2-Mavzu: Pedagogika shaxs tarbiyasi va rivojlanishi to‘g‘risidagi fan. Ilmiy- pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi va metodlari
Download 306.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Umumiy pedagogika 2
Fanlar
Pedagogika nazariyasi Pedagogika tarixi Maktabgacha ta’lim pedagogikasi Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi Korreksion (maxsus) pedagogika Ijtimoiy pedagogika Pedagogik texnologiya Metodika (xususiy fanlarni o‘qitish) Pedagogik mahorat Kasbiy pedagogika Ta’lim menejmenti Qiyosiy pedagogika Tiflopedagogika va tiflopsixologiya – ko‘rish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish, o‘qitish va tarbiyalash masalalarini o‘rganadi. Logopediya va nutqiy buzilishlar psixologiyasi – nutqi, motorli-harakatlanish doirasida murakkab nuqsonlar bo‘lgan bolalar (ko‘r, soqov va kar bolalar)ni rivojlantirish, o‘qitish va tarbiyalash masalalarini o‘rganadi. 6. Metodika xususiy fanlarni o‘qitish xususiyatlarini o‘rganadi 7. Pedagogik mahorat – bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, takomillashtirish muammolarini o‘rganadi. 8. Pedagogik texnologiya – ta’lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, texnologik yondashuv asosida ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammolarini o‘rganadi. 9. Ijtimoiy pedagogika – shaxsni ijtimoiylashtirish jarayoniga salbiy ta’sir etuvchi omillarni, ularni bartaraf etish yo‘llarini, ijtimoiy yordamga muhtoj shaxslar toifalariga ko‘rsatiladigan ijtimoiy-pedagogik yordam mohiyatini, turlari. shakl, metod va vositalarini o‘rganadi. 10. Kasbiy pedagogika – ta’lim oluvchilarga muayyan kasb yoki hunar yo‘nalishida maxsus bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirish, kasbiy faoliyatni malakali tashkil etish, kasbiy mahoratni takomillashtirish masalalarini o‘rganadi. 11.Ta’lim menejmenti – ta’lim muassasalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish, boshqarish, nazorat qilish, istiqbolni belgilash masalalarini o‘rganadi. 12. Qiyosiy pedagogika – turli xalqlarning shaxsni tarbiyalashga oid pedagogik qarashlari, ta’lim-tarbiya tizimi, pedagogik ta’limotlarning mohiyati, shuningdek, jahon ta’limiga xos bo‘lgan samarali shakl, metod, vosita va innovasion yondashuvlarni qiyosiy-genetik jihatdan o‘rganadi. 13. Konfliktologiya – ta’lim jarayonida yuzaga keladigan pedagogik muammolar, ta’lim ouvchi va ta’lim beruvchi o‘rtasida yuzaga kelgan ziddiyatlar mohiyati, ularni samarali bartaraf etish yo‘llarini o‘rganadi. Download 306.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling