2-mavzu: kasbiy psixologiya fanining tadqiqot metodlari. Reja
Eksperimental metod va eksperimental psixologiya
Download 267.62 Kb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu kasbiy psixologiya fanining tadqiqot metodlari. Reja
Eksperimental metod va eksperimental psixologiya
Tadqiqot maqsadi va vazifalarni belgilash: ijtimoiy psixologik tadqiqot buyurtmachi va ajaruvchilar oʻrtasidagi munosabat oʻzaro kelishib olinadi. Tadqiqot uchun sarf qilinadigan harajatlar: moliyaviy va mehnat resurslari hisoblab chiqiladi. Bunda maqsad va vazifa aniqlab olinadi. Maqsad - bu ongda oldindan payqalgan tadqiqot natijasidir. Muammoni oʻrganish darajasi, ijtimoiy uyurtma, tadqiqot manfaatlariga bogʻliq boʻladi. Empirik (eksperiment) tadqiqotning umumiy maqsadi: ob’yekt rivojlanish turlari, tuzilmasi, oʻzgaruvchanligi va tendensiyalaridir. Bu faktlar turli maqsadlarga qoʻllanishi mumkin: a) nazariy hulosalar olishda; b) oʻrganish metodining effektivligi, bilish imkoniyati orqali hulosalar olishda; v) amaliy maslahatlar olishda; g) kam oʻrganilgan soha boʻyicha informatsiya toʻplaganda. Ijtimoiy psixologik tadqiqot maqsadi turlicha boʻlishi mumkin. Masalan, muayyan ishlab chiqarish korxonasida mehnat unumdorligini koʻtarish muammosini ijtimoiy psixologik tadqiqot qilish zarur boʻlsa, bunda asosiy maqsad mehnat unumdorligi pastligining asosiy sabablarini aniqlash, mavjud yashirin iqtisodiy imkoniyatlarni qidirib topish va mavjud shart- sharoiti oʻzgarishidan iborat boʻladi. Tadqiqotning asosiy vazifasi esa belgilab olingan maqsadning mazmunan, uslubiy va tashkiliy jihatdan yanada oydinlashtirib olishdan iborat boʻladi. Ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda maqsad-bu tadqiqotlarni nazariy yoki amaliy yoʻnalishlarda boʻlishini koʻrsatuvchi moʻljal vazifasini oʻtaydi. Ayni vaqtda dastur oʻtkazilayotgan tadqiqot qanday muammoni hal etishi yoki qanday xarakterdagi natijalarga ega boʻlishi xususida konkret savollarga javob berishi lozim. Eksperimental psixologiyaning hozirgi davr holati. Maqsadni amalga oshirish jaryonida bir yoʻla bir necha xil manzaralarga duch kelish mumkin. Zero, hamma narsa oldindan aniq belgilanishi qiyin. Hamma imkoniyat va yutugʻlarni toʻla aniqlik bilan hisobga olishga urinish be’manilikdan va shallaqilikdan boshqa narsa emas. Shu bilan birga barcha tadqiqotchi kutilgan natijalardan tashqari yana qoʻshimcha natijalar paydo boʻlishini nazardan qochirmaslik kerak. «Agar siz qandaydir yoʻllanmagan, kutilmagan hayolingizga keltirmagan narsani topishni oʻylamaydigan boʻlsangiz, siz bu narsani hech qachon topa olmaysiz» degan edi. Maqsadni amalga oshirishda ba’zan faqatgina asosiy vazifa emas, ikkinchi darajali vazifalarni ham bir yoʻla bajarishga toʻgʻri keladi. Shunig uchun ham ishda asosiy qoʻshimcha u yoki masalalar bir yoʻla hal etiladi yoki hal etishning konkret yoʻllari belgilab beriladi. Eksperimental psixologiya Maqsadni amalga oshirish jarayonida tadqiqotchi 3 an’anaviy vazifani bajarishni oʻz oldiga qoʻyadi: 1) oʻrganiluvchi mavzuni ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etish; 2) ilmiy-nazariy mavzuning boshqa ilm va hayot bilan bogʻliqligi; 3) krizis holatlardan chiqishning aniq-ravshan yoʻllarini belgilab berish (dasturda metodologik tavsiyalarni yaratishni qayd etadi). Ba’zan hal etilmagan noasosiy vazifalar alohida mustaqil tadqiq etilishi dasturda koʻrsatilishi lozim. Demak, empirik ijtimoiy psixologik tadqiqot maqsadi nazariy, metodik, amaliy, informatsion boʻlishi mumkin. Maqsad tadqiqot jarayonini tashkil qiladi va e’tibor qaratishga yordam beradi. Maqsad ma’lum bir vazifalarni echish natijasida amalga oshadi va tadqiqot jarayonini tashkil qiladi, e’tibor qaratishga yordam beradi. Maqsad ma’lum bir vazifalarni echish natijasida amalga oshadi. Agar maqsad tadqiqot nima uchun oʻtkaziladi degan savolga javob bersa, vazifa tadqiqotni qanday oʻtkazish, qoʻyilgan maqsadni qanday nazariy, metodik masalalarni echish zarur degan savolga javob beradi. Maqsad bir necha vazifalarga boʻlinadi: a) shu haqda tushuncha berish. b) nazariy tipologiyasini bayon etish va hokazo. Asosiy va asosiy boʻlmagan vazifalarni ajratish kerak. Bu vaqtni toʻgʻri taqsimlashga xizmat qiladi. Ilmiy -tadqiqot bosqichlari Tadqiqot ob’yekti va predmetini aniqlash: Koʻpincha mehnat jamoalari ob’yekt boʻlib xizmat qiladi. Ob’yekt qanchalik aniq boʻlsa, metod shunchalik toʻgʻri tanlangan boʻladi. Emperik tadqiqot tipik ob’yektlari odamlar fikri, jamoadagi munosabatlar, siyosiy jarayonlar. Bu ob’yektga bir necha predmet toʻgʻri kelishi mumkin. Predmet «ong tuzilmasi» va hokazo. Umuman ob’yekt (lat. predmet) - falsafada kishi ongidan tashqarida, unga bogʻliq boʻlmagan olda mavjud boʻlgan har qanday hodisa. Keng ma’noda - kishi bilishga intilgan predmet, hodisa (masalan, oʻrganish ob’yekti) va oʻz faoliyatini shunga yoʻnaltirish (koʻrish ob’yekti). Ob’yekt odatda mustaqil tushuncha sifatida tadqiqochi ixtiyoridan chetda turadi va maxsus oʻrganiladi. Predmet esa tadqiqotchi tomonidan muayyan shaklga solinadi va mahsus tadqiqot qoʻlami sifatida oʻrganiladi. Ob’yekt predmetidan ma’no doirasi jihatidan ancha keng, predmet ob’yektning hosilidir. Birgina ob’yektning oʻzida bir necha alohida tadqiqot predmetlarini ajratib olib oʻrganishi mumkin. Ijtimoiy voqealikni ob’yekt sifatida qayd etishi va unda predmetni ajratib chiqarish, hamisha yuzaga kelgan ijtimoiy ziddiyatli muammo va bu muammoni hal etish holatlari bilan chambarchas bogʻliq. Ba’zan tadqiqotchi oldin maxsus masala, ya’ni predmetni aniqlab oladi va shundan soʻng shu masala atrofidagi muhit, masalaga qon - qarindosh tomonlarini, ya’ni ob’yektni belgilaydi. Bu yondashuvlar dialektik materializimning induktiv bilish usullariga muvofiq va har ikki yondashuv ham toʻgʻri deb e’tirof etishi mumkin. Ob’yekt - bu haqiqiy mavjud boʻlgan tuzilma boʻlib, predmet - abstrakt qoʻyilgan tadqiqot muammosidir. Muammoni nazariy tahlil qilish va asosiy tushunchalarni ishlab chiqish. 4 a) defetsiyalashni (ta’riflash), ya’ni ilm-fanda ishlab chiqilgan nazariy va metodologik nuqtai nazaridan muammoning asosiy tushunchalarini aniqlash, nazariy asoslar boʻlmaganda esa 4 Davis S. F. Handbook of Research Methods in Experimental Psychology. – Blackwell Publishing Ltd, 2003.46-49-bet. tadqiqotchi oʻz konsepsiyasini mustaqil yaratish kerak. b) tadqiqot tushunchalariga bogʻliq, ya’ni muammoning nazariy tahlili bevosita tushuncha bilan dialektik uzviylikda rivojlanadi. Bunda nazariy va empirik koʻrsatkichlar oʻzaro aloqada boʻladi. Tadqiqot ob’yektining tahminiy, sistemali tahlili: Oʻrganilayotgan ob’yekt sistemali tahlil qilinadi. Bu ob’yektni, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy bogʻliqlikda oʻrganishdir. Sistemali tahlil natijasida faqat ob’yektdagi mavjudlik mexanizimiga emas, balki institutsional, oilaviy-maishiy, shaxsiy tuzilmalar ham aniqlanadi. Ob’yektning sistemali tahlili asosida gipoteza shakllanadi. Tushunchalarni nazariy va empirik interpritatsiyasi: Dasturni tuzishdagi keyingi qadam, bu interpritatsiyadir. Intrepritatsiya - sharhlash, izohlash, tushuntirib berish, talqin qilish natijasida olingan tushunchalar elementidir. Dasturni tuzishda tushunchalar nazariy va empirik interpritatsiya talqin qilinadi: a) nazariy interpritatsiya (izohlash) - bu tushunchalar mazmuni muammoning nazariy aspekti nuqtai-nazardan tushuntirishi («e’tiqod» va «qadriyat» tipi belgilanadi). b) empirik (eksperiment) interpritatsiya tushunchalarni empirik faktlar bilan taqqoslash, oʻrganilayotgan soha bilan mosligini aniqlash, operatsional tushuncha toʻplash. Test metodi. Test tushunchasi inglizcha sinash, tekshirish, demakdir. Shaxsning aqliy oʻsishini, qobiliyatini tekshirishda qoʻllaniladigan qisqa standart masala, topshiriq, misol, jumboqlar test deb ataladi.Test ayniqsa insonning qanday kasbni egallashi mumkinligini kasbga yaroqligi (moyilligi) yoki yaroqsizligini, iste’dodlilar yoki aqli zaiflarni aniqlashda, odamlarni muayyan oʻlchovlarga binoan saralashda keng qoʻllaniladi.Ushbu metodning qiymati tajribaning ilmiylik darajasiga, tekshiriluvchining mahoratiga va qiziqishiga, yigʻilgan psixologik ma’lumotlarning xolisligi va ularni ilmiy tahlil qila bilishga bogʻliqdir. 5 Ilmiy – psixologik manbalarda qayd qilinishiga koʻra, intellekt – lotincha soʻzdan olingan boʻlib, u odatda aql – idrok, anglash, tushunish, fahmlash degan ma’noni anglatadi. Bizningcha, intelekt shaxsning muayyan darajada mustahkam, barqaror aqliy qobiliyatlari majmuasi tuzilishidan iboratdir. Oʻz davrida AQShlik psixolog F.Frimen intellekt oltita tarkibdan iborat boʻladi, degan gʻoyani ilgari suradi va ularni quyidagicha tartibda joylashuvini koʻrsatib oʻtadi: - sonli operatsiyalariga nisbatan qobiliyatlik; - lugʻat boyligi koʻlami; - geometrik shakllar oʻrtasidagi oʻxshashlik va farqli tomonlarini ajratishga nisbatan uquvchanlik; - shaxs nutqining tezligi yoki sur’ati; - shaxsning fikrlashga, mulohaza yuritishga nisbatan qobiliyatliligi; - xotiraning maxsuldorligi yoki noyob hislatliligi. Yana bir salohiyatli psixolog L.Tyorstoun umumiy intellektning turli jabhalarini tadqiq qilib, ularni umumlashtirib “birlamchi aqliy potensiyalar” deb ataydi. Muallif etti xildagi potensiyalar oʻzaro farqlanishini ta’kidlab oʻtadi: - insonning hisoblash qobiliyati koʻrsatkichi; - ogʻzaki soʻzni ixcham ifodalanishining koʻrsatkichi, nutq yordami bilan tez oʻqish adisini egallanganligi; - ogʻzaki ma’lumotlarni toʻla idrok qilish yoki idrok qilingan soʻzlarni tushunish, anglash; 5 Davis S. F. Handbook of Research Methods in Experimental Psychology. – Blackwell Publishing Ltd, 2003. 49- bet. - fazoviy operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati yoki shaxsning chamalash qobiliyati (uquvchanligi); - xotiraning mustahkamligi yoki uning barqarorligi; - fikrlashga, munozara yuritishga qobiliyatlilik; - shaxs idrok qilishining tezligi yoki uning sur’ati. Fransuz psixologi T.Ribo idrok koʻlamining kengayishi, bilimlarning koʻpayishi, diqqatni bir vaqtning oʻzida bir necha ob’yektga qarata olish – intellekti taraqqiyotiga olib keladi va u uch bosqichdan iborat boʻlishi mumkin ekanligini ta’kidlaydi: - shaxs imitatsiyasi yoki uning tashqi taqlidi; - inson identifikatsiyasi (oʻquvchining bilimlarini oʻziga singdirish jarayoni, uning shaxsiy fazilatlari va xususiyatlarini oʻzlashtirib borish va boshqalar); - refleksiya (inson oʻzini – oʻzi anglash hamda boʻlgʻusi faoliyatni amalga oshirish, muayyan rejalar tuzish, ularni maqsadga muvofiq hayot va faoliyatga tatbiq etish imkoniyatlari tugʻilishi kabilar). Sh. Byuller intellektual taraqqiyot quyidagi bosqichlardan iborat boʻlishi shart deb hisoblaydi: - sinkretizm (tushunchalarni bir – biridan ajrata olmaslik holati); - agglyutinizm (maktab yoshiga yaqin bolalarda fantaziyaning kuchayishi, vaqtni noadekvat, notoʻgʻri idrok qilish, gʻar bir obrazlarni muayyan boʻlaklariga binoan bir umumiyatga yaxlitlash, birlashtirish); - hayolot (ijodiy hayol) yordamida inson oʻzi tugʻilib oʻsgan Vataniga biror-bir jihatdan yordam berishi; - realiya (realiz, ya’ni atrof muhitdagi narsa va hodisalarga nisbatan yaqqol tuzilmani yaratish, turmush tajribalariga mumkin qadar yaqinlashib kelishdan iborat fikrlashning koʻrinishi singari). Jahon psixologlari toʻplagan ilmiy materiallarni umumlashtirib intellect muammosini tadqiq qilishda diqqat – e’tiborni quyidagi omillarga qaratish lozim deb hisoblaymiz: - intellektning yosh davr xususiyatlariga bogʻliqligi; - jins xususiyatiga va farzand dunyoga kelish tartibiga aloqadorligi; - millat, etnos, elat va xalqqa taalluqliligi; - oilaning ijtimoiy – iqtisodiy statusi bilan uygʻunlashuvi; - ota – onalarning ma’lumotliligi, ijtimoiy kelib chiqishi; - biologik shartlangan shaxs fazilatlari, sifatlari, hislatlari qanchalik rol oʻynashi va hokazolar. Uzluksiz ravishda oʻtkazilgan izlanishlar natijasida psixologiya fanida bir qator ilmiy nazariyalar (konsepsiyalar) vujudga keldiki, ularning har qaysisi intellekt muammosini oʻziga xos tarzda tushuntirishga va talqin qilishga olib keladi: - muammo еchimi uslubi va strategiyasi; - intellektual operatsiyalar tizimi yoki tuzilmasi; - vaziyatlarga nisbatan alohida yondashishning samaradorligi yoki mahsuldorligi (ma’naviy, miqdoriy va mantiqiy jabhalar), uning funksional tomonlari, yoʻnalishlari; - alohida, yakkahol yondashish, bilish jarayonining shaxsdan faollikni taqozo etish xususiyati, holati; - kognitv uslub shakllanishi imkoniyati va boshqalar. Shaxsiy kuzatishlarimizga qaraganda, intellekt taraqqiyoti mana bunday omillar bilan uzviy bogʻliq ekanligi koʻzga yaqqol tashlanadi: - bilish, oʻqish motivlarining anglashilgan hamda yuksak regulyativ darajalarining mavjudligi, barqarorligi, puxtaligi; - yangilikni qidirish, muammo еchimini topish, muayyan vositalar tanlash hamda tadqiqiy ijodiy faollik namoyon boʻlishi; - mustaqil echishlarga erishish ehtimollik darajasining yuksakligi; - ilgarilab ketib echig imkonining mavjudligi va “aytib berish”, luqma tashlash jarayonida erkinlik, qoʻrqinch hissining yoʻqligi; - yuksak nafosat va ma’naviy did timsoli hamda namunasini yaratishga nisbatan qobiliyatlilik, ularni baholash va oʻlchash funksiyasining tugʻilishi, uning boshqaruvchanligi. Insoniyatning tarxiy rivojlanish jarayonida intellekt deb atalmish fenomenni oʻrganish borasida koʻpgina ishlar qilingan. Shulardan biri intellektni oʻrganish testlaridir. Koʻpgina mumtoz testlar shaxsning intellekt darajasini aniqlashda muhim rol oʻynab kelmoqda. Bular qatoriga Stenford – Bine shkalasini keltirib oʻtish mumkin. Stenford – Bine shkalasi qiziqarli topshiriq va masalalardan tuzilgan boʻlib, ular tekshiriluvchilarning yoshiga qarab taqsimlangandir. Biz quyida ana shu intellekt test soʻrovnomalardan namunalar keltiramiz va ularni sharhlab berishga xarakat qilamiz. 1) 4 yoshli bolalar uchun (har bir vazifani bajarish vaqti 2 oy): - har xil uzunlikda kesilgan shakllar va narsalarni taqqoslash; - turli tipdagi shakllar oʻrtasidagi farqlarni aniqlash; - 4 ta tanga pulni sanab chiqish; - kvadrat chiz va uni izohlab, tushuntir; - berilgan savollarga toʻgʻri, aniq, va tushunarli qilib javob qaytarish talab etiladi, tashqaridan yordam berish man qilinadi; - 4 ta raqamni toʻgʻri va teskari sanash, takrorlash talab qilinadi. 2) 9 yoshli bolalar uchun (bajarish muddati 2 oy davomida): - bugungi kun, hafta, oy, yil nomlarini aytib chiqish, tushuntirish; - 5 ta jism yoki predmetni guruhlarga ajratish (belgisiga qarab); - xariddan keyin qaytim berilishini izohlash; - 4 ta raqamni teskarisiga takrorlash; - berilgan 3 ta soʻzdan gap tuzish (bola, daryo, koptok); - 3 ta har xil soʻzga qofiya tanlash; - ma’lumki, har qanday psixologik testning diagnostik ahamiyati uning bir qancha umumiy talablarini qoniqtirishga bogʻliqdir, jumladan, standartlashtirish, ishonchlilik, validlik. Ana shu talablarga suyangan holda Stenford – Bine shkalasini ham tahlil qilib chiqamiz. Ushbu shkala tadqiqotchilar uchun har tomonlama qulay, yaxshi va ixcham qilibtayyorlangan. U barcha uchun tushunarli boʻlgan koʻrsatmaga va miqdoriy jihatdan natijalarni ishlab chiqish, hisoblash ishlanmasiga ega. Testlarning har birida uni oʻtkazish yoʻllar, vaqtning taqsimlanishi, tekshiriluvchilarga beriladigan ogʻzaki koʻrsatma va tegishli koʻrsatmalar, savollarni izohlash usullari batafsil aytib oʻtilgan. Stenford – Bine test kattalar hamda uncha yoshi yuqori boʻlmagan sinaluvchilar uchun ishonchlidir. Lekin bolalik davridan tortib to oʻspirinlik yoshigacha oʻzgarib boradi. Masalan, 2,5yoshidan 5 yoshgacha ishonchlilik koeffitsientlari 0,33 (140-149 ball boʻlganligi uchun)dan 0,91 (60-69 ball yiqqanlar uchun)gacha; 6 yoshdan 13 yoshgacha boʻlgan bolalar va oʻquvchilarda ishonchlilik koeffitsientlari 0,91 (140-149 ball toʻplaganligi uchun)dan 0,98 (60-69 ball olganligi uchun)gacha oʻzgarib turadi. Shuni alohida ta’kidlab oʻtish joizki, Stenford – Bine testiga kiritilgan har bir savol, topshiriq testning oldindan belgilangan maqsadni ochishga yoʻnaltirilgan boʻlib, pirovard natijada mazkur savollar oldindan koʻzlangan maqsadni darhol aniqlab bera oladi. Inson intellektual tarqqiyotidagi tezkorlik kutilmaganlik hodisalari nafaqat moddiy negiz xossalari bilan izohlanadi, balki idrok maydonining paydо boʻlishi, “sun’iy” tizimning vujudga kelishi fazoviy aloqalar, biologik va psixologik imkoniyatlardan toʻlaroq foydalanish evaziga moddiy asosning ikkilanuvchi “tabiiy” va “sun’iy” manbalar bosh omil ekanligini ta’kidlab oʻtish maqsadga muvofiq. Endi sinaluvchilarning intellektual taraqqiyotiga ta’sir qiluvchi ijobiy va salbiy omillar turkumi toʻgʻrisida ma’lumot berib oʻtamiz: - bilim maskanlarida zamonaviy texnika vositalarining mavjudligi; - turli xildagi toʻgarak, seksiya, bilim uylari faoliyat koʻrsatishi va unda zarur sharoitlarning yaratilganligi; - oila muhitida yaratilgan moddiy va ma’naviy shart–sharoitlar hamda shaxslarni ruhan ragʻbatlantirish yoʻlga qoʻyilganligi; - shaxslar bilan oʻzaro muloqot oʻrnatishning uzluksiz va oiladashaxslararo iliq psixologikmuhitning hukm surishi; - turli televizion baxslar, zukkolik, ijodkorlik, tezkorlik boʻyicha musobaqalar uyushtirilishi va ularda qatnashish imkoniyatiyaratilganligi; - ortiqcha informatsiya va xabarlar koʻlamini kamaytirish (masalan, vtomat oʻyinlar, videolar); - zararli odatlar va qiliqlar bilan shugʻullanmaslik muammosining qoʻyilishi, uning еchimi (ichish, chekish va boshqalar); - bolalar va oʻquvchilarni roʻzgʻor ishlari bilan band qilib qoʻyishlik va oila muhitida mehnatning shaxslararo oqilona taqsimlanganligi; - hozirgi davrda ayrim kasblarning nufuzi kamayib ketayotganligi tufayli oʻquvchilar va talabalar oʻrtasida oʻquv motivlariga kuchli ta’sir oʻtkazayotganligi; - kollej va oliy oʻquv yurtlarida ta’lim – tarbiya tizimini yangicha, yangi edagogik texnologiya asosida tubdan qurish zaruriyati mavjudligi, - oʻgʻil va qizlarda vatanparvarlik va milliy iftixor tuygʻulari barqarorligini ta’minlash va ularni shakllantirishning eng qulay yoʻllarini izlab topish, loqaydlikning oldini olish; - oʻquvchilar va talabalar oʻrtasida borliqqa, jamiyatga, shaxslararo munosabatlarga, isrofgarchilikka, fidoiylikka nisbatan qarashlarni keskin ʻzgartirish masalalari vujudga kelmoqda. Bizningcha, yuqorida ba’zi bir qusurli holatlarning oldini olish uchun intellektual testlar mohiyatiga milliy va umubashariy fazilatlar toʻgʻrisidagi gʻoyalarni singdirish yuqori natija beradi. Download 267.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling