2-mavzu: Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi xolati
Menejmentning amerikacha modelini
Download 211.15 Kb. Pdf ko'rish
|
2. Maruza.pdf filename=utf-8 2. Маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Menejmentning yapon modeli
Menejmentning amerikacha modelini o’rganish ma’lum qiziiqish uyg’otadi.
Amerikacha menejment AQSHga g’arbiy mamlakatlar orasida yetakchi o’rinni egallashga imkon bergan. Amerikacha menejment hammadan avval boshlanishida F.Teylor turgan ilmiy boshqaruv maktabi ta’limlariga asoslanadi. Amerikacha mejentment yana o’ziga asoschisi Anri Fayolь bo’lgan klassik maktab asoslarini ham sindirib olgan. U boshqaruvning amerikacha nazariya- sidagi barcha yo’nalishlari shakllanishiga ham katta ta’sir ko’rsatgan. 20-30 yillarda xo’jalik yuritishning ekstensiv usullaridan intensiv usullariga o’tish boshqaruvning yangi shakllarini qidirib topishni taqozo qilgan. Asta-sekinlik bilan kapitalistik ishlab chiqarishni yashab qolishi uchun korxonadagi ishchilar holatiga munosabatni o’zgartirish, motivatsiya va xodimlar va tadbirkorlar o’rtasidagi hamkorlikning yangi usullarini ishlab chiqish zarurligini tushunish vujudga kelgan. “Insoniy munosabatlar maktablari” nomini olgan yangi kontseptsiyani shakllanishi amerikalik sotsiolog va psixolog E.Meyo nomi bilan bog’liqdir. Zamonaviy amerikacha menejment quyidagi uchta tarixiy shart-sharoitlarga asoslanadi: - bozorning mavjudligi; - ishlab chiqarishni tashkil qilishning sanoat usuli; - tadbirkorlikning asosiy shakli sifatidagi korporatsiya. Hozirgi vaqtda AQSHda boshqaruvga ishchilarni jalb qilishning to’rtta asosiy shakllari keng tarqalgan: 1.Ishchilarni tsex darajasiga mehnat va mahsulot sifatini boshqarishda ishtirok etishi. 2.Ishchilar va boshqaruvchilarning ishchi kengashlari (qo’shma qo’mitalari)ni tashkil qilinishi. 3.Foydada ishtirok etish tizimlarini ishlab chiqilishi. 4.Ishchilar vakillarini korporatsiyalar direktorlar kengashlariga jalb qilinishi. Menejmentning yapon modeli ham katta qiziqish uyg’otadi. Yaponiya jahon bozorida yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. Buning asosiy sabablaridan biri u tomonidan qo’llanayotgan menejmentning insoniy omilga qaratilgan modelidir. Yaponiyada milliy xarakterning o’ziga xos alomatlariga mos keluvchi mehnat va hulq usullari vujudga kelgan. Iqtisod qilish va tejamkorlik yapon xarakterining ajralib turuvchi alomatlari bo’ladi. Iqtisod va tejamkorlikni talab qilish bevosita yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’langan. Yapon menejmentining mohiyati odamlarni boshqarishdan iboratdir. Bunda yaponlar amerikaliklarga o’xshab bitta odam (shaxs)ga emas, balki odamlar guruhiga qaraydilar. Bundan tashqari, Yaponiyada tutgan o’rni guruh tomonidan ma’qullanadigan yoshi bo’yicha kattaroq kishiga bo’ysunish an’anasi vujudga kelgan. Menejmentning G’arbiy Yevropa modelini shakllanishiga Yevropa davlatlari olimlarining tadqiqotlari katta ta’sir ko’rsatgan. Masalan, bixeviorizim ta’siri ostida boshqaruvni psixologiyalashtirish tendentsiyasi kuzatiladi. Faraz qilinadiki, pulli mukofatlash barcha harakatlarni belgilab beruvchi yagona omil bo’lmaydi. Ular ko’proq yakka shaxsning hulqiga bog’liq bo’lgan psixiologik motivatsiyani belgilab beradilar. Download 211.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling