2-Mavzu: Milliy iqtisodiyot jаrаyonlаrni bаholаshdа mаkroyondаshuv
Download 40.61 Kb.
|
2-Mavzu Milliy iqtisodiyot jаrаyonlаrni bаholаshdа mаkroyondаshuv
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish
- Yalpi ichki mahsulot
Oddiy takror ishlab chiqarish – bu ishlab chiqarish miqyoslarining o‘zgarmagan holda takrorlanishini ifodalaydi. Odatda bunday ishlab chiqarish ko‘proq faqat o‘z ichki ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan an’anaviy iqtisodiyot sharoitidagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun xos bo‘lgan.
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish – bu ishlab chiqarish miqyoslarini muntazam ravishda oshirib borishga asoslangan holdagi takrorlanishidir. Bu turdagi ishlab chiqarish barcha rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining asosini tashkil etadi. Ijtimoiy takror ishlab chiqarish natijasida mamlakat miqyosida milliy mahsulot yaratiladi. Milliy mahsulot barcha moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda xizmatlarni o‘z ichiga olib, uning hajmi iqtisodiyot taraqqiyotida ahamiyatli o‘rin tutadi. Shunga ko‘ra, milliy mahsulot hajmini aniqlash, uning tarkibi va harakat shakllarini o‘rganish doimiy ravishda iqtisodiyot nazariyasi fanining asosiy muammolaridan biri bulib hisoblanadi. Milliy mahsulot turli davrlarda turli malakatlarda turlicha atalib, turlicha hisobga olinishi mumkin. Masalan, sobiq ittifoqdosh respublikalar, Shu jumladan bizning respublikamizda ham oldingi davrda mamlakat bo‘yicha ishlab chiqarishda vujudga keltirilgan mahsulotlar yig‘indisi jami ijtimoiy mahsulot deb atalgan. Jami ijtimoiy mahsulot ko‘rsatkichida yil mobaynida yaratilgan moddiy ne’matlar yig‘indisi hisobga olingan, unda xizmat ko‘rsatish sohalarida vujudga keltirilgan ma’naviy ne’matlar va xizmatlar qiymati aks etmagan. Lekin bir ishlab chiqarish sohasidan chiqqan xom ashyo, materiallar, yonilg‘i va energiyalarning qiymati boshqa sohalarda ishlatilib, bir necha bor takror-takror hisobga olinib, mahsulotning hajmi sun’iy ravishda oshirib ko‘rsatilgan, iste’molga borib tushadigan tauyor mahsulot esa undan bir necha barobar kam bo‘lgan. Mana shu takror hisoblashlarga barham berish uchun boshqa qator mamlakatlar bilan birgalikda bizning mamlakatda ham hozir milliy hisob tizimiga o‘tilib, endi mamlakatda vujudga keltirilgan milliy mahsulot, Ya’ni tovarlar va xizmatlar yig‘indisi yalpi ichki mahsulot deb atala boshlandi. Yalpi ichki mahsulot - bu ma’lum vaqt davomida, masalan, bir yilda yaratilgan va bevosita iste’molchilarga borib etadigan barcha tauyor mahsulot va ko‘rsatilgan xizmatlarning bozor narxidagi qiymati. YAlpi ichki mahsulot moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari yillik faoliyatining umumiy samarasi bo‘lib hisoblanadi. Oldingi davrlarda ko‘pgina mamlakatlarda, hozir ham ayrim mamlakatlarda milliy mahsulot yalpi milliy mahsulot deb atalib, Shu shaklda hisobga olingan. YAlpi milliy mahsulot bilan yalpi ichki mahsulotning farqi Shundaki, yalpi milliy mahsulotga har bir mamlakat ichidagi va boshqa turli mamlakatlardagi korxonalarida va qo‘shma korxonalarida vujudga keltirilgan mahsulotlar (Shu mamlakat hissasiga to‘g‘ri keladigan qismi) hisobga olinadi. Boshqa mamlakatlar yoki fuqarolar tomonidan mazkur mamlakat hududida qurilgan korxonalar mahsuloti, qo‘shma korxonalardagi mahsulotda ularning hissasi hisobga olinmaydi. Yalpi ichki mahsulotda esa mamlakat hududida ishlab chiqarilgan hamma mahsulot va xizmatlar (boshqa mamlakatlar korxonalari, qo‘shma korxonalarda yaratilgan hamma tovar va xizmatlar qo‘shilib) hisobga olinadi. Lekin bu erda shuni aytish lozimki, mamlakat miqyosida takror hisobga yo‘l qo‘ymaslik uchun yalpi ichki mahsulotlarni hisoblashda sotib olingan xom ashyo, yonilg‘i va materiallar qiymati hisobga olinmaydi, faqat qo‘shilgan qiymat hisobga olinadi, ularning yig‘indisi esa yalpi ichki mahsulot hajmini ko‘rsatadi. Ammo har bir korxona va tarmoq uchun sotilgan tovar mahsuloti yalpi ichki mahsulotdan emas, balki jami yaratilgan ijtimoiy mahsulotdan iboratdir. Masalan, bizning misolimizda paxtani qayta ishlash korxonasi ishlab chiqargan va sotgan mahsulot 285 birlikni, yalpi ichki mahsulot hisobiga kiradigan qo‘shilgan qiymat esa 145 birlikni tashkil etadi. Sotilgan 285 birlik mahsulotning 140 birligi xom ashyo, yonilg‘i va materiallarni sotib olish uchun ishlatiladi. Shuning uchun biz bu mavzuda korxonalar va tarmoqlar yaratgan yillik milliy mahsulot haqida gapirganda ko‘proq jami ijtimoiy mahsulotni nazarda tutamiz. Demak, YAIM milliy iqtisodiyotda yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard mahsulot (xizmat)larning bozor narxlaridagi summasi. Biz bilamizki, joriy yilda ishlab chiqilgan barcha mahsulotlar sotilmasligi mumkin, ularning bir qismi zahiralarni to‘ldiradi. Ya’ni YAIM hajmini hisoblab topishda zahiralarning har qanday o‘sishi hisobga olinishi zarur, Chunki YAIM yordamida joriy yildagi barcha mahsulotlar (sotilgan va sotilmagan) hisobga olinadi. Milliy ishlab chiqarishning yalpi hajmini to‘g‘ri hisoblab chiqish uchun, mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar bir marta hisobga olinishi zarur. YAIM hajmini topishda sotilgan va qayta sotilgan mahsulotlarni ko‘p marta hisobga olishlarni bartaraf qilish uchun, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi olinadi. Download 40.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling