2-mavzu: Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi xolati


 1900 yilgacha bo’lgan tashkilotlar va ularni boshqarish


Download 211.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana18.06.2023
Hajmi211.15 Kb.
#1556889
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2. Maruza.pdf filename=utf-8 2. Маъруза

7. 1900 yilgacha bo’lgan tashkilotlar va ularni boshqarish. 
Tashkilotlar ham qadimdan mavjud bo’lgan. Ammo, qadimgi tashkilotlar hozirgi 
tashkilotlardan ko’p jihatdan farq qilgan. Qadimgi tashkilotlarda ham zamonaviy tashkilotlarning 
ba’zi bir jihatlari mavjud bo’lgan. Rivojlanish natijasida tashkilotlar ham murakkablashib 
borgan. 
Qadimgi tashkilotlar bilan zamonaviy tashkilotlar orasidagi farqlarni 1-jadvalda 
ko’rsatilgan. 
1-jadval 
Qadimgi tashkilotlar bilan zamonaviy tashkilotlar orasidagi farqlar 
Qadimgi tashkilotlar. 
Zamonaviy tashkilotlar 
Kichik va mayda tashkilotlar. 
Yirik va bakuvvat tashkilotlar. 
Rahbarlarning kamligi. 
Rahbarlarning ko’pligi. 
O’rta bo’g’in rahbarlarining yo’qligi. 
O’rta bo’g’in rahbarlarining ko’pligi. 
Boshqaruv faoliyatini boshqa faoliyat 
turlaridan ajralmaganligi. 
Boshqaruv faoliyatining mustaqilligi. 
Rahbarlikni avloddan-avlodga o’utishi 
yoki kuch ishlatib olinishi. 
Rahbarlikni qonuniy yo’l bilan, ilm va 
bilim egallanishi. 
Tashkilot uchun muxim qarorlar 
kamchilik tomonidan qabul qilingan. 
Muxim 
qarorlar 
qabul 
qilishda 
ko’pchilikning qatnashuvi. 
Buyruq bilan ishlash. 
Jamoa mehnati va samarali faoliyatga 
asoslanish. 
Tashkilotlar va boshqarish qadimda va hozir mavjud bo’lgani bilan ular orasida juda katta 
farq bo’lgan. Avvalgi vaqtlardagi tashkilotlarda, ya’ni, XX-asrgacha bo’lgan tashkilotlarda 
boshqaruvni qanday qilib tizimli tarzda amalga oshirishga qiziqish bo’lmagan, asosan ko’proq 
pul ishlab topish asosiy maqsad hisoblangan. SHu bilan birgalikda siyosiy xokimiyatga ega 
bo’lishga qiziqish katta bo’lgan. Qanday kilib samarali boshqarishni amalga oshirish to’g’risida 
fikr yuritilmagan. 
8. Jarayon, xolatiy va tizimli yo’nalish. 
Ma’muriy maktab tarafdorlari jarayon yo’nalishi to’g’risida fikr yuritib menejer 
funktsiyalarini ko’rsatib bergan edilar. Ular bu funktsiyalarni bir-biriga bog’liq emas deb 
hisobladilar. Jarayon yo’nalishi esa bu funktsiyalarni bir-biriga bog’liq ekanligini ta’kidlaydi. 
Boshqaruv bir jarayon sifatida ko’rib chiqiladi. SHu sababli maqsadlarga erishish - bir-
biriga bog’liq bo’lgan uzluksiz harakatlardan iboratdir. Bu harakatlar har biri jarayon bo’lib, 
tashkilot muvaffaqiyati uchun juda muhimdir. Ularni boshqaruv funktsiyalari deb aytiladi. Anri 
Fayolь birinchilardan bo’lib boshqaruvni oldindan belgilash va rejalashtirish, tashkil etish, 
foydalanish, muvofiqlashtirish va nazorat qilishdan iborat ekanligini ta’kidladi. 


Hozirgi vaqtda adabiyotlarda boshqaruvning quyidagi funktsiyalari mavjudligi ko’rsatiladi: 
rejalashtirish, tashkil etish, buyruq berish, rag’bat berish, rahbarlik qilish, muvofiqlashtirish, 
nazorat qilish, kommunikatsiya, tadqiqotlar o’tkazish, baholash, qaror qabul qilish, xodimlarni 
to’plash va tanlash, muloqotlar olib borish va bitimlar tuzish. 
Tashkilotlarni boshqarish jarayonida turli xolatlar yuzaga keladi. Xolatiy yo’nalish fanni 
aniq xolatlar va sharoitlarga moslashtirishni nazarda tutadi. Ayni vaqtda yuzaga kelgan xolat va 
undan samarali tarzda foydalanish tashkilot samarasiga katta ta’sir ko’rsatadi. Rahbarlar har bir 
xolatga mos ravishda harakat qilishlari lozim. XX-asrning 20-yillarida Meri Parker Follett 
«Xolat qonuni» to’g’risida gapirib o’tgan edi. U turli xolatlar turli bilimlarni talab qilishini 
ta’kidlagan edi. 
Boshqaruvda samarali yo’nalish ham mavjud. Tizim - bir-biriga bog’liq bo’lgan bir 
butunlikdir. Har bir qism bu bir butunlikga ta’sir ko’rsatadi. Rahbar nafaqat o’z vazifasi 
doirasida o’ylashi, balki boshqa bo’limlar vazifalari to’g’risida ham fikr yuritishi, u qabul 
qilayotgan qarorlar boshqa bo’limlar faoliyatiga ham samarali ta’sir ko’rsatishini bilishi lozim. 

Download 211.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling