2-mavzu: Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi xolati


 Mamlakatimizda boshqaruvni rivojlanishi


Download 211.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana18.06.2023
Hajmi211.15 Kb.
#1556889
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2. Maruza.pdf filename=utf-8 2. Маъруза

3. Mamlakatimizda boshqaruvni rivojlanishi 
O’zbekistonda iqtisodiy jarayonlarni boshqarish chuqur tarixiy tomirlarga ega. Yuqorida 
aylgandek, boshqaruv fan sifatida shakllangunga qadar davrlarda ham ushbu jarayonning tub 
mohiyati va mazmunini tushungan va amaliyotda qo’llagan turli xildagi murakkab odamlar 
guruhiga muvaffaqiyatli ravishda rahbarlik qilgan, o’z tajriba va nuqtai nazarlarini kelajak 
avlodga meros sifatida qoldirgan buyuk shaxslar bo’lganki, ularni o’rganish hozirgi zamon 
boshqaruv fanini rivojlanishiga samarali ta’sir ko’rsatadi. Ana shunday shaxslardan Al- 
Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino (IX-Xasrlar), Yusuf Xos Xojib (XI-XIIasrlar), 
Amir Temur, Nizomulmulk (XIII-XIYasrlar), Zahriddin Muhammad Bobur, Alisher Navoiy 
(XYasrlar)ning boshqaruvga oid asarlari bugungi kunda ham qo’llanma bo’ladigan ko’rsatmalar 
hisoblanadilar. Masalan, ”Qutadg’i bilik”, “Temur tuziklari” va boshqalar. 
O’zbekiston Respublikasi tashkil topgandan buyon o’tgan 20 yil ichida bozor islohatlariga 
oid qabul qilingan qonunlar, Prezident farmonlari va qarorlari , Vazirlar Mahkamasiningqarorlari 
mamlakatimizda bozor mexanizmlarini iqtisodiyotiga joriy etishga karatilgan. O’zbekiston 
iqtisodiyotini Prezident Islom Karimov asoslab bergan tamoyillar asosida bozor munosabatlariga 
o’tkazish bozor mexanizmlarini shakllantirish dasturi bir qator mamlakatlarda “O’zbek modeli” 
deb e’tirof etildi. Ushbu modelь jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga dosh berib, 
mamlakatimizni barqaror rivojlanishi uchun mustahkam poydevor yaratdi.
4. Menejmentning xorijiy modellari 
Menejmentni mavjud bo’lishi davrida ko’pgina xorijiy mamlakatlar, o’zlarining o’ziga xos 
xususiyatlarini hisobga olish bilan, sanoat, qishloq xo’jaligi, savdo va boshqa sohalarda 
boshqaruvning nazariyasi va amaliyoti sohasidagi ko’pgina ma’lumotlarni to’plaganlar. 
Bu to’plangan tajribani o’rganish va ulardan foydalanishni taqozo qiladi. SHuning bilan 
birga menejment modellarini shakllanishining jahon tajribasi (va hammadan avval Yaponiya 
tajribasi) shundan darak beradiki, boshqaruv modellarini bitta ijtimoiy madaniy muhitdan 
boshqasiga ko’shirishning amalda iloji yo’q. Menejmentning xususiy modelini yaryatishda 
mulkchilikning turi, davlat qurilishining shakli va vujudga kelgan bozor munosabatlarining 
pishib yetilishi kabi omillarning ta’sirini hisobga olish zarur. 

Download 211.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling