Ulardagi sanoat industriyasining
notekis joylashtirilganligi, ular ma‟muriy-
xo„jalik yuritishining takomillashtirilmaganligi,
birinchi navbatda, ularning
umumiy ishlab chiqarishdagi samarasining oshishiga
nafaqat yordam bermay,
balki, o„zlarida iqtisodiy va siyosiy nobarqarorlikni keltirib chiqarish havf-xatari
mavjudligini ko„rsatar edi.
Mamlakatda tez-tez
turli anjuman va kengashlarda, ilmiy doiralarda,
ommaviy axborot vositalarida Xitoydagi mintaqalar orasidagi
tengsizlik va ularni
moliyaviy ta‟minlashda adolatli taqsimlanishdan foydalanish to„g„risidagi
norozilik masalalari haqida so„z yuritilib, ular orasidagi
eng kuchli noroziliklar,
mamlakatning nisbatan qoloq va kam ta‟minlangan ichki xududlarida yashovchi
aholi tomonidan bildirilib borildi.
Haqiqatdan ham, mamlakatga kirib kelayotgan
xorijiy investisiyalar, ko„p
hollarda mamlakatning janubiy-sharqiy qismiga jal etilib, undan Xitoyning boshqa
xududlarida istiqomat qiluvchi aholi ziyon ko„ra boshladi. Ular, qolgan
xududlardagi iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishdan
ancha orqada qolayotgan
aholining turmush tarzida yaqqol ko„rina boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: