2-Mavzu. Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi holati


Menejmentning G’arbiy Yevropa modelini shakllanishiga Yevropa davlatlari olimlarining tadqiqotlari ta’siri


Download 0.74 Mb.
bet5/9
Sana28.12.2022
Hajmi0.74 Mb.
#1020949
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi holati

2.5.Menejmentning G’arbiy Yevropa modelini shakllanishiga Yevropa davlatlari olimlarining tadqiqotlari ta’siri.

Masalan, bixeviorizim ta’siri ostida boshqaruvni psixologiyalashtirish tendentsiyasi kuzatiladi. Faraz qilinadiki, pulli mukofatlash barcha harakatlarni belgilab beruvchi yagona omil bo’lmaydi. Ular ko’proq yakka shaxsning hulqiga bog’liq bo’lgan psixiologik motivatsiyani belgilab beradilar.


Menejmentning yapon va amerika modellarining ta’siri yagona omil bo’lmaydi. Ular qo’proq yakka shaxsning uning hulqi bog’liq bo’lgan ruhiy motivatsiyasi bilan belgilanadilar.
“Insoniy munosabatlar” maktabining g’arbiy germaniyali nazariyachilari, o’zlarining AQSh va Yaponiyadagi hamkasblariga ko’ra, xodimlarni boshqarishga qat’iyroq yondashish uchun ovoz berganlar.
AQShdan keyin Yevropada ham “mehnatni boyitish”, ya’ni ish joyida uning mazmundorligini oshirish bo’yicha tajribalar o’tkazilgan. Masalan, bir qator firmalarda konveyer bekor qilingan, bu xodimlar qo’nimsizligini pasaytirish va rentabellikni oshirishga imkon bergan. Angliya, Gollandiya, Norvegiya, Shvetsiya va G’arbning boshqa mamlakatlarda xodimlarni boshqaruvda “ishtirok etish”ga jalb qilish masalalari ham keng ishlab chiqilgan. GFRda shakllangan “ hamkorlikdagi ishtirok” tizimi e’tiborga molikdir. U uchta elementdan tashkil topgan: korxonalarda “ishlab chiqarish kengashlari”ni tashkil qilish, yollanma xodimlar vakillarini kuzativ kengashlariga kiritish va “ishchi direktorlar”ni boshqaruvchilar kengashlariga kiritish. Ishchilarning kengashlar, qo’mitalar va boshqa idoralardagi vakilligi G’arbiy Yevropaning boshqa mamlakatlari - Frantsiya, Gollandiya, Norvegiya, Avstriya va boshqalarda ham mavjud. 1973 yilda shved kasaba uyushmalari kompaniyalar direktorlari kengashlarida vakillik qilish huquqiga erishganlar.
Keyingi yillarda jamoaviy ishga katta e’tibor karatila boshlandi. Boshqaruv guruhlari aniq belgilangan, ularning har biriga hal masalalar doirasi biriktirilgan. Masalan, nemets “Rartsburg modeli” javobgarlikni quyi darajalarga ko’chirishni ko’zda tutadi. ­G’oya qarorlar qabul qilish huquqini omilkorroq xodimlarga topshirishdan iborat bo’ladi, bu boshqaruvning barcha darajalariga qabul qilinayotgan qarorlarning sifatini oshiradi. Har bir xodim o’z vazifalari va omilkorligi doirasida boshqaruv qarorlarini qabul qiladi.
G’arbiy Yevropalik olimlar boshqaruvga “ijtimoiy inson” nuqtai nazaridan yondashuvni shakllanishiga sezilarli hissa ko’shganlar. Bu yondashuv odamlar hulqini ularga guruhli hulqni ta’sir ko’rsatishi nuqtai nazaridan o’rganishga imkon bergan. Quyidagi uchta olimni boshqaruvga sotsiologik yondoshuvning yaratuvchilari deb hisoblaydilar: bular nemets professori M.Veber, frantsuz olimi E.Dyurkgeym va kelib chiqishi fratsuz bo’lgan italyan olimi V.Pareto.
G’arbiy Yevropa kompaniyalari boshqaruvni markazlashtirmaslik tamoyilidan foydalanishda amerikali firmalar bilan umumiy alomatlarga egalar. Amerikaliklar kabi G’arbiy Yevropa firmalari ham ilmiy-texnik taraqqiyoti ta’siri ostida bir erga jamlanish va markazlanish jarayonlari bilan qamrab olinganlar. Oborotlar hajmi bo’yicha G’arbiy Yevropa firmalari Amerika firmalariga yaqin turadi.
Keyingi o’n yilliklarda G’arbiy Yevropa firmalari amerikaliklar tajribasidan foydalanish bilan boshqaruvni qayta tashkil qilishni amalga oshirganlar. Ular ishlab chiqarishni tor ixtisoslashtirishdan uzoqlashib ketganlar. Kompaniyalar doirasida faoliyatning har bir sohalari bo’yicha ishlab chiqarish bo’limlari yoki bo’linmalar guruhlari tashkil qilinmoqda. Ammo ularda baribir o’zining xususiyatlari saqlanib qolinmoqda.
Xususan, G’arbiy Yevropa kompaniyalarida ishlab chiqarish bo’linmalari amerikaliklarnikiga qaraganda katta rol o’ynaydi. Boshqaruvning markazlashtirilmagan shaklida ular o’zlarining tarkiblariga qiruvchi sho’’ba kompaniyalar faoliyatini muvofiqlashtiradilar, keyingilarga operativ-xo’jalik, moliyaviy va yuridik mustaqillik beriladi. Sho’’ba kompaniyalar esa bir vaqtning o’zida ham foyda, ham javobgarlik markazi bo’ladilar. O’zlariga biriktirilgan tovar navlari doirasida ular ilmiy-tadqiqotlar olib boradilar, mahsulot iste’molchilarini qidirib topadilar, boshqaruvning iqtisodiy usullaridan foydalanish bilan, uni ishlab chiqarish va sotishni amalga oshiradilar. Ishlab chiqarish bo’linmalari o’zlariga biriktirilgan sho’’ba kompaniyalarning ilmiy-tadqiqotlar, ishlab chiqarish, sotish, moliya bo’yicha faoliyatini nazorat qiladilar va muvofiqlashtiradilar.
Alohida kompaniyalar o’rtasida ishlab chiqarish aloqalari o’rnatiladi va bunda G’arbiy Yevropalik (nemets, frantsuz, shved) kontsernlari “sanoat guruhlari” deb ataladilar.
Ko’pgina nemets kontsernlari tarkibida ko’p sonli yuridik mustaqil sho’’ba kompaniyalari mavjudlar. Ular katta operativ mustaqillikka egalar. Bu kompaniyalarning xududiy tarqoqligi va tor ixtisoslashganligi faoliyatni markaziy boshqaruv orqali muvofiqlashtirishni taqozo qiladi. Shu tufayli ishlab chiqarish maqsadlarining yagonaligi ta’minlanadi.
Finlandiyada umuman firmalarni boshqarishda Amerika va G’arbiy Yevropadan ba’zi bir farqlar mavjud. Bu erda maqsadlar miqdoriy ko’rsatkichlarga egalar. Yakuniy maqsadlarga erishish strategiyasi “natijalar bo’yicha boshqaruv” nomiga ega. Bu boshqaruvning xususiyatlari shundan iboratki, mo’ljallangan natijalarni belgilashda yuqori rahbarlik bilan bir qatorda ijrochilar va ishchilar ishtirok etadilar. Qo’l ostidagilarning o’zlari bu natijalarga erishishning yo’llari va usularini tanlaydilar.
Quyidagilar asosiy natijalar bo’lishlari mumkin:
vazifaviy tashkil qilish, mehnat unumdorligi;
xizmat ko’rsatish darajasi, mahsulotning sifati, sotishning hajmi;
iste’molchilar talablarini qanoatlantirilishi.
Bir vaqtda rejalarning uchta turi- strategik, yillik, ish jadvali tuziladi. Strategik rejalashtirish o’z ichiga 10-15 yilga va maqsadlarni rejalashtirish esa 3-5 yilga bashoratlashni oladi. Navbatdagi yilga maqsadlarning rejasi vaziyatli tahlil asosida ishlab chiqiladi. Ish jadvallari maqsadlarning yillik rejasi asosida tuziladi. Asosiy natijalarni baholash boshqaruvning barcha darajalarida yiliga ikki marta o’tkaziladi.
XX asrda davlat tomonidan tartibga solish nazariyasi g’oyatda muhim rol o’ynagan, u boshqaruvning ikkita modeli – “ijtimoiy-bozor xo’jaligi” (GFR) va “ijtimoiyizmning shved modeli”da yorkinroq o’z aksini topgan.
Erxard tomonidan ishlab chiqilgan “ijtimoiy-bozor xo’jaligi” konsepsiyasining asosiga Keynsning vositali tartibga solish nazariyasi qo’yilgan. Erkin bozor iqtisodiyotini shakllanishi xususiy mulkchilik, bozorni davlat tomonidan himoyalanishi va harakatlar erkinligi asosida amalga oshirilgan.
Erxard bo’yicha “ijtimoiy bozor xo’jaligi” konsepsiyasi o’z ichiga ikkita asosiy qoidalarni oladi.
Xo’jalik yuritishning barcha sohalarida davlat tomonidan tartibga solishni kuchayishi. Erxard konsepsiyasi kuchli “ijtimoiy davlat”ni tashkil qilishga qaratilgan, u nafaqat ijtimoiy jarayonlar, shu jumladan bozorni tartibga soladi, balki aholi farovonligini oshirish borasidagi ijtimoiy siyosatni ham o’tkazadi.
2.Direktiv (yo’riqnomaviy) rejalashtirishning o’rniga indikativ rejalashtirishni kiritish. Yo’riknomaviy rejalashtirish bajarish uchun majburiy bo’lgan aniq va ko’p miqdordagi yo’riqnomaviy ko’rsatmalarni belgilashni ko’zda tutadi. Indikativ rejalashtirish bajarilishi ko’proq istalgan rejalar va ko’rsatkichlarni belgilashni ko’zda tutadi.
Ijtimoiy sheriklik xodimlar va tadbirkorlik o’rtasidagi munosa- batlarning alohida turini tashkil qiladi, unda ular o’rtasida ijtimoiy axillikka erishiladi, vujudga kelgan nizolar madaniy usullar bilan hal qilinadi. Ijtimoiy sheriklik yollanma xodimlarni ish haqini oshirish, ishni tartibi va mehnat sharoitlarini o’zgartirish, soliqlarni kamaytirish va h.k. haqidagi talab qilishlar imkoniyatini istisno qilmaydi. Bozor iqtisodiyotiga ega Yevropa mamlakatlarida ijtimoiy sheriklik munosabatlari uzoq yillar davomida tabiiy yo’l bilan vujudga kelganlar.
Ijtimoiyizmning shved modeli ham ma’lum sho’’baiqish uyg’otadi. Uning muallifi – Nobel mukofoti laureati Gunnar Myurdaldir. Myurdal ijtimoiyizmining shved modeli ijtimoiy bozor xo’jaligi, ijtimoiy tartibga solinadigan iqtisodiyot va ijtimoiy sheriklik nazariyalariga asoslangan.
Bu model Erxardning ijtimoiy bozor xo’jaligi konsepsiyasiga ko’proq o’xshashdir. Erxard kabi Myurdal ham, davlat tomonidan tartibga solinadigan bozor jarayonlari umumiy tenglik va barcha uchun teng iqtiso- diy imkoniyatlarga asoslangan samarali iqtisodiyotni yaratishga yordam beradi deb hisoblaydi. Tartibga solinadigan iqtisodiyotning asosiga aholidan olinadigan to’g’ridan to’g’ri va vositali soliqlar tizimi qo’yilgan.
Myurdal sotsializmining shved modeliga aholi farovonligini oshirish uchun teng imkoniyatlarni kafolatlaydigan aholini ijtimoiy himoyalash tizimi asos bo’ladi. Bu shaxsiy iste’molning miqdorlarini oshishiga yordam beradi. Keyinchalik Shvetsiya ikkita chuqur inqirozlarni boshdan kechirgan: 1977-1978 va 1981-1982 yillarda. Vujudga kelgan holatdan chiqish uchun Stokgolm ilmiy maktabi zamonalashtirilgan keynsian siyosatidan foydalanishni tavsiya qilgan. Pul va soliq islohotlarini o’tkazgan xukumat foydani muvofiq taqsimlash va uni birinchi navbatda sarmoyalar kiritishga yo’naltirish siyosatini faol o’tkazgan. Natijada Shvetsiya katta muvaffaqiyatlarga erisha olgan, mamlakatning iqtisodiy holati etarlicha barqaror bo’lgan. Ko’pgina tadqiqotchilar AQShda boshqaruvning nazariyasi va amaliyoti jahonning boshqa mamlakatlariga qaraganda rivojlanishning ancha yuqoriroq darajasiga erishgan deb hisoblaydilar. Ularning fikrlariga ko’ra, AQShda mehnatning yuqori unumdorligiga ishlab chiqarishni yaxshi tashkil qilish hisobiga erishiladi. G’arbiy Yevropadagi ta’lim, ishlab chiqarishni tashkil qilish va xodamlarni tanlash sohasidagi orqada qolishni olimlar AQSh va Yevropa o’rtasidagi texnologik uzilish bilan izohlaydilar.
Xorijiy kompaniyalar tomonidan mehnatni tashkil qilish va boshqaruv sohasidagi ilg’or tajribani baynalminallashtirish, milliy yutuqlardan foydalanish muhim tendentsiya bo’ladi. Keyingi yillarda amerikali tadbirkorlar ko’pincha Yaponiyaning ilg’or tajribasi, yaponlarni muvaffaqiyatga olib kelgan yangiliklarni o’z korxonalariga ko’chirish uchun harakatlar qilganlar. Bu “aniq vaqtda”, “sifat to’garaklari”, xodimlarning uzoq muddatli yoki “umrbod yollash” va boshqalardir. Ammo ularni barchasi ham uzoq yashay olmagan.
O’tgan asrning o’rtalarida holat teskari bo’lgan. Yapon firmalari ishlab chiqarishni tashkil qilish, ishlab chiqarish texnologiyasi, tashkiliy tuzilmani tashkil qilish va boshqa amerikacha tamoyillarni qabul qilganlar. Mashhur “sifat to’garaklari” va “aniq vaqtida” etkazib berish tizimi Amerikada vujudga kelgan, ammo dastavval u erda keng tarqalmagan. Ular birinchi marta yapon firmalarida qo’llana boshlanganlar va yaxshi natijalar keltirganlar. Shuning bilan bir vaqtda amerikacha “insoniy resurslar”ni boshqarish usullari Yaponiyada qo’llanish topmagan. Bu menejmentning bitta modelini boshqa davlat iqtisodiyotiga uning o’ziga xos xususiyatlarini etarlicha hisobga olmasdan ko’chirish mumkin emasligidan darak beradi.



Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling