2-mavzu: Milliy dinlar. Reja: Yahudiylik dininig yuzaga kelishi va ta’limoti. Markaziy osiyoda yahudiylik
Download 203.09 Kb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu
1.Iudaizm (Yahudiylik) - eng qadimgi dinlardan bo‟lib, yeramizdan oldingi
XIII asrda yahudiylarning milliy dini sifatida vujudga kelgan. Bu din o‟zining asosiy aqidalarini bevosita o‟sha davrda mavjud bo‟lgan politeistik dinlardan olgan. Uning paydo bo‟lishi va mustaqil monoteistik din sifatida maydonga chiqishi markazlashgan Yahudiy davlatining tashkil topishi bilan uzviy bog„liqdir. Hozirgi Falastin hududida qadimgi zamonlarda dehqonchilik va chorvachnlik bilan shug„ullangan ko‟chmanchi yahudiy qabilalari yashagan. Bu qabilalarda din sifatida aiimizm, magiya, g‟etishizm, sehrgarlik va turli o‟simlik hamda hayvonlarga sig„inish hukmronlik qilgan. Yahudiy qabilalari o‟zlarini muayyan hayvonlarning nomlari bilan ataganlar. Iudaizmning "muqaddas‟‟ kitoblar to‟plamida hayvonlarni va o‟simliklarni, tabiatdagi dahshatli, stixiyali kuchlarni, arvoxlarni va boshqalarni e‟zozlash izlari bor. Ruhoniylar iudaizmning obro‟sini ko‟tarish maqsadida yahudiylar "mumtoz xalq.", unga dinni xudoning o‟zi ato etgan, degan fikrni ilgari surardilar; hozir ham qisman shunday. Buning isboti sifatida ular asrlar davomida jamiyatda sodir bo‟lgan ulkan ijtimoiy o‟zgarishlar iudaizm ta‟limotiga hech qanday ta‟sir ko‟rsatmadi, u yagona milliy dinligacha qoldi, Shuning uchun uning ijtimoiy va gnoseologak ildizlari ham yo‟q, deb jar solmoqdalar. Aslida esa yahudiy xalqining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitiga muvofiq iudaizm, boshqa dinlar kabi, shakl va mazmunini bir necha bor o‟zgartirgan. Iudaizm politeizmdan monoteizmga o‟tguncha bir qancha tarixiy jarayonni boshdan kechirgan. Bu jarayon ibtidoiy jamoa tuzumidan quldorlik jamiyatiga o‟tguncha bo‟lgan davrni o‟z ichiga oladi. Mana shu tarixiy davrda Yahudiy qabilalarn ko‟p xudolarga e‟tiqod qilganlar. Har bir qabilaning, har bir urug„, hatto shaharning o‟z xudosi bo‟lgan, shuningdek moddiy olam hodisalarining har bir guruhi alohida xudoning nomi bilan bog„langan. "Sening shaharlaring qancha bo‟lsa, xudolarning shahri ham shunchadir", deyiladi Tavrot yozuvlarida. Iudaizmda mahalliy avliyolar hisoblanmish Iso (Iisus), Ravin, Ibrohim (Avraam), Ishoq (Isaak) Yoqub (Iakov), Yusuf (Iosig‟) va boshqalar. Bular boshqa dinlarda ham payg„ambar deb tan olingan. Eramizdan avvalgi X asrda iudaizm yahudiy qabilalari o‟rtasida sinfiy talabalanish ro‟y berishi va quldorlik munosabatlarining vujudga kelishi jarayonida mavjud qabilaviy dinlar asosida shakllangan. Ammo tarixiy fenomen sifatida iudaizmning rivojlanishi qabilalar o‟rtasidagi munosabatlar taraqqiyoti bilan bevosita bog„liq edi. Chunki qabilaviy xudolar evolyusiyasi natijasida yagona xudo yuzaga kela boshlagan edi. Bu jarayon o‟sha davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga asoslanishi muqarrar edi. Rivojlanishning muayyan davrida eng kuchli qabilalar xudosi boshqa qabila xudolaridan yuqori turuvchi bosh xudo hisoblana boshlagandi. Falastindagi Ruvim, Simon, Levin va Iuda singari eng mashhur qabilalar obro‟si ko‟tarila boshlagan. Bularning orasida Iuda qabilasi kuchli hisoblanib, obro‟si juda oshib ketgan, uning xudosi Yaxve esa barcha xudolardan yuqori turuvchi yakka hukmron xudo sifatida qabul qilingan. Bunga qadar politeizmda Yaxve tog„-tosh, chaqmoq, momaqaldiroq va suv xudosi sifatida tasvirlangan. Quldorlik davlatining barpo etilishi va rivojlanishi Yahudiy qabilalarini yaqinlashishi va birlashishiga olib kelgan. Yahudiy davlati vujudga kelishi bilan Yahudiy qabilalari o‟zlarini yerda hukmdor deyish bilan cheklanmasdan, yagona xudoni ham osmon hukmdori sifatida tan olishgan. Shu tariqa Yaxvedan boshqa xudolarga e‟tiqod qilishga barham berilgan. Ilgarigi qabila xudolaridan biri bo‟lgan Yaxve yakka deb e‟tirof etilgan. Qudus (Iyerusalim) Shahrida markaziy ibodatxona qurilgan va Yahudiy milliy-davlat dini vujudga kelgan. Yahudiylik monoteizm sinfiy munosabatlar bilan bevosita bog„liq ravishda yuzaga kelganligi uchun jamiyat hayotidagi tengsizlikni oqlagan. Iudaizm milliy-davlat dini sifatida podsho himoyasidagi ruhoniylar mavqeini mustaqkamlagan, hamda podshoning g„oyaviy himoyachisiga aylanganlar. Yahudiy ruhoniylari, kohinlar politeistik dinlardagi aqida, rivoyat, mig‟ologik qarashlarni, urf-odat, marosimlarni hukmron sing‟ mang‟aatlarini ko‟zlab, yangi monoteistik din talablariga moslab qayta ishlash orqali iudaizmning asosiy aqidaviy ta‟limotlarini o‟zida aks ettiruvchi muqaddas kitoblarni yaratdilar. Shunday qilib, iudaizmning rivojlanishi va bu din ta‟limotining vujudga kelishi uzoq davrlarni o‟z ichiga olgan. Shulardan dastlabkisi Bibliya davri, deyiladi. Bibliya tekstlari bir necha yuz yillar davomida yuzaga kelgan. U ikki qismdan - qadimiy axdnoma (Vetxiy zavet) va Yangi axdnoma (Novy zavet) dan iborat. Iudaizm ruhoniylari yangi axdnoma tannax deb ataydilar. Iudaizm tarafdorlarining fikricha, tannaxni xudo - Yaxve "muqaddas yozuvlar" sifatida Yahudiylarga yuborgan. Aslida esa yangi axdning mualliflari uni yozishda qadimgi Sharq xalqlarining turli diniy e‟tiqod va tasavvurlari, tarixiy hikoyalar va ag‟sonalar, mig‟ va diniy-falsafiy qarashlar, muhabbat kissalari va boshqa Shunga o‟xshash manbalardan foydalanganlar. Quldorlik tuzumi davrida iudaistlar davlati Assiriya, Vaviloniya va Yunonlar tomonidan bir necha bor bosib olinishi tufayli yahudiylar Falastinni tashlab ketishga majbur bo‟ldilar. Yeramizning 70-yillarida rimliklar yahudiylarning diniy markazi Quddus Sharif ibodatxonasini buzib tashladilar. O‟z ibodatxonasidan mahrum bo‟lgan yahudiylar turli joylarda mahalliy yig„ilishlar – sinagoglar tashkil etdilar. Download 203.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling