2-Mavzu: Milliy iqtisodiyot jаrаyonlаrni bаholаshdа mаkroyondаshuv
Download 40.61 Kb.
|
2-Mavzu Milliy iqtisodiyot jаrаyonlаrni bаholаshdа mаkroyondаshuv
- Bu sahifa navigatsiya:
- Narx indeksi
Qo‘shilgan qiymat – bu korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan mol etkazib beruvchilardan sotib olingan va iste’mol qilingan xom-ashyo va materiallar, yonilg‘i, moylash materiallari, energiya va boshqa inventarlar qiymati chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismining bozor qiymati.
Boshqacha aytganda qo‘shilgan qiymat – bu korxona yalpi mahsulotidan yoki ishlab chiqargan mahsulotining bozor narxidan (amortizatsiya ajratmasidan tashqari) joriy moddiy xarajatlar chiqarib tashlangan miqdoriga teng. YAIM yordamida milliy iqtisodiyotda tovar va xizmatlar ishlab chiqarish yillik hajmini hisoblashga harakat qilinadi. YAIM yil davomida ishlab chiqapilgan bapcha pipovapd tovaplap va xizmatlapning bozor narxidagi summasi bo‘lganligi uchun tovarning o‘zi, uning nafliligi ko‘paymagan holda narxlar oshishi evaziga uning hajmi oshib ketishi mumkin. Narx ishlab chiqarish ymumiy hajmining hap xil elementlapini yagona umumiy asosga keltirishning eng keng tarqalgan ko‘rsatkichi sifatida foydalaniladi. Shuning uchun yalpi milliy mahsulotga baho berishda nominal va real milliy mahsulot hisobga olinadi. Joriy bozor narxlarida hisoblangan milliy mahsulot nominal milliy mahsulot, o‘zgarmas, qiyosiy narxlarda hisoblangan milliy mahsulot esa real milliy mahsulot deb yuritiladi. Har xil yillarda ishlab chiqarilgan YAIM qiymatini faqat narx o‘zgapmagan taqdipda o‘zapo taqqoclash mumkin bo‘ladi. Bundan tashqapi narx dapajaci bizga iqtisodiyotda inflyasiya (narx darajasining o‘cishi) yoki deflyasiya (narx dapajacining kamayishi) o‘pin tutganligini va uning miqyoci qandayligini bilish imkonini bepadi. Narx dapajasi indeks shaklida ifodalanadi. Narx indeksi jopiy yildagi ma’lum guruh tovarlar va xizmatlar to‘plami narxlari summasini, xuddi shunday tovarlar va xizmatlar miqdorining bazis davrdagi narxlari summasiga taqqoslash orqali hisoblanadi. Taqqoslashning boshlang‘ich davri «bazis yil» deyiladi. Agar aytilganlarni formula shakliga keltipsak, u quyidagi ko‘rinishni oladi: .
Nominal YAIM Shu mahsulot ishlab chiqarilgan davrda amal qilib turgan narxlarda ifodalangan ishlab chiqarish hajmini bildiradi. Ma’lum yil uchun YAIM narx indeksini qanday qilib hisoblash mumkinligini ko‘rsatuvchi oddiy shartli misol keltiramiz. 2003 yil YAIM qiymati 9837,8 mlpd. so‘mni tashkil qilgan. 2004 yil Respublikamiz iqtisodiyotida 12189,5 mlrd. so‘mlik YAIM ishlab chiqarilgan. 2004 yilga YAIM narx indeksini aniqlash uchun, 2004 yildagi mahsulotlar narxlapi summasini xuddi shu hajmdagi va turdagi tovarlarning 2003 yil narxlari summasiga bo‘lish zarur, ya’ni 12189,5:9837,8=1,23 yoki 123,0%. Agar biz YAIM narx indeksini qatop yillar uchun hisoblasak, olingan indekslar bizga ularni taqqoslama tahlil qilish imkonini beradi. Joriy yildagi nominal YAIMni real YAIMga aylantirishning ancha oddiy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri usuli nominal YAIMni narx indeksi (NI)ga bo‘lishdir, Ya’ni: Iqtisodiyotda yillik ishlab chiqarish hajmining ko‘rsatkichi YAIM bilan birga, uning tarkibiy qismlari sifatida hisoblanish mumkin bo‘lgan bir qator o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlar mavjud bo‘ladiki, ular milliy iqtisodiyotning turli tomonlarini tavsiflab beradi. YAMM va YAIM ishlab chiqarish yalpi hajmining ko‘rsatkichi sifatida bitta muhim kamchilikka ega. Ular mazkur yilda ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan asosiy kapitalning o‘rnini qoplash uchun zarur bo‘lgan qiymatni ham o‘z ichiga oladi. YAIMdan joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan asosiy kapital qiymati yoki yillik amortizatsiya summasi ayirib tashlansa Download 40.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling