2-mavzu: Milliy dinlar. Reja: Yahudiylik dininig yuzaga kelishi va ta’limoti. Markaziy osiyoda yahudiylik


Download 203.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana03.10.2023
Hajmi203.09 Kb.
#1691355
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-mavzu

2.Hinduizm - hozirgi Hindistonda tarqalgan din shaklidir. U yeramizdan 
oldingi dinlar - braxmanizm va vedaizmning evolyusiyasi natijasida yeramizning 
birinchi ming yilligi o‟rtalarnga kelib shakllangan. Shu davrdan boshlab hinduizm 
hukmron dinga aylangan. Hozirgi vaqtda Hindiston aholisining o‟rta hisobda 80 
dan ortiqrok foizi hinduizmga e‟tikod qnladi. Hinduizm sinkretik din bo‟lib, turli 
e‟tiqodlar, urf-odat va marosimlar, mahalliy diniy e‟tiqod va qarashlarning 
murakkab kompleksi sifatida voke bo‟lib, urug„-qabila dinlari elementlarini, 
braxmanizm, buddizm va jaynizmning asosiy goyalarini qamrab algan. Hinduizm 
o‟zining yagona tashkilotiga ega emas. 
Hinduizm insonning tug„ilganadan to vafot etishigacha bo‟lgan huquq va 
vazifalarini belgalab va cheklab qo‟yadi. Shuning uchun unda marosimchilikka 
keng o‟rin berilgan. Hinduizm kishilarning ijtimoiy tengsizligani oklaydi va 
abadiylashtiradi, ruhning bo‟lmasligi va ko‟chib aylanib yurishi (sansara ta‟limoti), 
qayta tug„ilishi (karma ta‟limoti), gunoh ishlar uchun javob berishi, jannat va 
do‟zax kabi aqidalarni o‟z ichiga oladi. 
Hinduizm politeistik din bo‟lib, unda ko‟p xudolilik elementlari saqdangan. 
Dindorlar tasavvurida bosh xudo Braxman Koinotning ijodkori va yaratuvchisidir. 
Bundan tashqari hindlar Vishnu va Shiva xudolariga ham e‟tiqod qiladilar. 
Hinduizm ta‟limotida xudoning uch xil ko‟rinishda tasavvur etilishi (trimurti) eng 
oliy, ilohiy, yakka xudoning uch xususiyati, deb talqin qilinadi. Bu xristianlikdagi 
uch yuzli xudoga o‟xshaydi. 
Hinduizm ta‟limoticha, olam paydo bo‟lib, emirilib, yo‟q bo‟lib turadi, ya‟ni 
olamning yashashi progressiv emas, aksincha, regressiv haraktyerga ega; har bir 


davr olamning yuksak rivojlangan cho‟qqisidan boshlanib, uning inqirozga 
uchrashi bilan tugaydi, insonlar gunohga botib ketgach, olam yo‟qoladi. 
Hinduizm jamiyatning talabalarga bo‟linishini aks ettiruvchi savob va jazo 
(karma) g„oyasiga asosan, inson hayotida 4 ta asosiy maqsad bor, deb da‟vo 
qilinadi: 1) dharma - oila va jamiyatda diniy talablarni bajarish: 2) artxa - foydali 
ishlar qilish, zarur materyallarga ega bo‟lish; 3) kama - muhabbat tuyg„ulariga 
yerishish, his-tuyg„ularni qondirish; 4) moksha - o‟zgarish zanjiridan butunlay 
xalos bo‟lish. 

Download 203.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling