Kattalikning birligi deb - ta’rif bo‘yicha soniy qiymati 1ga teng qilib olingan kattalik tushuniladi
Ushbu atama kattalikning qiymatiga kiradigan birlik uchun ko‘paytiruvchi sifatida ishlatiladi. Muayyan kattalikning birliklari o‘zaro o‘lchamlari bilan farqlanishi mumkin. Masalan, metr, fut va dyuym uzunlikning birliklari bo‘lib, quyidagi har xil o‘lchamlarga ega - 1 fut q 0,3048 m, 1 dyuym q 25,4 mm ga tengdir.
Kattalikning birligi ham, kattalikning o‘ziga o‘xshash asosiy va hosilaviy birliklarga bo‘linadi:
Kattalikning asosiy birligi deb birliklar tizimidagi ihtiyoriy ravishda tanlangan asosiy kattalikning birligiga aytiladi.
Bunga misol qilib, LMT - kattaliklar tizimiga to‘g‘ri kelgan MKS birliklar tizimida metr, kilogramm, sekund kabi asosiy birliklarni olishimiz mumkin.
Hosilaviy birlik deb, berilgan birliklar tizimining birliklaridan tuzilgan, ta’riflovchi tenglama asosida keltirib chiqariluvchi hosilaviy kattalikning birligiga aytiladi.
Hosilaviy birlikka misol qilib 1 mG‘s - xalqaro birliklar tizimidagi tezlik birligini; 1 N q 1 kg. mG‘s2 kuch birligini olishimiz mumkin.
3. Xalqaro birliklar tizimi
1960-yili o‘lchov va og‘irliklarning XI Bosh konferensiyasi Xalqaro birliklar tizimini qabul qilgan bo‘lib, mamlakatimizda buni SI (SI - Systeme international) xalqaro tizimi deb yuritiladi. Keyingi Bosh konferensiyalarda SI tizimiga bir qator o‘zgartirishlar kiritilgan bo‘lib, hozirgi holati va birliklarga qo‘shimchalar va ko‘paytirgichlar haqidagi ma’lumotlar 2.1- va 2.2-jadvallarda keltirilgan.
2.4. Birliklarni va o‘lchamlarni belgilash va yozish qoidalari
Kattaliklarning birliklarini belgilash va yozish borasida standartlar asosida me’yorlangan tartib va qoidalar mavjud. Bu qoidalar va tartiblar GOST 8.417-81 da atroflicha yoritilgan.
2.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |