2-Mavzu: odam fiziologiyasi fanining predmeti, maqsadi, vazifalari, rivojlanish tarixi, bo’limlari, qonuniyatlari va asosiy fiziologik tushunchalar
Download 226.02 Kb.
|
4 var. 1sav
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abu Ali ibn Sino.
Shayx ur-rais Abu Ali ibn Sino tabobat, ilohiyot, mantiq va adabiyot sohasida juda katta ilmiy meros qoldirgan. Ibn Sino haqiqiy qomusiy olim sifatida, 450 dan ortiq asarlari qayd qilingan bo’lsa ham, bizgacha faqat 242 tasi yetib kelgan1. Shu 242 dan 80 tasi falsafa, ilohiyot va tasavvufga tegishli, 43 tasi tabobatga oid, 19 tasi mantiqqa, 26 tasi ruhshunoslikka, 23 tasi tabiyot ilmiga, 7 tasi falakiyotga, 1 tasi riyoziyotga, 1 tasi musiqaga, 2 tasi kimyoga, 9 tasi odob ilmiga. 4 tasi adabiyotga va 8 tasi boshqa olimlar bilan bo’lgan ilmiy yozishmalarga bag’ishlangan.
Ibn Sinoning tabobatga oid eng yirik shoh asari “Kitob al-qonun fi-t-tibb”, ya’ni “Tib qonunlari” kitobi ataladi. Mazkur asarda inson salomatligi va uning organizmida uchrashi mumkin bo’lgan turli kasalliklarga oid ma’lumotlar keltirilgan. “Tib qonunlari” birinchi bor 1473 yilda Strasburg shahrida bosilib chiqqan. 1980 yili Ibn Sino tug’ilganligining 1000 yilligi munosabati bilan “Kitob al-qonun fi-t-tibb” ning tuzatilgan ikkinchi nashri bosmadan chiqdi va u 5 ta kitobga bo’lingan. 1. Tibbiyot nazariyasi deb atalgan birinchi kitobda inson organizmining tuzilishi, undagi fiziologik jarayonlar, kasalliklarning kelib chiqish sabablari, oqibatlari va davolash usullari, jismoniy mashqlar orqali sog’liqni saqlash tadbirlari, umuman olganda tabobatning umumiy nazariyasi bayon qilingan. 3-rasm. Abu Ali ibn Sino. 2. Ikkinchi kitobda esa, inson organizmining tuzilish xususiyatlari bayon qilingan. 3. Uchinchi kitobda insonning barcha a’zolarida, ya’ni boshidan to tovonigacha bo’lgan organlardar bo’ladigan kasalliklar, ularni aniqlash, oldini olish va davolash usullari haqida fikr yuritiladi. 4.To’rtinchi kitob esa xususiy organlarga taaluqli bo’lmagan, balki insonning butun gavdasida uchrashi mumkin bo’lgan kasalliklar, ularni oldini olish va davolash usullari haqidadir. 5.Beshinchi kitobda murakkab dorilar, ya’ni tabiatda tayyor holda uchramaydigan, balki inson qo’li bilan tayyorlanishi lozim bo’lgan dori-darmonlar haqida fikr yuritiladi. Abu Ali Ibn Sino inson organizmida turli kasalliklarning kelib chiqishiga tashqi muhit omillari katta ta’sir ko’rsatishi haqidagi dalillarni ilgari surib, kasalliklarni kelib chiqishi ko’proq suv va havoga bog’liq ekanligini aytib o’tgan. Mutafakkir bobomiz mazkur fikrlar orqali suv, havo va Ona zaminni pok saqlash haqidagi g’oyalarni ilgari surib, ekologik ta’lim-tarbiyaga asos solgan. Ibn Sinoning “Kitob al-qonun fi-t-tibb” asari 40 martadan ortiq turli tillarda to’la nashr etilgan. Ayrim qismlarining nashri esa son-sanoqsizdir. Ibn Sinoning fikricha, yil fasllari astronomlar taklif qilgan to’rtta fasldan boshqachadir. Allomaning yozishicha issiq davrning hamma yoz va sovuq davrning hammasi qish deb ataladi. Tabiblar qoshida bahor va kuz davrlarning har biri yoz va qish davrlarining har biridan qisqaroq bo’ladi. Qish davri yoz davriga muqobil bo’ladi, yoki mamlakatiga qarab kamroq yo ko’proq bo’ladi. Yil fasllarining o’zgarishlari har bir iqlimda biror-bir kasallikni qo’zg’atadi. Tabib buni har qaysi iqlimga nisbatan yaxshi bilishi zarur; chunki ehtiyotlik choralari va tadbirlarni belgilash bilan bilishlikka asoslangandir. Ayrim kunlar boshqa kunlarga nisbatan ayrim fasllarga o’xshaydi. Qish kunlari, yoz kunlari va kuz kunlari bo’ladi; shuningdek bir kunning o’zida ham sovuq, ham issiq bo’lishi mumkin. Yil fasllarining har biri o’ziga munosib sog’lom mijozda bo’lgan kishiga muvofiq keladi va o’ziga munosib bo’lmagan yomon mijozli kishiga to’g’ri kelmaydi. Fasllari doimo bir turli kayfiyatda bo’lgan yil yomon yildir, yilning hamma fasllari ho’l yo quruq, issiq yohud sovuq bo’lsa, bunday yillarda o’z kayfiyatlariga munosib kasalliklar ko’p bo’lib, ularning muddatlari ham uzun bo’ladi. Sovuq fasl balg’am mijozli gavdaga ta’sir qilib, tutqanoq, falaj, sakta, yuz asablarining falaji, tortishish kabi kasalliklarni, issiq fasl safromijoz gavdaga ta’sir qilib, jinnilik, o’tkir isitma va issiq shishlarni keltirib chiqaradi. Download 226.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling