2-mavzu: Milliy dinlar. Reja: Yahudiylik dininig yuzaga kelishi va ta’limoti. Markaziy osiyoda yahudiylik


Download 203.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana03.10.2023
Hajmi203.09 Kb.
#1691355
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-mavzu

Sintoizm (sinto - xudolar yo‟li demakdir). YAponiyada keng tarqalgan
an‟anaviy milliy haraktyerdagi dinlardan biri. Bu din ilk feodalizm davrida (VI-VII 
asrlar) rivojlangan va urug„chilik, qabilachilikka xos animistik va Shomonlik 
marosimlari yig„indisidan iborat holda vujudga kelgan. Sintoizm ta‟limotida 
Yaponiyada joriy etilgan ijtimoiy-siyosiy tartibning mustahkamligi va 
o‟zgarmasligiga, quyosh tangrisi - Amatyerasuning„ naslidan deb hisoblangan 
yapon imperatori - Mikado hokimiyatining iloxiyligiga ishonish, imperator 
ajdodlarini muqaddas deb tan olish, ajdodlar Sharafiga tayinlangan oila-urug„ 
marosimlarini bajarish kabilar asosiy o‟rin egallaydi. Sintoizmning puxta ishlangan 
aqidalari yo‟q. Diniy marosimlarni kannuShlar deb ataladigan aloxida koxinlar ijro 
etadi. KannuShlik vazifasi nasldan-naslga o‟tadi. Hozirgi vaqtda yaponlarning 
yarmidan ko‟pi sintoizm bilan buddizmni teng ko‟rib, har ikkalasiga e‟tiqod 
qiladilar; hayotiy marosimlar - tug„ilish, nikoh kabilar sintoizm ibodatxonalarida 
bajarilsa, dafn etish va marhumni xotirlash marosimlari buddaviylik 
ibodatxonalarida o‟tkaziladi. 
Sintoizm bilan buddaviylikning bir-biriga ta‟siri kuchli. Sintoistlar 
buddaviylik dini uchun ibodatxonalar qurish bilan cheklanmadilar, balki o‟rta 
asrlarga kelib sinto-budda qo‟shma ibodatxonalari vujudga kela boshlagan. 
Sintoizmning o‟ziga xos xususiyati o‟zi targ„ib qilgan xudoga sig„inish, boshqa 
millat kishilarining bu dinga sig„inishini man etishdan iborat. Sintoistlarning 
muqaddas kitobi bo‟lmagan, ammo ibodatxonalarda yozilgan diniy ag‟sonalar 
uchrab turadi. VIII asrga kelib og„zaki diniy ag‟sonalar asosida "Kodziki" 
(qadimgi ishlar to‟g„risida yozuvlar) nomli diniy kitob paydo bo‟ldi. Unda asosan 
imperatorlar sulolasining kelib chiqishi ilohiylashtirilgan. VIII-X asrlarda sig„inish 
qoidalari ishlab chiqilgan va xudolar nomi ro‟yxatga olingan edi. 
1886 yildan to XX asrning 40 yillarigacha sintoizm YAponiyaning davlat 
dini hisoblanar edi. Natijada dinning strukturasi ham o‟zgara boshladi, ilohiy 
ruhlar o‟rniga imperator shaxsi ulug„landi. Sintoizmda milliy ibodatxonalar 
ko‟plab kurildi. XIX asrning ohirlariga kelib mohiyatini yo‟qota boshlagan 
sintoizm 1945 yilda davlatdan ajratildi. Hozirgi paytda sintoizm tarafdorlari 
unchalik ko‟p emas, ammo uni zamonga moslashtirishga urinishlar davom 
etmoqda. 

Download 203.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling