2-Mavzu. Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi holati


Menejmentning ilmiy maktablari


Download 0.74 Mb.
bet2/9
Sana28.12.2022
Hajmi0.74 Mb.
#1020949
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi holati

2.2. Menejmentning ilmiy maktablari

Boshqaruv fikri g’oyatda nomuntazam holda rivojlangan. Bir necha yondashuvlar mavjud bo’lib, ular ba’zida bir birlariga mos kelganlar, ba’zida esa bir birlaridan ancha farqlanganlar. Odamlar va texnika boshqaruv ob’ektlari bo’lganlar, shuning uchun boshqaruvdagi muvaffaqiyatlar ko’proq boshqa sohalardagi muvaffaqiyatlarga bog’liq bo’lganlar. Jamiyat, texnika rivojlangani sari boshqaruv bo’yicha mutaxassislar tashkilot faoliyatiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar haqida bila boshlaganlar.


Bundan tashqari, dunyo ilmiy-texnika taraqqiyot bilan asoslangan tez o’zgarishlarning maydoniga aylangan va ko’p mamlakatlarning hukumatlari biznesga nisbatan o’z munosabatlarini borgan sari qat’iyroq belgilay boshlaganlar. Bu omillar boshqaruv sohasidagi tadqiqotchilar tashkilot faoliyatiga ta’sir ko’rsatuvchi tashqi kuchlar mavjudligini his qila boshlashlariga ta’sir ko’rsatganlar. Buning munosabati bilan yangi yondashuvlar ishlab chiqilgan. Boshqaruv fanini rivojlanishiga katta hissa qo’shgan to’rtta asosiy yondashuvlarni ajratish mumkin.
Hammadan avval, boshqaruvda har bir maktablarni ajratish nuqtai nazardan yondashuv. U, o’z navbatida boshqaruvni har bir nuqtai nazardan ko’rib chiquvchi quyidagi beshta maktabni oladi: ilmiy boshqaruv, ma’muriy boshqaruv, insoniy munosabatlar, hulq haqidagi fan, hamda boshqaruv fani, yoki miqdoriy usul.
Ilmiy boshqaruv maktabi (1885-1920). Butun dunyoda “Maktabni ilmiy tashkil qilish” nomi bilan keng mashhur bo’lgan bu maktabni vujudga kelishi va rivojlanishi XX asrning boshlariga to’g’ri keladi. Bu maktabning boshida amerikalik muxandis-tadqiqotchi F.Teylor (1850-1915) turgan, u o’zining kundalik ishida unumdorlik va samaradorlikni oshirish maqsadida ishlab chiqarish va mehnatni faollashtirish muammolarini hal qilgan. Uning ta’limi menejment zamonaviy konsepsiyasining asosiy nazariy maktabi bo’lgan. Bu maktabning ko’zga ko’ringan vakillari: L.Gilbert, F.Gilbert, G. Emerson, A.Gastev (Rossiya)lardir.
F.Teylor o’z nomini butun dunyoga mashhur qilgan quyidagi kitoblarni yozgan. “Kelishuv tizimi” (1895), “Tsex menejmenti” (1903), va “Ilmiy menejment tamoyillari” (1911). F.Teylor o’z asarlarida kapital va mehnat manfaatlarini birga qo’shish, “kapitalistik korxonalarda hamkorlik falsafasi”ni amalga oshirishga harakat qilgan. U tomonidan ishlab chiqilgan mehnatni jadallashuvini ta’minlovchi usul turli mamlakatlar boshqaruvchilarida katta sho’’baiqish uyg’otgan.
F.Teylor ilmiy boshqaruvni muxandislar turi bo’yicha sanoat mehnati sohasiga aylantirishga jonbozlik qilgan. Uning tizimi mehnatni ijrochilar mehnati va farmoyish beruvchilar mehnatiga taqsimlash tamoyilini izchil o’tkazishdan iborat bo’lgan. Ishlab chiqarish tizimida yo’lga qo’yilgan mexanizm kabi ishlovchi har xil xodim o’zining vazifalari uchun javobgar bo’lishi kerak. Bunda xodimlar turlarini ishlar turlariga mos kelishiga erishishga harakat qilish kerak.
“Ilmiy menejment” maktabi XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Amerikada shakllana boshlagan. Bu maktab boshqacha nom bilan xam atalgan, ya’ni “boshqaruvning mumtoz maktabi” deb xam yuritilgan. Bu maktab ibtidosida amerikalik muxandis va ixtirochi F.Teylor (1856-1915) turgan edi. Uning nazariyasi keyinchalik “Teylorizm” degan nom olgan. U yaratgan tizim esa ishchilarning “siqib suvini olish”ning ilmiy tizimi deb atalgan.
F.Teylor ta’limotining asosiy mazmuni - yollanma ishchilar mehnatining unumdorligini oshirishda g‘oyatda samarador va maqbul usullarni izlashdir.
Uning tamoyillariga binoan:

mehnatning xar bir jarayoni, uning ko‘lami va ketma-ketligi aniq-puxta ixtisoslashtirilishi shart;

xar bir mehnat turi qat’iy vaqt oralig‘ida taqsimlanishi lozim;

xar bir mehnat jarayoni va xatto xar bir harakat puxta ishlab chiqilgan qoidalarga bo‘ysindirilgan bo‘lishi kerak;

yuqoridan belgilab berilgan ish usullari va qoidalarni bajarish uchun doimiy talabchan nazorat amalga oshirilishi lozim.

ishchilar malakasi va saviyasiga qarab joy-joyiga qo‘yilishi shart;

boshqaruvchi bilan boshqariluvchi mas’uliyatini aniq belgilash va vazifalarini to‘g‘ri taqsimlash shart.

F.Teylorning mehnatni tashkil etish va uni boshqarish borasida taklif etgan va ishlab chiqarishga tadbiq etgan bu tamoyillari mehnat unumdorligining ikki baravar (100%ga) o‘sishiga olib keladi. Ayniqsa, uning qo‘llagan xaronometraj usuli diqqatga sazovordir.
F.Teylor tamoyiliga binoan rahbar va mutaxassislarni kam malaka talab qiladigan ijrochilik mehnatidan va ularga xos bo‘lmagan vazifalardan ozod qilinishi va ishchidan esa boshliqlarning barcha buyruqlarini xech qanday muloxaza yuritmasdan, biror bir shaxsiy tashabbus ko‘rsatmasdan aniq xamda tez bajarishini talab qilinar edi.
F.Teylor boshqarishni “aniq qonun va qoidalarga tayanadigan xaqiqiy ilm, shuningdek, aniq bilish, nima qilish keragu va uni qanday qilib puxta va arzon usulda bajarish san’ati” deb baxolagan.
Shunday qilib, F.Teylor “boshqaruvning mumtoz maktabi”ni yaratishga asos soldi. U yaratgan boshqaruv maktabi faqat Amerikada emas, balki Yevropaning boshqa mamlakatlarida xam turli nazariya va oqimlar ko‘rinishda rivojlanib bordi.
Teylorning zamondoshi va ishining davomchisi amerikalik iqtisodchi G.Emerson mehnatni ilmiy tashkil qilish bo‘yicha yirik mutaxassislardan bo‘lib, u boshqarish va mehnatni tashkil qilishning kompleks, sistemali tizimini ishlab chiqqan. Uning tamoyillari, mashxur “Mehnat unumdorligining 12 tamoyili” nomli asarida yoritilgan.
G.Emerson mazkur kitobning mundarijasida ilmiy boshqaruv tamoyillarini mohiyatiga qarab quyidagi ketma-ketlikda bergan:



Aniq qo‘yilgan maqsad va g‘oyalar;
Oqilona, sog‘lom fikr;
Malakali, e’tiborli mahsulot;
Intizom;
Xodimga nisbatan adolatli bo‘lish;
Tezkor, ishonchli, to‘liq, aniq va muntazam hisob-kitob;
Dispetcherlash;
Me’yorlar va jadvallar;
Sharoit bilan ta’minlash;
Operatsiyalarni me’yorlash;
Standart yo‘riqnomalarni tayyorlash;
Unumdorlikni rag‘batlantirish.

Ko‘rinib turibdiki, G.Emersonning diqqat-e’tiborida eng avvalo ikki tamoyil, ya’ni aniq qo‘yilgan maqsad va g‘oyalar, shuningdek oqilona fikr turibdi. U shunday usullarni ishlab chiqdiki, unga ko‘ra xar bir operatsiya uchun, ishchining harakatini o‘rganish natijasida berilgan ish xajmining yagona, eng muvofiq usuli o‘rnatilar edi. Befoyda, xato harakatlar bartaraf etilib, qo‘yilgan maqsad va g‘oyalarga muvofiq ravishda eng takomillari tanlab olinar edi.


Bunda oqilona fikr asosida, masalan, nisbiy ish xaqining maxsus tizimi qo‘llanilib, unga ko‘ra berilgan normani bajargan ishchilarga tarif stavkalari va koeffitsientlari oshirilar (8-band), uni bajara olmagan ishchilarga esa stavkalari 20-30 foiz pasaytirilib jarima solinar edi. Shu bilan birga berilgan vazifalarni yuqori darajada bajarilishi uchun ularga sharoit yaratilar edi. (9-band).
F.Teylor ilmiy menejmentga tashkilotni ishlab chiqarish va iqtisodiy maqsadlariga erishish uchun barcha xodimlar manfaatlarini ularning farovonligini o’sishi va xo’jayinlar va ma’muriyat bilan yaqindan hamkorlikni yo’lga qo’yilishi tufayli yaqinlashuvining haqiqiy vositasi sifatida qaragan. U, agar ilmiy menejment tizimi to’liq hajmda qabul qilinsa, bu narsa tomonlar o’rtasidagi barcha bahslar va ziddiyatlarni hal qiladi deb o’ylagan.
Shunday qilib, ushbu maktablar uchun quyidagi alomatlar xosdir:
ma’muriyat hal qilishi kerak bo’lgan vazifalarni belgilash;
sub’etivizm va avtoritar usullarni ilmiy qoidalarga almashtirish;
boshqaruvni sanoat mehnati sohasiga aylantirish;
mehnatni taqsimlash va ixtisoslashtirish, xodimlarni tor vazifalarni bajarishga yo’naltirish;
faoliyatni qat’ian tartibga solish;
vazifalarni bajarish uchun eng yaxshi, eng to’g’ri bajaradigan xodimlarni maqsadga qaratilgan holda tanlab olish, ularni o’qitish;
xo’jalik vazifalarini hal qilishning eng yaxshi usullarini belgilash uchun ilmiy tahlildan foydalanish;
ishlarni rejalashtirish;
xodimlarni rag’batlantirish.
Boshqaruvning klassik yoki ma’muriy maktabi (1920-1950).
Uni rivojlantirishiga frantsuz olimi A.Fayol va nemets sotsiologi M.Veber eng katta ulush qo’shganlar. Bu maktabning vakillari tashkilot-larning umumiy ta’riflari va qonuniyatlarini aniqlashga harakat qilganlar. Ularning maqsadi boshqaruvning ikkita jihatiga daxldor bo’lgan universal tamoyillarni yaratishdan iborat bo’lgan. Birinchisi-tashkilotni boshqarishning ratsional tizimini ishlab chiqish. Bu nazariyachilar biznesning asosiy xizmatlarini belgilab olib, tashkilotni bo’linmalarga bo’lishning eng yaxshi usulini belgilash mumkinligiga ishonganlar. Ular moliya, ishlab chiqarish va marketingni xuddi shunday xizmatlar deb hisoblanganlar. Ikkinchi jihat – tashkilot va xodimlar boshqaruvining tuzilishini qurish. Yakkaboshchilik tamoyili bunga misol bo’lib xizmat qilgan, unga ko’ra odam faqat bitta boshliqdan bo’yruqlar olishi va fakat bitta unga bo’ysunishi kerak.
“Ilmiy menejment” namoyandalari o‘z ilmiy ishlarini asosan korxona, tashkilot boshqaruvini takomillashtirishga bag‘ishlashgan. Ular boshqaruv darajasidan quyi masalalar bilan, ya’ni faqat ishlab chiqarish darajasidagi boshqaruv bilan shug‘ullanishgan. Ma’muriy maktabning vujudga kelishi munosabati bilan mutaxassislar endi umum tashkilot darajasidagi boshqaruv muammolari bilan shug‘ullana boshladilar.
Teylor va Gilbretlar oddiy ishchidan muvaffaqiyatga erishib, shuxrat qozonib martabaga minganlar. Aynan shu tajriba ularning boshqaruv to‘g‘risidagi tushunchalariga keskin ta’sir etgan. Ulardan farqli o‘laroq, mumtoz ma’muriy boshqaruv maktabining asoschilari:



Yirik biznes sohasida mashxur, boshqaruvning yuqori bo‘g‘inida esa yuksak tajribali amaliyotchi rahbarlar bo‘lganlar.

Ularni tashvishlantiruvchi bosh masala-bu umumtashkilot miqyosidagi samaradorlikka e’tibor bermadilar. Uning ustiga ustak ularning ishlari shaxsiy tuzatuvlar doirasidan chiqmagan. Shu sababli ularning yondoshuvlari ilmiy metodologik asosga ega emas edi.


“Mumtoz”chilar tashkilotga keng qamrovli kelajak nuqtai nazardan yondoshish yo‘li bilan undagi umumiy xususiyatlar va qonuniyatlarni aniqlashga urinishgan. Maqsad-boshqarishning unversal tamoyillarini yaratish va shuning evaziga muvaffaqiyatga erishish edi. Ular boshqarishning quyidagi ikki jixatiga e’tiborni qaratdilar:
Tashkilotning oqilona boshqaruv tizimini ishlab chiqish. Shu maqsadda tashkilotni bo‘linmalar yoki ishchi guruxlarga bo‘lish, moliya, ishlab chiqarish va marketing boshqarishni takomillashtirishning muhim tomonlari deb hisobladilar.
Tashkilotning oqilona tarkibi va xodimlarning oqilona boshqaruviga erishish. Shu maqsadda boshqarishda yakkaboshlik bo‘lishini va xodim faqatgina bitta boshliqdan topshiriq olish va unga bo‘ysinishi lozim degan g‘oyani ilgari surishadi.
A.Fayol boshqaruv fanining rivojlanishiga salmoqli xissa qo‘shgan frantsuz olimlaridandir. U Frantsiyadagi yirik ko‘mir qazib oluvchi kompaniyani boshqargan. A.Fayol o‘zining boy amaliy tajribasini “Umumiy va sanoat boshqaruvi” (1916) nomli kitobida umumlashtirgan. Uning ilgari surgan quyidagi boshqaruv tamoyillari Hozirgi kunda xam o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
A. Fayol boshqarishni:
Kelajakni ko‘ruvchi;
Faoliyatni tashkillashtiruvchi;
Tashkilotni idora qiluvchi;
Faoliyat turlarini muvofiqlashtiruvchi;
Qaror va buyruqlarning bajarilishini nazorat qiluvchi kuchli qurol
deb ataydi. Bu fikrlar Hozirgi davrgacha boshqarish fani asosida yotadi.
“Ilmiy menejment” va “mumtoz menejment” namoyandalari mehnatni ilmiy tashkil qilish tamoyillarini ishlab chiqishdi. Mehnatni texnokratik boshqarilishiga asos solishdi. Bu tamoyillar asosida:
rahbarning xodimga bo‘ladigan munosabatlari alohidalashtirildi;
mehnatni rag‘batlantirish qat’iy me’yorlashtirildi;
mehnatni rejalashtirish va uni nazorat qilish qat’iylashtirildi;
mehnatga jismonan majburlash o‘rnatildi;
yollanma ishchidan fikrsiz robot sifatida foydalanish usuli qat’iy o‘rnatildi.
Mehnatni texnokratik boshqarish usuli yollanma ishchilarning mehnat unumdorligini oshirishda g‘oyatda samarador va maqbul usul sifatida ko‘p yillar davomida xizmat qildi. Ayniqsa, bu usul G.Ford zavodlarida yuqori rivojlanishga erishdi. Uning boshqa kompaniyalardagi izdoshlari ishlab chiqarishni uzluksiz-konveyer usulida tashkil etishlari boshqarishni markazlashtirishga, mehnatni ilmiy tashkil etishga, unumdorlikni keskin o‘stirishga erishdilar. 1850-1860 yillarda fan-texnika omilining kuchayishi mehnatni tashkil qilish va uni boshqarishda qo‘llanilayotgan texnokratik usulning xam takomillashtirilishini taqoza etdi. Fan-texnika taraqqiyoti yangi texnologiyalarni kirib kelishini jadallashtiradi. Endi ishchi kuchiga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgaradi.
Shunday bir sharoitda ilmiy va mumtoz menejmentlarga muqobil harakat sifatida AQShda 1820-1830 yillari “teylorizm”ga qandaydir darajada qarshi turuvchi yangi nazariya - “insoniy munosabatlar” maktabi paydo bo‘ldi. Bu maktabga amerikalik jamiyatshunos va ruxshunos E.Meyo (1880-1949) asos soldi.
Bu maktab nuqtai nazaridan:
ishchi - bu fikrsiz robot emas, balki obro‘-e’tiborda, o‘z-o‘zini xurmat qilishga, o‘z qadr - qimmatini xis etishga;
boshqa kishilar tomonidan ma’qullanishga, shaxsiy maqsadlar va manfaatlarga erishishga intilishda muayyan ijtimoiy ehtiyojlarga ega bo‘lgan individdir.
Ayni individlar kompaniya va firmalarning manbai ekanligidan kelib chiqib, insoniy munosabatlar maktabi boshqaruvining:
tashabbuskorlikdan;
ishchilar bilan xamkorlikdan;
kompaniyada “birdamlik ruxi” va “mushtaraklik tuyg‘usi”ni shakllantirishdan foydalanish xamda ularni rag‘batlantirishga asoslangan tegishli usullarni ishlab chiqdi.Amerikalik olim D.Mak-Gregor (1906-1964) “inson munosabatlari” maktabining atoqli namoyandalaridan hisoblanadi. U inson xulq-atvorining ikki modeli, xodimning o‘z mehnatiga ikki xil munosabatda bo‘lishi mumkinligini inobatga olib X (iks) va U (igrik) nazariyasini yaratadi.
“Insoniy munosabatlar “ maktabi namoyondasi D.Mak-Gregorning (iks) va (igrik) nazariyasi.
X (iks) nazariyasiga ko‘ra, namunaviy yollanma xodim - tabiatan yolqov bo‘lgan kishi, shu sababli u topshirilgan ishdan bo‘yin tovlashga urinadi, unda izzat talablik, mas’uliyat sezish, faxm - farosat etishmaydi. Bunday holatda xodimni doimo majburlash, nazorat qilish, jazolash va jarima solish bilan qo‘rqitib turish zarur.
U (igrik) nazariyasi birinchisiga qarama-qarshi: yollanma ishchilar tabiatan faol, ularga tashabbuskorlik va uddaburonlik, o‘z zimmasiga mas’uliyat olish saloxiyati xosdir. Bunday holda menejerlik vazifasi kishilar o‘z maqsadiga va qiziqishlariga g‘oyat maqbul tarzda erishadigan shart-sharoitni barpo etishdan iborat. Kompaniyaning siyosati va istiqboli esa xodimlarning xulq atvoriga asoslangan holda tashkil etilishi kerak. Bu nazariyaga muvofiq keluvchi ishchini rag‘batlantirish va unga qulay muhit yaratib berishgina kifoya qiladi. Albatta, xar ikkala nazariya ham faqat nazariyadir. Amaliyotda ular sof ko‘rinishda bo‘lmaydi. Inson murakkab va ziddiyatli mavjudot. U o‘zida xam birinchi, xam ikkinchi modellar sifatini mujassamlashtiradi.
Boshqaruvdagi insoniy munosabatlar maktabi (1930-1950). M.Follett (Angliya), E.Meyo va A.Maslou (AQSh) uning eng yirik obro’li vakillaridir. Bu maktab vakillari, agar rahbarlik o’z xodimlari haqidagi g’amxo’rlikni oshirsa, unda xodimlarning qanoatlanganligi darajasi oshadi, bu esa muqarrar unumdorlikni ko’payishiga olib keladi deb ishonganlar. Ular bevosita boshliqlarning samarali harakatlari, xodimlar bilan maslahatlashishlar va ularga ishda muloqot qilishga kengroq imkoniyatlarni berishni o’z ichiga oluvchi insoniy munosabatlarni boshqarish usullaridan foydalanishga tavsiya berganlar.
Ahloqiy fanlar yoki bixevioristik maktab (1950 yildan hozirgi vaqtgacha). Eng ko’zga ko’ringan vakillari – F.Gertsberg, R.Laykert, D. Mak Gregor. Ushbu maktab insoniy munosabatlar maktabidan ancha uzoqlashib ketgan. Ushbu yondashuvga ko’ra xodimga tashkilotlarni boshqarishga nisbatan ahloqiy fanlar konsepsiyalarini qo’llash asosida o’zining shaxsiy imkoniyatlarini his qilishga ko’proq darajada yordam ko’rsatish kerak. Bu maktabning asosiy maqsadi tashkilot faoliyati samaradorligini uning insoniy resurslari samaradorligini oshirish yo’li bilan oshirishdan iborat. Uning asosiy qoidasi: ahloq haqidagi fanni to’g’ri qo’llash hamma vaqt, ham alohida xodimning, ham umuman tashkilotning samaradorligini oshishiga yordam berishi kerak.
Menejment-fani boshqarish to‘g’risidagi bilimlar majmuasidir. U ijtimoiy iqtisodiy, sotsial, huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqadordir.
Menejment, dastavval iqtisodiy nazariya fani bilan yaqindan bog’liqdir. U iqtisodiy qonunlarni bilib olishga va ularga mos ravishda boshqarish jarayonida iqtisodiy metodlarni qo‘llashga, xar bir xodimga va jamoaga ta’sir ko‘rsatishga asoslanadi. Bir qator iqtisodiy fanlar: makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, statistika, istiqbolni belgilash, mehnat iqtisodiyoti kabilar xam menejment fani bilan chambarchas bog’liqdir.
Boshqarish fani bilan yuridik fanlari o‘rtasida muayyan munosabatlar mavjuddir. Yuridik fan boshqaruv faoliyati qanday doirada amalga oshirilishi lozimligini, huquqiy normalarni qanday qo‘llash xamda xo‘jalik yuritish jarayonida boshqaruv organlari, rahbarlar va ayrim kishilarning me’yoriy hujjatlardan, qonunlardan foydalanishini belgilab beradi.
Sotsiologiya, psixologiya va mehnat fiziologiyasi boshqaruv muammolarini ishlab chiqishda juda katta rol o‘ynaydi.
Menejment fani boshqarishning umumiy qonuniyatlarini o‘rganuvchi kibernetika fani bilan uzviy bog’langandir. U boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni idrok qilish va qayta ishlash jarayonlarini o‘rganadi. Kibernetika yutuqlari:
boshqaruvdagi axborot tizimini takomillashtirishga;
boshqarish jarayonini kompyuterlashtirishga;
avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini yaratishga keng yo‘l ochib beradi.
Qayd qilingan aloqador fanlarni mukammal o‘rganish boshqarishning sir-asrorlarini chuqur anglashga va uni samarali qo‘llashga imkon beradi.
XX asrning 60-80 - yillarida G‘arbda zamonaviy menejment rivojlana boshlanadi. G‘arb nazariyotchilari ijtimoiy tizimlar maktabi boshqaruvini tashkil qilish maqsadida:
tizimli yondoshuv asoslarini ishlab chiqishadi;
yaxlit tizim bilan uning qismlari munosabatlari masalalarini ko‘rib chiqishadi;
bir qancha o‘zgaruvchi omillarning boshqaruvga bo‘lgan ta’sirini o‘rganishadi.
Bu maktab namoyandalari (amerikalik Ch.Barnard, G.Saymon) zamonaviy menejmentda qo‘yidagi to‘rt yondoshuvni asoslab beradilar.
Boshqaruv fani maktabi yoki miqdoriy usul (1950 yildan hozirgi vaqtgacha). Eng ko’zga ko’ringan olimlari R.Akoff, N.Viner, V.Poreto hamda V.Glushkov va L.Kantoravich (SSSR). Maktab boshqaruvda aniq fanlar - matematika. statistika, muxandislik fanlari ma’lumotlaridan foydalanishga asoslanadi va operatsiyalar va vaziyatlar modellari tadqiqotlari natijalarini keng ko’llashni ko’zga tutadi. Ammo ikkinchi jahon urushiga qadar miqdoriy usullardan boshqaruvda etarlicha foydalanilmagan. Ehtimol, kompyuterlarni rivojlanishi boshqaruvda ushbu usullarni ko’llashga kuchli turtki bo’lgan bo’lsa kerak. Ular o’sib boruvchi murakkablikdagi matematik modellarni qurishga imkon berganlar, bu modellar haqiqatga ko’proq darajada yaqinlashadilar, demak aniqroq bo’ladilar.

Tizimli” yoki zamonaviy menejment





Tizimli yondoshuv

Tizim - bu bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan qismlar. Har bir qism yaxlit tizimning o‘zgarishiga o‘z xissasini qo‘shadi. Tashkilot - bu yaxlit ochiq tizimdir. Uning taqdiri tashqi va ichki muhitga bog‘liq.
Tizimli yondoshuvda tashkilotni boshqarishda asosan uni ichidagi, tarkibidagi muhitga (iqtisodiy, ilmiy-texnik, ijtimoiy-siyosiy) e’tibor beriladi.

Vaziyatli yondoshuv

Garchi tizimli yondoshuvda yaxlit tashkilot qanday qismlardan tashkil topgan degan savolga javob topaolsak-da, biroq bu qismlarning qaysi biri muhim, qaysi biri ikkinchi yoki uchinchi darajali ekanligiga e’tibor qaratilmaydi.
Yaxlitning qaysi bir qismi o‘ta muhim degan savolga vaziyatli tahlil javob beradi. Bunda tashkilotning ichki tarkibidagi o‘zgarishlar tashqi muhitning ta’siri bilan bog‘lab o‘rganiladi. Ammo turli darajadagi vaziyat turli darajadagi bilimni talab qiladi.

Funksional yondoshuv

Boshqaruvga tashkiliy mexanizmlarning eng oqilona yo‘llarini ishlab chiqish imkonini beradi. Shu nuqtai nazardan boshqarish quyidagi funksiyalarni bajaradi:
rejalashtirish;
tashkillashtirish;
rahbarlik qilish;
muvofiqlashtirish;
nazorat qilish va x.k.

Miqdorli yondoshuv

Bunday yondoshuvga asosan:
Menejmentning operatsion tamoyiliga;
Qaror qabul qilish nazariyasi tamoyillariga
Matematik yoki ilmiy menejment kabilarga e’tibor qaratiladi.
Endi boshqarish jarayonida nafaqat matematika; statistika, kibernetika, muxandislik fanlari, shuningdek sotsialogiya, ruxshunoslik, tizimlar nazariyasi kabi fanlar xam keng qo‘llanila boshlanadi.


Vaziyatli yondashuv (1960 yildan hozirgi vaqtgacha). Bu yondashuvni ishlab chiqilishi boshqaruv nazariyasiga katta hissa qo’shgan, chunki fanni aniq vaziyatlar va sharoitlarga to’g’ridan-to’g’ri qo’llash imkoniyati paydo bo’lgan. Vaziyatli yondashuvda asosiy tomon vaziyat, ya’ni aniq holatlardan iborat bo’ladi, ular tashkilotlarga ushbu aniq vaqtda katta ta’sir ko’rsatadilar. Ham tashkilotning o’zida, ham atrof muhitda ko’pgina bunday omillar mavjud bo’lganligi sababli, tashkilot faoliyatini boshqarishning yagona “yaxshi” usuli yo’q bo’ladi. Boshqaruvning vujudga kelgan vaziyatda ko’proq mos keluvchi usuli eng samarali bo’ladi.
M.Follett 20- yillardayoq “Vaziyat qonuni” haqida gapirgan. Ammo bu yondashuv faqat 60- yillarning oxirida kerakli darajada ishlab chiqilgan.
Vaziyatli yondashuv buyurilgan tavsiyalarning oddiygina yig’indisi emas, balki, tashkiliy muammolar va ularning yechimlariga nisbatan fikrlash usulidir. Undan foydalangan holda, rahbarlar aniq vaziyatlarda qaysi usullar tashkiliy maqsadlariga erishishga ko’proq darajada yordam berishini tushunib olishlari mumkin. Shuning uchun tashkilot maqsadlariga samaraliroq erishish uchun aniq usullar va konsepsiyalarni ma’lum vaziyatlar bilan bog’lash zarur.
Vaziyatli yondashuvda e’tibor tashkilotlar va tashkilotlarning o’zlarining ichidagi vaziyatli farqlarga qaratiladi. Shu munosabat bilan ahamiyatli o’zgaruvchan vaziyatlar va ularning tashkilot faoliyati samaradorligiga ta’sirini aniqlash zarur.
Tizimli yondashuv (50 yillarning oxiridan hozirgi vaqtgacha).
50- yillarning oxirida boshqaruvda tizimlar nazariyasini qo’llanishi menejmentga boshqaruv fani maktablari va xususan, amerikalik olimlar J.Pol Getti va Piter F. Drukerlarning muhim ulushi bo’lgan. Bu yondashuv nisbatan yaqindan qo’llana boshlaganligi tufayli, hozirgi vaqtda ushbu maktabning boshqaruv nazariyasi va amaliyotiga haqiqiy ta’sirini to’liq darajada baholashning iloji yo’q. Shunga qaramasdan bugun uning ta’siri juda katta va bundan keyin ham u o’sib boradi. Tizimli asosda, ehtimol, kelajakda ishlab chiqiladigan yangi bilimlar va nazariyalarni sintez qilish mumkin bo’lar.
O’zgaruvchanlar va ularning tashkilot samaradorligiga ta’sirini aniqlash menejmentga tizimlar nazariyasining mantiqiy davomi bo’lgan tizimli yondashuvning asosiy ulushi bo’ladi.
Rahbarlar tizimlar nazariyasini boshqaruv jarayoniga nisbatan qo’llashlari uchun tashkilotni o’zgaruvchan tizimlar sifatida bilishlari kerak. Ular tashkilotga o’zgarayotgan tashqi muhit sharoitlarida har xil maqsadlarga erishishga mo’ljallangan odamlar, tuzilma, vazifalar, texnologiya kabi o’zaro bog’langan elementlarning majmuasi sifatida qarashlari kerak.
Jarayonli yondoshuv (1920 yildan hozirgi vaqtgacha). Bu yondashuv hozirgi vaqtda keng qo’llaniladi. U birinchi marta ma’muriy boshqaruv maktabi vakillari tomonidan taklif qilingan bo’lib, ular menejerning vazifasini ta’riflashga harakat qilganlar. Bu konsepsiyani dastlabki ishlab chiqilishi A.Fayolga tegishlidir. Ushbu yondashuvga ko’ra, boshqaruv uzluksiz o’zaro bog’liq harakatlar (xizmatlar) jarayoni sifatida ko’rib chiqiladi, ularning har biri ham, o’z navbatida bir necha o’zaro bog’langan harakatlardan iborat bo’ladi. Ular kommunikatsiyalar va qaror qabul qilishning bog’lovchi jarayonlari bilan birlashganlar. Bunda rahbarlik (yetakchilik) mustaqil faoliyat sifatida ko’rib chiqiladi. U xodimlarga ta’sir ko’rsatishning shunday imkoniyatini ko’zda tutadiki, ular maqsadlarga erishish yo’nalishida mehnat qilsinlar.

Quyida boshqaruvda yondashuvlarning evolyutsiyasining chizmasi ko’rsatilgan [15].


1885y 1920y 1930y 1940y 1950y 1960y hozirgi vaqt
1
2
3
4

5

6


7


8


Ilmiy boshqaruv nuqtai nazaridan yondoshuv


Ma’muriy yondoshuv
Insoniy munosabatlar nuqtai nazaridan yondoshuv
Hulq haqidagi fan nuqtai nazaridan yondoshuv
Miqdoriy usul nuqtai nazaridan yondoshuv
Boshqaruvga jarayon sifatida yondoshuv
Tizimli yondoshuv
Vaziyatli yondoshuv
Yondoshuvlarning qisqacha manzarasidan shu narsa ko’rindiki, boshqaruv fikri doimiy ravishdrivojlanib borgan, bu tashkilotlarni samarali boshqarish haqidagi yangi g’oyalarni tug’ilishga yordam bergan.
Zamonaviy menejmentning maqsadi qaror qabul qilish jarayonini, elektron hisoblash texnikasini xamda eng yangi matematik usullar va vositalarni qo‘llagan holda tadqiqotni o‘tkazishdir. Tizimli menejment qarorlarning oqilonaligini yuksaltirish kabi vazifani qo‘yadi.
Menejment nazariyasini sobiq ittifoqda rivojlantirishda A.K. Gastev, P.M. Kerjentsev, V.G. Afanasev, D.V. Gvishiani, S.E. Kamenitser, O.V. Kozlova, D.M. Kruk, A.M. Omarov, G.X. Popov kabilar o‘zlarining salmoqli xissalarini qo‘shganlar. Sobiq ittifoqda mehnatni ilmiy tashkil qilish va boshqarish sohasini ilmiy tadqiq qilish 1920 yillarda boshlangan. O‘sha yillari mehnatning markaziy instituti (TsIT) tashkil etilib, mehnatni ilmiy tashkil qilish bo‘yicha qator konferentsiyalar o‘tkazildi. Maxsus jurnallar chop etilishi yo‘lga qo‘yildi. O‘quv yurtalarida “Mehnatni ilmiy tashkil qilish” fani o‘qitila boshlandi.
A.K.Gastev (1882-1941) o‘zining “Qanday ishlash kerak?”, “Mehnatni me’yorlash va tashkil qilish” kabi qator asarlarini chop etdi. Markaziy mehnat instituti (TsIT)ning tashkilotchisi xam Gastev bo‘lgan. TsIT va Gastevning ilmiy ishlanmalari negizida mamlakatda mehnatni ilmiy asosida tashkil qilishda qator muvaffaqiyatlarga erishildi. Chunonchi:
mehnatni ilmiy asosda tashkil qilish bo‘yicha o‘qitish va xodimlarning malakasini oshirish tizimi yaratildi;
mehnatni ilmiy tashkil qilishning ilg‘or tajribalarini nafaqat mamlakat ichida, shuningdek, chet davlatlarda xam ommalashtirishga erishildi.
P.M. Kerjentsev (1881-1940) xam boshqarish bo‘yicha qator asarlar chop etgan. Bular qatoriga “Mehnatni ilmiy tashkil etish”, “Boshqarishni tashkil qilish tamoyillari”, “Vaqt uchun kurash” kabilar kiradi. Ular boshqarish bo‘yicha darsliklarni yozishda asos qilib olindi. 1920 yilning boshlarida Kerjentsev tashabbusi bilan “Vaqt” Ligasi tashkil etildi. Bu Liga jamoatchilikning e’tiborini:
mehnatini tashkil qilishda tartibsizliklarning nixoyatda ko‘pligiga;
bexuda ishlarga vaqtning ko‘p sarflanayotganligiga;
boshqaruv tizimida funksiyalarning nooqilona taqsimoti kabilarga qaratdi va ularni bartaraf etilish yo‘llarini ishlab chiqdi.
1950 yillarning oxiridan boshlab mamlakatda boshqarish nazariyasining rivojlanishi yanada kuchaydi. Shu yillarda mehnatni ilmiy tekshirish instituti, boshqarish va normativ bo‘yicha markaziy ilmiy-tadqiqot institutlari tashkil etildi. Mamlakatning etakchi oliy o‘quv yurtlarida (MDU, MMI, KXXN, MXXN, TXXI, va boshqalar) “Mehnatni ilmiy tashkil qilish”, “Boshqarish” kafedralari, fakultetlari tashkil etilib, ular bo‘yicha maxsus fanlar o‘qitila boshlandi.
Rossiyada Hozircha yagona, Moskva boshqaruv instituti tashkil qilingan bo‘lib, u korxona yoki tarmoq faoliyatining boshqaruv tomonini takomillashtirish masalalari bo‘yicha direktorlar maslaxatchilari deb yuritiladigan boshqarishni tashkil qilish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlaydi.
Har bir yondoshuv yoki maktabning vakillari faraz qilganlarki, ular tashkilot maqsadlariga samaraliroq erishishga kalit tola olganlar. Ammo so’nggi tadqiqotlar va boshqaruv amaliyotini ko’rsatishicha, bu tadqiqotlar boshqaruv jarayonining faqat ayrim tomonlariga tegishli bo’lgan, olingan natijalar esa faqat ma’lum vaziyatlar uchungina to’g’ri bo’lgan. Bundan tashqari, boshqaruv amaliyoti hamma vaqt ham tegishli nazariy fikrga qaraganda murakkabroq, chuqurroq va turli tumanliroq bo’lgan. Vaqti vaqti bilan tadqiqotchilar boshqaruv jarayonining yangi, oldin noma’lum bo’lgan tomonlarini ochganlar va mustahkam bo’lib ko’ringan, ammo noto’g’ri qarashlarni ko’rsatib berganlar. Shunga qaramasdan ushbu tadqiqotchilar boshqaruv fanini rivojlanishiga bebaho hissa qo’shganlar. 1- jadvalda menejmentning yapon va amerika modellarini solishtirilishi berilgan. Bu ulardan har birining avzalliklari va kamchiliklarini ajratishga imkon beradi.



Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling