2-mavzu: mustaqillikka erishish arafasida o’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar reja


Download 1.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana01.03.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1239282
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2-Seminar

O’zbekiston SSR. 1924-1925 yillarda Moskva ko’rsatmasi bilan o’tkazilgan 
ma’muriy-hududiy davlat chegaralanishi oqibatida 1925 yil 13 fevralda Buxoroda 
Umumo’zbek sovetlarining I quriltoyida O’zbekiston Sovet Sotsialistik 
Respublikasi tashkil etiladi. 1927, 1937 va 1978 yillarda qabul qilingan O’zSSR 
Konstitutsiyalarida O’zbekistonnning davlat mustaqilligi, o’z taqdirini o’zi belgilash 
huquqlari yozib qo’yilgan bo’lsada, ammo SSSR jinoyat kodeksida bunday 
huquqdan foydalanishga chaqirish davlatga nisbatan jinoyat sifatida baholanar edi. 
O’zbekistonning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayoti to’liq markaz va kompartiya 
nazoratiga olindi. SHuning uchun ham O’zSSR mavjud bo’lgan 1925-1991 yillar 
tarixshunoslikda qaramlik yillari deb yuritiladi.
SredazEKOSO. (O’rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi). 1923 yil martda O’rta 
Osiyo Respublikalar: TASSR, BXSR, XXSRni iqtisodiy jihatdan birlashtirishga 
bag’ishlangan I Iqtisodiy konferentsiyada tashkil qilindi. V.I.Leninning iborasi bilan 
aytganda Iqtisodiy Kengashlar Markazning joylardagi «ko’z-qulog’i» bo’lishi kerak 
edi. Konferentsiyada qabul qilingan nizomda ham SredazEKOSOning asosiy 
vazifasi qilib O’rta Osiyo respublikalarining iqtisodiy imkoniyatlarini birlashtirib
Markaz ehtiyojlarini hisobga olgan holda sotsializm qurilishiga yo’naltirish deb 
belgilangan edi. SredazEKOSO qarorlarini barcha O’rta Osiyo respublikalari 
hukumatlari bajarishga majbur edi. SredazEKOSO o’z faoliyati davomida O’rta 
Osiyo respublikalari iqtisodiyotini Markaz manfaatlariga bo’ysundirishga harakat 
qildi. SredazEKOSO 1934 yil 2 oktyabrda SSSR XKK va VKP (b) MQning qarori 
bilan tugatiladi.
VKP(b). Vsesoyuzno’y Kommunisticheskiy Partiya (bolshevikov). 1898 
yilda V.I.Lenin tomonidan tashkil etilgan RSDRP 1917 yildan RSDRP (b) ga, 1918 
yildan RKP (b) ga, 1925 yildan esa bu partiyaning nomi VKP (b) ga o’zgartirilgan. 
1952 yildan 1991 yilgacha esa partiya KPSS (Kommunisticheskaya Partiya 
Sovetskogo Soyuza) deb yuritilgan.

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling