- son qatoridagi oʻrtacha kvadrat ogʻishni hisoblash (sigma); 
- son qatoridagi miqdorlar tarqoqligini aniqlash (dispersiya); 
- omillar oʻrtasidagi muayyan munosabatlar mavjudligini (korrelyatsion) tahlil qilish; 
- ma’lumotlar, metodikalar ishonchlilik darajasini aniqlash uchun Styudent mezonidan 
foydalanish lozim. 
Kuzatish metodining oʻziga xos xususiyati shuki, odamning tashqi koʻrinishi (ish-
harakatlari, qanday soʻzlashishi, kishilar bilan boʻlgan munosabati, psixik holati va faoliyati) tabiiy 
hayot sharoitida oʻrganib boriladi. 
Psixologik kuzatishning maqsadi boʻlishi shart. Psixologik kuzatish muayyan reja yoki 
dastur asosida olib boriladi. Odatda psixologik kuzatuv uzoq vaqtni talab qiladi. Kuzatish qancha 
uzoq davom etsa, kuzatuvchi shuncha koʻproq dalillar toʻplashi, uning psixologik xulosalari huqur 
va ishonchliroq boʻladi. 
Psixik hodisalar hayotda, ya’ni tabiiy sharoitda, odamning turli-tuman faoliyatida qanday 
koʻrinishda voqe boʻlsa, oʻsha koʻrinishda kuzatish metodining yordami bilan oʻrganiladi. 

Download 267.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling