Fiziologiyaning fan sifatida rivojlanishi, XVI asrning ikkinchi yarmi va XVIII asrning boshlariga to’g’ri kelib, ana shu davrda fanlarning rivojida quyidagilar amalga oshirildi:
I.N’yutonning “Butun olam tortishish qonuni”ning kashf qilinishi;
N.Ko’ernik tomonidan “Yerning Quyosh atrofida harakatlanishi”;
A.Vezaliyning “Odam tanasining tuzilishi xususiyatlari”;
U.Garveyning “Hayvonlarning yurak va qon aylanish harakatlariga oid anatomik tekshirishlar” asarining yozilishi;
M.Mal’pigining “Yo’iq qon aylanish tizimi”,“Qonning shaklli elementlari”, “O’pkaning alveolar tuzilishi” haqidagi kashfiyotlari yuzaga keladi.
XVII asrda R.Dekartning refleks haqidagi fikrlari tan olinib, G.Proxaskaning “Refleks” iborasi fanga kiritildi.
D.A.Borening nafas harakatlari mexanizmi, tomirlardagi qon harakatini o’rganishga gidravlika qonunlari, Gal’vani tomonidan biotoklar, XIX asr boshlarida orqa miya reflekslari o’rganildi va refleks yoyi analiz qilinib, F.Mojandi va I.Myo’ller markazga intiluvchan va markazdan qochuvchi tolalarning orqa miya ildizlarida tarqalishini aniqladi (Mojandi qonuni).
Sechenov I.M.(1829-1905), fiziologiya fanining otasi sifatida,“Bosh miya reflekslari” nomli genial asari orqali, Rossiyada oliy nerv faoliyati fiziologiyasiga asos solindi.
4-rasm. Sechenov I.M.
Pavlov I.P. (1849-1936). Ulug’ rus fiziologi, jahon fiziologiyasi fanining tarixida yangi davr ochib, bosh miya katta yarim sharlari po’stloqlarida sodir bo’ladigan asosiy jarayonlarni o’rgandi, miya po’stlog’i organizm bilan muhit o’rtasidagi munosabatning, eng murakkab shakllarini va barcha organ to’qima va hujayralarining vazifasini biriktirib, nazorat qilishini tajriba yo’li bilan isbotladi. I.P.Pavlov ovqat hazm qilish fiziologiyasiga doir ilmiy ta’limoti uchun, xalqaro Nobel mukofotiga sazovor bo’ldi.
5-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |