Zamonaviy fiziologiya fani rivojining asosiy yutuqlari quyidagicha:
Hozirgi zamon elektronika, kibernetika, avtomatika yutuqlariga asoslangan tabiiy sharoitda fiziologik jarayonlarni chuqur va to’lig’icha o’rganish, tadqiqotchiga avval imkoni bo’lmagan yangi fiziologik qonuniyatlarni ochish va uzoq vaqt faoliyat ko’rsatmagan a’zoni almashtirish imkonini beradi.
Fiziologiya - odam va hayvonlar asab tizimi faoliyati va organizmning o’ziga xos fiziologik qonuniyatlarini ochish, organizmni barcha hayotiy ko’rinishlarini va eng avvalo moddalar va energiya almashinuvi, psixika va xulq-atvorni boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat.
Fiziologiya hayotiy hodisalar mazmunini tushuntirish, tirik organizmning fizik va kimyoviy jarayonlarini o’rganish, boshqarilish mexanizmlarini ishlab chiqish, moddalar almashinuvi, irsiyat va organizmni maqsadli o’zgarishini ta’minlashda ishtirok etadi.
Fiziologiya inson organizmini quyidagi maqsadlarda o’rganadi:
1. Tirik organizmdagi mo’tadil vazifalarni tinimsiz ravishda o’zgaruvchan va rivojlanuvchi sharoitga bog’liq holda bajarilish qonunlarini o’rganadi.
2. Tirik organizmdagi jarayonlarni tarixiy, filogenetik, xususiy va ontogenetik rivojlanishini va ularning o’zaro bog’liqligini o’rganadi.
Odam va hayvonlar organizmidagi mo’tadil vazifalarning bajarilish qonunlarining berilishi muhim nazariy ahamiyatga ega, ya’ni organizm faoliyatidagi hali o’rganilmagan faoliyat mexanizmlarini samarali o’rganish yo’llarini aniqlab beradi. Ayniqsa alohida hujayralarning, hujayralarning tarkibiy qismlarini vazifalarini va joylanishi hamda hujayralar molekulalarini tuzilishini o’rganish juda muhimdir.Fiziologiyaning qonunlari faqatgina nazariy ahamiyatga ega bo’lmay, balki xalq xo’jaligining ko’pgina jabhalarida amaliy ahamiyatga ham egadir.
Fiziologiyaning rivojlanishi tarixi. Fiziologiyaning paydo bo’lishi qadim davrlardan betob organizmni tushunish, unga yordam berish uchun avvalom bor tana tuzilishini bilish, a’zolarning qanday vazifalarga yo’naltirilganligini aniqlash zarur edi. Bu borada Yunon, Rim, Xitoy, Hindiston, Misr shifokorlari va olimlari inson tanasidagi a’zolarning vazifalari to’g’risidagi ilk tushunchalarga asos solganlar. Jumladan, Giprokrat (Buqrot), Aristotel’ (Arastu), Galen (Jolinus) va boshqalar alohida e’tirofga loyiqdir.
Gippokrat - (460-377) tibbiyot fanining asoschisi sifatida tibbiyot, falsafa, etika va boshqa fanlarga katta hissa qo’shib, u insonlarning xulq-atvori, his-tuyg’u va hatti-harakatlariga ko’ra 4 xil mijozga ajratgan va bu keyinchalik I.P.Pavlov tomonidan chuqur ilmiy tekshirishlarda tasdiqlandi. Gippokrat birinchilar qatorida shifokorning odob - axloqi, etika, bemorlarga bo’lgan munosabati, tashqi va ichki qiyofasi qanday bo’lishi to’g’risida o’z fikrlarini yozib qoldirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |