2-Mavzu: Milliy iqtisodiyot jаrаyonlаrni bаholаshdа mаkroyondаshuv


Download 40.61 Kb.
bet15/15
Sana25.06.2023
Hajmi40.61 Kb.
#1654602
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
2-Mavzu Milliy iqtisodiyot jаrаyonlаrni bаholаshdа mаkroyondаshuv

jinoyatga aloqador iqtisodiyot – rasmiy iqtisodiyot tarkibiga iqtisodiy jinoyatning kiritilishi (boyliklarning talon-taroj qilinishi; nazoratning har qanday shaklidan yashiringan holdagi hufyona iqtisodiy faoliyat – narkobiznes, qimor o‘yinlari, fohishabozlik; daromadlarni noiqtisodiy qayta taqsimlash shakli sifatidagi fuqarolarning Shaxsiy mulkiga qarshi umumjinoiy harakatlar – bosqinchilik, Shaxsiy mulkni zo‘rlik bilan tortib olish, o‘g‘irlash, reket);
2) soxta iqtisodiyot – hisobga olish va hisobotlarning amaldagi tizimiga soxta natijalarni haqiqiy natija sifatida kirituvchi rasmiy iqtisodiyot (qo‘shib yozishlar);
3) norasmiy iqtisodiyot – iqtisodiy sub’ektlar o‘rtasidagi norasmiy o‘zaro aloqalar tizimi bo‘lib, u mazkur sub’ektlar o‘rtasidagi Shaxsiy munosabatlar va bevosita aloqalarga asoslanadi;
4) yashirin ikkalamchi iqtisodiyot – yakka tartibdagi va kooperativ faoliyatning nazoratdan yashiringan, Ya’ni qonun tomonidan taqiqlangan yoki belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmagan turi.
YAIM ko‘rsatkichi mamlakat yillik ishlab chiqarish hajmining puldagi ifodasi sifatida maydonga tushadi. Shu bilan birga, YAIM mamlakatning real iqtisodiy farovonligini to‘liq aks ettira olmaydi. Chunki, iqtisodiy faoliyatning Shunday turlari mavjudki, ularning YAIM hajmiga ta’siri ma’lum sabablarga ko‘ra hisobga olinmaydi:
1) jamiyat farovonligini oshiruvchi, biroq aniq hisobot yuritish mushkulligi sababli hisobga olinmaydigan faoliyat turlari (kasallar va bolalarni uyda parvarishlash, yashash uchun uyda qulayliklar yaratish, yakka tartibda o‘qitish va boshqalar);
2) jamiyat farovonligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi xufyona iqtisodiyot sohalari faoliyat turlari (giyohvandlik mahsulotlari ishlab chiqarish va sotish, ko‘ngilochar mashg‘ulotlarning yashirin turlari, reket va boshqalar);
3) jamiyat farovonligini oshiruvchi, biroq nobozor tavsifga ega bo‘lgan uy ishlari (xonadonlarni, elektr va radio jihozlarni, poyafzal va avtomashinalarni ta’mirlash va boshqalar);
4) jamiyat farovonligining pasayishiga olib keluvchi ishlab chiqarishni kengaytirishning salbiy natijalari (resurslarning tugab ketishi, iqlimning o‘zgarishi, atrof-muhitning ifloslanishi).
Download 40.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling