2-mavzu: Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi xolati
Mustaqillik davrida O’zbekistonda boshqaruv va menejment
Download 211.15 Kb. Pdf ko'rish
|
2. Maruza.pdf filename=utf-8 2. Маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- . Qadimgi amaliyot va yangi fan.
5. Mustaqillik davrida O’zbekistonda boshqaruv va menejment.
Mamlakatimiz iqtisodiyoti bozor munosabatlari o’tish jarayonida boshqaruv faoliyati sohasida katta o’zgarishlarni amalga oshirmoqda. 2018 va undan keyingi yillarga mo’njallangan ustuvor yo’nalishlar ichida ham bu masala asosiy vazifalardan biri qilib ko’rsatilgan. Iqtisodiyot va uning soha, tarmoqlari rivojlanishida qo’yilgan bu kabi masalalarning samarali tarzda yechilishi uchun menejment faoliyatida quyidagilar harakterlidir: 1.Ishlab chiqarishning va umuman biznesning samararadorligini oshirishga muntazam intilish. 2.Tashkilotning bozordagi faoliyati oxirgi natijalariga javob beradigan shaxsga erkin qaror qabul qilishni ta’minlaydigan keng xo’jalik mustaqilligi. 3.Bozor xolati va tashqi muxit o’zgarishlaridan bog’liq ravishda maqsadlar va dasturlarga doimiy tuzatishlar kiritish. 4.Rejalashtirilgan pirovard natijaga erishishga faoliyatni qaratish. 5.Ko’p variantli hisoblar uchun zamonaviy informatsion bazani qo’llash. 6.Joriy rejalashtirishdan perspektiv rejalashtirishga o’tishda rejalashtirish funktsiyalarini o’zgartirish. 7.Axborot texnologiyalaridan, kompьyuterlardan maksimal ravishda foydalanish. 8.Boshqarishda tashkilotning hamma xodimlarini jalb etish. 9.O’zgarishlarni ko’zda tutish, o’zgaruvchan qarorlar asosida boshqarishni amalga oshirish. 10. Innovatsiyalarga e’tiborni kuchaytirish. 11. Har bir boshqarish qarorlarini chuqur tahlil qilish. 12. Oqilona tavakkal qilish va tavakkalni boshqarish kobiliyati. 13. Marketing rolini tayanch darajasigacha ko’tarish. 14. Mavjud iqtisodiy resurslardan foydalanish darajasini orttirib borish, ularning har bir birligidan samaraliroq foydalanishni tashkil etish. Menejmentning vazifasi avvaliga xohishni imkoniyat darajasiga keltirib, so’ng esa uni xaqiqatga aylantirishdan iboratdir. 6. Qadimgi amaliyot va yangi fan. Tashkilot muvaffaqiyatga erishmoqchi bo’lsa boshqaruv jarayonini amalga oshirishi shart. Qadimgi zamonlarda ham tashkilotlar bo’lgani kabi, ularda boshqaruv ham mavjud bo’lgan. Demak, boshqaruv amaliyoti qadimdan beri mavjud bo’lgan. Temuriylar bog’lari, Buxoro va Samarqanddagi tarixiy obidalar, shaharlar, mamlakatlar o’rtasida yuz bergan urushlar, Misr exromlari – bular barchasi tashkiliy harakatlar natijasida amalga oshgan. Bu harakatlar barchasi boshqaruv faoliyati orqali amalga oshirilgan. Belgilangan maqsadga erishish esa samarali tarzda boshqarishni, ishlarni to’g’ri tashkil etishni talab qilgan. Yillar o’tishi bilan tashkilotlar kengayib, ularni faoliyati murakkablashib borgan. SHu sababli, ularni boshqarish ham murakkablashib boradi. Qadimgi boshqaruv bilan zamonaviy boshqaruv orasida katta farq bor. Boshqaruv faoliyati qadimiy bo’lgani bilan boshqaruv g’oyasi ilmiy fan sifatida, tadqiqotlar sohasi sifatida, nisbatan yangidir. Rivojlanish davom etib borgan sari boshqaruvga fan sifatida qarash boshlandi. Boshqaruv faoliyati tadqiqotlar sohasiga aylandi, samarali boshqaruv yo’llari izlana bordi. Download 211.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling