Aristotel – Arastu,Yunonistonning yirik olimi, faylasuf, tibbiyot fanlarining rivojiga katta hissa qo’shib, u fanda solishtirish usulidan foydalandi, nervlarni bir-biridan farqini, yurak va qon tomirlarining o’zaro bog’liqligini aniqladi.Arastu o’z qarashlarida ruh birlamchi, materiya ikkilamchi degan fikrlarni ilgari surdi.
1- rasm. Aristotel – Arastu.
K.Galen - (134-211) Rim vrachi va tabiatshunosi,fiziologiyani chuqur o’rganib, organizm tuzilishini aniq bilmay turib, kasallikni davolash mumkin emasligini bildirgan. Tibbiyot va biologiyaga fanlarini o’rganishda tajriba metodlaridan foydalanishni taklif qilinganligi, Galenning buyuk xizmatlaridan biridir. SHarq mamlakatlari hududida ilm va fan juda rivojlanib,Markaziy Osiyo davlatlarida ham fiziologiyaning ravnaqi uchun xizmat qiladigan tibbiy tadqiqotlar olib borildi.
2-rasm. K.Galen - (134-211).
Husayn ibn Isoq (808-877), Xurosonda yashab, 100 dan ortiq asarlari tibbiyot va dorishunoslikka bag’ishlangan. Husayn ibn Isoq Buqrot, Jolinus asarlarini arab tiliga tarjima qilib, bu asarlar: “Javome kitob Jolinus fi-l-Bavl” hamda “Ar- risola-al Qabriya”deb atalib, mazkur asarlarning mazmun, mohiyati siydik tahlili va shu asosda insonga tashhis qo’yishga bag’ishlangandir.
Abu Nasr Muhammad Al Farobiyning (873 yilda Sirdaryoning bo’yida joylashgan Farob qishlog’ida tug’ilgan) 160 dan ortiq falsafa,musiqa nazariyasiga va tibbiyotga oid asarlari, Al-Farobiyning tibbiyotga juda qiziqqanligi, anatomiya va fizyologiyadan hayratlanarli darajada bilimli bo’lganligi haqida ma’lumotlar bor. Olim odam organizmi vazifalarining boshqarilishida miya va uning markazlarning ahamiyati, kattaligi haqida taxminlarga ega bo’lgan. Bemorni davolash uchun shifokor 2 ta muhim narsani: ya’ni umumiy nazariyani yaxshi bilishi va ikkinchidan kasal va sog’lom odamlarni ko’plab kuzatib, tajriba orttirishi kerak deydi. Al-Farobiyning bu so’zlari hozir ham o’z ahamiyatini yo’qotgan emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |