2-Mavzu: Pedagogika shaxs tarbiyasi va rivojlanishi to‘g‘risidagi fan. Ilmiy- pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi va metodlari


Malaka - muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli  Ma’lumot -


Download 306.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana13.04.2023
Hajmi306.08 Kb.
#1350714
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Umumiy pedagogika 2

Malaka - muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli 
Ma’lumot - ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda 
tarkib topgan dunyoqarash majmui 
Rivojlanish - shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat 
o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon 


Pedagogika fanlari tizimi. 
Shaxs kamolotini ta’minlash, uning intellektual, ma’naviy-axloqiy hamda jismoniy 
jihatdan rivojlanishiga erishishda turli yosh davrlari, har bir davrning o‘ziga xos 
jihatlari, shuningdek, bolaning fiziologik, psixologik holatini inobatga olish 
maqsadga muvofiqdir. Yaxlit pedagogik jarayon muayyan turkumni tashkil etuvchi 
pedagogik fanlar tomonidan o‘rganiladi.
Ko‘rsatib o‘tilgan ushbu fanlar qanday pedagogik masalalarni o‘rganadi? 
Pedagogika nazariyasi – ta’lim yoshidagi bolalar, o‘smirlar va o‘spirinlarni 
tarbiyalash va ularga ta’lim berish masalalarini o‘rganadi. 
Pedagogika tarixi – ta’lim-tarbiyaga oid pedagogik fikrlarning rivojlanish, 
taraqqiy etish tarixini, shaxsni o‘qitish va uni tarbiyalashning tarixiy shakllarini, 
shuningdek, asrlar davomida pedagogik jarayonda qo‘llanilib kelingan metod va 
vositalarni o‘rganadi. 
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi – maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni 
tarbiyalash, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga 
yetkazish masalalarini o‘rganadi. 
Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi – boshlang‘ich sinflar o`quvchilarini 
tarbiyalash, ta’lim berish, ularning o‘ziga xos psixologik, fiziologik xususiyatlarini 
tadqiq etish, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy kamolotga yetkazish 
masalalarini o‘rganadi. 
Korreksion (maxsus) pedagogika – rivojlanishida turli psixologik va 
fiziologik nuqsonlari bo‘lgan bolalarni tarbiyalash va o‘qitish bilan bog‘liq 
muammolarni o‘rganadi. Korreksion pedagogika tarkibiga turli sohalar kiradi. 
YA’ni: 
Surdopedagogika va surdopsixologiya – eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni 
rivojlantirish, o‘qitish va tarbiyalash masalalarini o‘rganadi. 
Oligofrenopedagogika va oligofrenopsixologiya – aqli zaif bolalarni 
rivojlantirish, o‘qitish va tarbiyalash masalalarini o‘rganadi. 

Download 306.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling