Pavlov I.P.
XX asrning boshlarida fiziologiya fani yanada rivojlanib, Moskva Peterburg, Kiev, Qozon kabi yirik shaharlarda fiziologik markazlar tashkil etilib, ichki organlarning vazifalari va ularning boshqarilishini o’rganishda katta yutuqlarga erishildi: Yurakning ishlash qonuniyatlari bo’yicha E.G.Starling, Samoylov, nafas olish mexanizmlari va qonda gazlarning tashilishini Veriga, Barkroft, Golden, Krens, ovqat hazm qilish jarayonlari bo’yicha: Babin, Razenkov, Bikov, Beyliss, A.M. Ugolev va boshqalar, vegetativ nerv tizimi haqidagi ta’limot bo’yicha Gaskele, Kennon, Mislavsky, evolyutsion fiziologiya sohasida L.A.Orbeli va X.Sh.Koshtoyans, oliy nerv tizimi fiziologiyasi bo’yicha Ch.S.Sherrington, R.Magnus, N.Ye.Vvedinskiy, A.A.Uxtomskiy, E.A.Asratyan, R.K.Anoxin va boshqa ko’plab olimlar ish olib bordilar.
1921 yilda Toshkentda Turkiston Dorilfununining tashkil etilishi, O’zbekistonda fiziologiya fanining rivojlanishiga zamin yaratib, bu davrda Polyakov E.F., Mixaylovskiy I.P., Izrail A.I., Shatalina A.S.,.Danilov N.V, Korotko G.F. kabi olimlar, keyinchalik, Yunusov A.Yu., Azimov I.G., Almatov K.T., Allamuratov Sh.J., A.H.Hoshimov, A.S.Sodiqov, Yu.A.SHerbakov, K.R.Raximov, U.Z.Qodirov, M.K.Mirzakarimov, A.Z.Tursunov, E. Maxmudov, K.Axmedov,V.Vohidov va boshqa ko’plab mahalliy olimlar fiziologiyaning turli yo’nalishlari bo’yicha samarali izlanishlar olib borib, katta yutuqlarga erishildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |