2-mavzu: Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi xolati
Menejmentning ilmiy maktablari
Download 211.15 Kb. Pdf ko'rish
|
2. Maruza.pdf filename=utf-8 2. Маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy boshqaruv maktabi (1885-1920).
2. Menejmentning ilmiy maktablari
Boshqaruv fikri g’oyatda nomuntazam holda rivojlangan. Bir necha yondashuvlar mavjud bo’lib, ular ba’zida bir birlariga mos kelganlar, ba’zida esa bir birlaridan ancha farqlanganlar. Odamlar va texnika boshqaruv ob’ektlari bo’lganlar, shuning uchun boshqaruvdagi muvaffaqiyatlar ko’proq boshqa sohalardagi muvaffaqiyatlarga bog’liq bo’lganlar. Jamiyat, texnika rivojlangani sari boshqaruv bo’yicha mutaxassislar tashkilot faoliyatiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar haqida bila boshlaganlar. Hammadan avval, boshqaruvda har bir maktablarni ajratish nuqtai nazardan yondashuv. U, o’z navbatida boshqaruvni har bir nuqtai nazardan ko’rib chiquvchi quyidagi beshta maktabni oladi: ilmiy boshqaruv, ma’muriy boshqaruv, insoniy munosabatlar, hulq haqidagi fan, hamda boshqaruv fani, yoki miqdoriy usul. Ilmiy boshqaruv maktabi (1885-1920). Butun dunyoda “Maktabni ilmiy tashkil qilish” nomi bilan keng mashhur bo’lgan bu maktabni vujudga kelishi va rivojlanishi XX asrning boshlariga to’g’ri keladi. Bu maktabning boshida amerikalik muxandis-tadqiqotchi F.Teylor (1850-1915) turgan, u o’zining kundalik ishida unumdorlik va samaradorlikni oshirish maqsadida ishlab chiqarish va mehnatni faollashtirish muammolarini hal qilgan. Uning ta’limi menejment zamonaviy kontseptsiyasining asosiy nazariy maktabi bo’lgan. Bu maktabning ko’zga ko’ringan vakillari: L.Gilbert, F.Gilbert, G. Emerson, A.Gastev (Rossiya)lardir. F.Teylor o’z nomini butun dunyoga mashhur qilgan quyidagi kitoblarni yozgan. “Kelishuv tizimi” (1895), “TSex menejmenti” (1903), va “Ilmiy menejment tamoyillari” (1911). F.Teylor o’z asarlarida kapital va mehnat manfaatlarini birga qo’shish, “kapitalistik korxonalarda hamkorlik falsafasi”ni amalga oshirishga harakat qilgan. U tomonidan ishlab chiqilgan mehnatni jadallashuvini ta’minlovchi usul turli mamlakatlar boshqaruvchilarida katta sho’’baiqish uyg’otgan. F.Teylor ilmiy menejmentga tashkilotni ishlab chiqarish va iqtisodiy maqsadlariga erishish uchun barcha xodimlar manfaatlarini ularning farovonligini o’sishi va xo’jayinlar va ma’muriyat bilan yaqindan hamkorlikni yo’lga qo’yilishi tufayli yaqinlashuvining haqiqiy vositasi sifatida qaragan. U, agar ilmiy menejment tizimi to’liq hajmda qabul qilinsa, bu narsa tomonlar o’rtasidagi barcha bahslar va ziddiyatlarni hal qiladi deb o’ylagan. SHunday qilib, ushbu maktablar uchun quyidagi alomatlar xosdir: - ma’muriyat hal qilishi kerak bo’lgan vazifalarni belgilash; - sub’etivizm va avtoritar usullarni ilmiy qoidalarga almashtirish; - boshqaruvni sanoat mehnati sohasiga aylantirish; - mehnatni taqsimlash va ixtisoslashtirish, xodimlarni tor vazifalarni bajarishga yo’naltirish; - faoliyatni qat’ian tartibga solish; - vazifalarni bajarish uchun eng yaxshi, eng to’g’ri bajaradigan xodimlarni maqsadga qaratilgan xolda tanlab olish, ularni o’qitish; - xo’jalik vazifalarini hal qilishning eng yaxshi usullarini belgilash uchun ilmiy tahlildan foydalanish; - ishlarni rejalashtirish; - xodimlarni rag’batlantirish. Download 211.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling