1
2-MAVZU: MUSTAQILLIKKA ERISHISH ARAFASIDA
O’ZBEKISTONDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY JARAYONLAR
Reja:
1. XX asr 80-yillarida Respublika ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotidagi
inqirozli holat.
2. Markazning O’zbekistonda amalga oshirgan qatag’onlik siyosati: “Paxta
ishi”, “O’zbek ishi”.
3. Aholi turmush tarzining og’irlashuvi.
4. Orol fojeasi.
5. Farg’ona voqealari. 1989 yil o’rtalarida Respublika ijtimoiy-siyosiyy
hayotidagi o’zgarishlar.
6. I.A.Karimov – O’zbekistonning Birinchi Prezienti. Mustaqillik
deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati.
7. 1991 yil avgust voqealari. GKChP. Sovet davlatining tanazzulga yuz
tutishi.
8. Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol,
o’zlikni anglashga intilishning kuchayishi.
Tayanch so’z va iboralar: mustabid tuzum,partiya, ijtimoiy-iqtisodiy
muammolar,”qayta qurish”, paxta ishi, Orol muammosi, suv resurslari, Markaz,
plan, keskinlashuv.
MAVZUGA OID QISQA TAYANCH KONSPEKT
SSSR va O’zbekiston SSR siyosiy rahbariyatidagi o’zgarishlar
•
Mamlakat siyosiy hayotida 1982-1985-yillarda ko’plab o’zgarishlar ro’y
berdi. Siyosiy rahbariyatdagi bunday o’zgarishlar O’zbekistonni ham chetlab
o’tmadi.
•
1982-yil noyabrda KPSS MK Bosh sekretari, SSSR Oliy Soveti Prezidiumi
raisi
Leonid Brejnev vefot etdi. U mamlakat va partiyani 18 yil davomida
boshqardi. 1982-1984-yillarda
Yuriy Andropov, 1984-1985-yillarda
Konstantin Chernenko Sovet Ittifoqiga rahbarlik qildi. 1985-yil 11-martda
Mixail Gorbachyov KPSS MK Bosh sekretari, 2-iyulda Andrey Gromiko
SSSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi lavozimlariga saylandi. 1985-yildan
mamlakatda qayta qurish siyosati boshlandi.