2-mavzu: Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi xolati
Download 211.15 Kb. Pdf ko'rish
|
2. Maruza.pdf filename=utf-8 2. Маъруза
2-MAVZU: Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi xolati. Reja: 1. Menejmentning tarixiy shart-sharoitlari 2. Menejmentning ilmiy maktablari 3. Mamlakatimizda boshqaruvni rivojlanishi 4. Menejmentning xorijiy modellari 5. Mustaqillik davrida O’zbekistonda boshqaruv va menejment. 6. Kadimgi amaliyot va yangi fan. 7. 1900 yilgacha bo’lgan tashkilotlar va ularni boshqarish. 8. Jarayon, xolatiy va sistemali yo’nalish. 1. Menejmentning tarixiy shart-sharoitlari Boshqaruv odamlar bilan birga paydo bo’lgan. U mehnatni taqsimlanishi va kooperatsiyalanish jarayonida faoliyatning mustaqil turiga ajralgan. Bu odamlarning ijtimoiy ishlab chiqarishdagi faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish zarurligi bilan asoslangan. Bunda ulardan birlari rahbar, ya’ni boshqaruvchilar, boshqalari esa ularning tobelari, ya’ni boshqariladiganlar bo’ladilar. Eramizdan avvalgi 325 yilda Iskandar Zulqaynayn birinchi marta jangovar harakatlarni boshqarish markazi sifatida shtabni tashkil qilgan. Menejmentni paydo bo’lishi quyidagi asosiy sharoitlar bilan bog’liq: Mashinali ishlab chiqarishni rivojlanishi, boshqaruvchiga talablarni o’sishi, mulk egasi va tadbirkorni boshqaruvning o’sib borishga qiyinchiliklarini bartaraf qilishga qodir emasligi; Bozor sub’ektlarining katta miqdorini vujudga kelishi, hajmini o’sishi va bozor aloqalarini kuchayishi; Boshqaruvga kasbiy yondashuv zarurligini asoslab beruvchi raqobatni o’sishi va bozor iqtisodiyotining barqarorligi; Yirik korporatsiyalarni paydo bo’lishi va shunga ko’ra faqat xodimlarning maxsus apparati bajarishi mumkin boshqaruv ishlari hajmi va murakkabligini ko’payishi,. Xuddi korporatsiyada menejment mulk egasi- tadbirkorning o’zini o’zi boshqarishidan butunlay ajraladi; Mulkni aktsiyadorlar o’rtasida jamlanishi, buning natijasida aktsiyadorlik sarmoyasini boshqarishning yangi vazifalari paydo bo’ladi; Tadbirkorlarni sanoat inqilobi davrida yaratilgan texnikaning afzalliklaridan foydalanishga harakat qilishlari; Ijodiy, sho’’baiquvchan odamlar guruhlarining ishni samarali bajarish usullarini yaratish istagi. Download 211.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling