2-mavzu: Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi xolati
1900 yilgacha bo’lgan tashkilotlar va ularni boshqarish
Download 211.15 Kb. Pdf ko'rish
|
2. Maruza.pdf filename=utf-8 2. Маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8. Jarayon, xolatiy va tizimli yo’nalish.
7. 1900 yilgacha bo’lgan tashkilotlar va ularni boshqarish.
Tashkilotlar ham qadimdan mavjud bo’lgan. Ammo, qadimgi tashkilotlar hozirgi tashkilotlardan ko’p jihatdan farq qilgan. Qadimgi tashkilotlarda ham zamonaviy tashkilotlarning ba’zi bir jihatlari mavjud bo’lgan. Rivojlanish natijasida tashkilotlar ham murakkablashib borgan. Qadimgi tashkilotlar bilan zamonaviy tashkilotlar orasidagi farqlarni 1-jadvalda ko’rsatilgan. 1-jadval Qadimgi tashkilotlar bilan zamonaviy tashkilotlar orasidagi farqlar Qadimgi tashkilotlar. Zamonaviy tashkilotlar Kichik va mayda tashkilotlar. Yirik va bakuvvat tashkilotlar. Rahbarlarning kamligi. Rahbarlarning ko’pligi. O’rta bo’g’in rahbarlarining yo’qligi. O’rta bo’g’in rahbarlarining ko’pligi. Boshqaruv faoliyatini boshqa faoliyat turlaridan ajralmaganligi. Boshqaruv faoliyatining mustaqilligi. Rahbarlikni avloddan-avlodga o’utishi yoki kuch ishlatib olinishi. Rahbarlikni qonuniy yo’l bilan, ilm va bilim egallanishi. Tashkilot uchun muxim qarorlar kamchilik tomonidan qabul qilingan. Muxim qarorlar qabul qilishda ko’pchilikning qatnashuvi. Buyruq bilan ishlash. Jamoa mehnati va samarali faoliyatga asoslanish. Tashkilotlar va boshqarish qadimda va hozir mavjud bo’lgani bilan ular orasida juda katta farq bo’lgan. Avvalgi vaqtlardagi tashkilotlarda, ya’ni, XX-asrgacha bo’lgan tashkilotlarda boshqaruvni qanday qilib tizimli tarzda amalga oshirishga qiziqish bo’lmagan, asosan ko’proq pul ishlab topish asosiy maqsad hisoblangan. SHu bilan birgalikda siyosiy xokimiyatga ega bo’lishga qiziqish katta bo’lgan. Qanday kilib samarali boshqarishni amalga oshirish to’g’risida fikr yuritilmagan. 8. Jarayon, xolatiy va tizimli yo’nalish. Ma’muriy maktab tarafdorlari jarayon yo’nalishi to’g’risida fikr yuritib menejer funktsiyalarini ko’rsatib bergan edilar. Ular bu funktsiyalarni bir-biriga bog’liq emas deb hisobladilar. Jarayon yo’nalishi esa bu funktsiyalarni bir-biriga bog’liq ekanligini ta’kidlaydi. Boshqaruv bir jarayon sifatida ko’rib chiqiladi. SHu sababli maqsadlarga erishish - bir- biriga bog’liq bo’lgan uzluksiz harakatlardan iboratdir. Bu harakatlar har biri jarayon bo’lib, tashkilot muvaffaqiyati uchun juda muhimdir. Ularni boshqaruv funktsiyalari deb aytiladi. Anri Fayolь birinchilardan bo’lib boshqaruvni oldindan belgilash va rejalashtirish, tashkil etish, foydalanish, muvofiqlashtirish va nazorat qilishdan iborat ekanligini ta’kidladi. Hozirgi vaqtda adabiyotlarda boshqaruvning quyidagi funktsiyalari mavjudligi ko’rsatiladi: rejalashtirish, tashkil etish, buyruq berish, rag’bat berish, rahbarlik qilish, muvofiqlashtirish, nazorat qilish, kommunikatsiya, tadqiqotlar o’tkazish, baholash, qaror qabul qilish, xodimlarni to’plash va tanlash, muloqotlar olib borish va bitimlar tuzish. Tashkilotlarni boshqarish jarayonida turli xolatlar yuzaga keladi. Xolatiy yo’nalish fanni aniq xolatlar va sharoitlarga moslashtirishni nazarda tutadi. Ayni vaqtda yuzaga kelgan xolat va undan samarali tarzda foydalanish tashkilot samarasiga katta ta’sir ko’rsatadi. Rahbarlar har bir xolatga mos ravishda harakat qilishlari lozim. XX-asrning 20-yillarida Meri Parker Follett «Xolat qonuni» to’g’risida gapirib o’tgan edi. U turli xolatlar turli bilimlarni talab qilishini ta’kidlagan edi. Boshqaruvda samarali yo’nalish ham mavjud. Tizim - bir-biriga bog’liq bo’lgan bir butunlikdir. Har bir qism bu bir butunlikga ta’sir ko’rsatadi. Rahbar nafaqat o’z vazifasi doirasida o’ylashi, balki boshqa bo’limlar vazifalari to’g’risida ham fikr yuritishi, u qabul qilayotgan qarorlar boshqa bo’limlar faoliyatiga ham samarali ta’sir ko’rsatishini bilishi lozim. Download 211.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling