2-mavzu: mustaqillikka erishish arafasida o’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar reja


-1987-yillarda Moskva, Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) va


Download 1.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana01.03.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1239282
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2-Seminar

1983-1987-yillarda Moskva, Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) va 
RSFSRning boshqa shaharlaridan 1000 nafarga yaqin “desantchi” 
O’zbekitonning partiya, sovet, ma’muriy-xo’jalik organlariga yuqori rahbarlik 
lavozimlariga ishga yuborilgan edi. O’sha paytda “desantchilar” va 3000 
nafardan ortiq tergovchilarga mahalliy rahbarlar va respublika huquq-
tartibot organlarining ko’plab xodimlari katta yordam bergan. 
• 
1983-1987-yillarda Moskva, Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) va 
RSFSRning boshqa shaharlaridan 1000 nafarga yaqin “desantchi” 
O’zbekitonning partiya, sovet, ma’muriy-xo’jalik organlariga yuqori 
rahbarlik lavozimlariga ishga yuborilgan edi. O’sha paytda “desantchilar” va 
3000 nafardan ortiq tergovchilarga mahalliy rahbarlar va respublika huquq-
tartibot organlarining ko’plab xodimlari katta yordam bergan. 
• 
1985-1990-yillarda O’zbekistonda “paxta ishi” degan uydirma bo’yicha jami 
40 000 kishi tergov qilindi, ularning aksariyati tergov izolyatorlarida 
prokuror sanksiyasisiz o’tirdi, 5000 nafar kishi esa soxta ayblar bilan jinoiy 
javobgarlikka tortildi. Tergov jarayonida inson huquqlari toptalib, tutqunlarga 
kismoniy va ruhiy tazyiq o’tkazildi. Ularning oila a’zolari va qarindosh-
urug’lari ham qamoqqa tashlandi. Kadrlarni almashtirish siyosati ayanchli tus 
oldi. 



Paxta ishining “o’zbek ishi”ga aylantirilishi va mohiyati 
• 
Markaziy matbuotda e’lon qilingan maqolalarda o’zbek xalqi badnom etilib, 
paxta ishiga ataylab siyosiy tus berildi va “O’zbek ishi” ga aylantirildi. Bu 
siyosiy kompaniyani O’zbekistonning o’sha paytdagi rahbarlari qo’llab-
quvvatlashdi. 
• 
Markazdan yuborilgan kommunistik amalparastlar O’zbekistonning partiya 
va hokimiyat tizimida asosiy o’rinlarni egallab, o’zbek xalqiga qarshi 
qatag’onni avj oldirdilar. Qatag’on qilichi eng avvalo O’zbekistonning sobiq 
rahbari, marhum Sharof Rashidov xotirasiga qarshi ko’tarildi. “Sharof 
Rashidovchilik” degan sun’iy ibora o’ylab topilib, undan Sh. Rashidovni 
o’limidan so’ng badnom qilish va shuhratini yerga urishda foydalanildi. 
• 
Xullas, sovet rejimining paxta ishi oqibatida O’zbekistonda minglab kishilar 
nohaq ravishda jazolandi. Xalq xo’jaligi sohalarida qo’shib yozish, 
poraxo’rlik va korrupsiyaga aloqador jinoyatlar SSSR ning deyarli barcha 
hududlarida yuz bergan bo’lsa ham “tajriba maydoni” sifatida O’zbekiston 
tanlandi hamda jinoiy ishga aloqador kishilardan tashqari ko’plab odamlar 
aybsiz jazoga tortildi. Kommunistik mafkuraning qatag’on qilichi bu bilan 
cheklanmasdan paxta ishini o’zbeklar ishiga aylantirishga urindi. Qatag’on 
siyosatini amalga oshirishda Markaz rahbariyati va vakillaridan tashqari 
O’zbekistonning o’sha paytdagi siyosiy rahbariyati, xalqimiz orasidan 
chiqqan hamda tergovchilar bilan hamkorlik qilgan va ularning g’arazli 
ishlariga ko’maklashgan yrim qo’rqoq va xoinlar ham faollik ko’rsatdi. Bu – 
tarixning achchiq haqiqati. 




Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling