2-Mavzu: Pedagogika shaxs tarbiyasi va rivojlanishi to‘g‘risidagi fan. Ilmiy- pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi va metodlari


Anketa samaradorligini ta’minlovchi shartlar


Download 306.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana13.04.2023
Hajmi306.08 Kb.
#1350714
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Umumiy pedagogika 2

Anketa samaradorligini ta’minlovchi shartlar: 
1) savollar muammoning mohiyatini yoritishga xizmat qilishi lozim;
2) savollar yirik hajmli va noaniq bo‘lmasligi kerak; savollar o‘quvchilarning dunyoqarshi, yosh va 
psixologik xususiyatlarini inobatga olish asosida tuzilishi zarur;
3) savollarga to‘la javob qaytarilishi uchun yetarlicha vaqt ajratilishi kerak;
4) anketa o‘quvchilarning pedagogik va psixologik tavsifnomalarini tuzish manbaiga aylantirib 
yuborilmasligi zarur; 
5) javoblar muayyan mezonlar asosida puxta tahlil etilishi shart 
Ta’lim muassasasi faoliyati mohiyatini yorituvchi hujjatlar o‘quv mashg‘ulotlarining jadvali;
o‘quv dasturi; guruh jurnallari; o‘quvchilarning shaxsiy varaqalari; buyruqlar; Pedagogik 
kengash yig‘ilishi bayonnomalari va qarorlari; ta’lim muassasasi smetasi hamda pasporti;
tarbiyaviy ishlar rejasi; o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil etishga oid hisobotlar; ta’lim muassasasi 
jihozlari (o‘quv partalari, stol stullar va h.z.) qayd etilgan daftar va hokazolar 


Test metodi respondentlar tomonidan muayyan fan sohasi yoki faoliyat (shu 
jumladan, kasbiy faoliyat) bo‘yicha o‘zlashtirilgan nazariy bilim va amaliy 
ko‘nikma, malakalar darajasini aniqlashga xizmat qiladi. Test o‘z mohiyatiga ko‘ra 
quyidagi savollardan iborat bo‘ladi: 1) ochiq turdagi savollar (batafsil javob berish 
imkonini beradigan savollar); 2) yopiq turdagi savollar (“ha” yoki “yo‘q”, “ijobiy” 
yoki “salbiy” tarzdagi javoblarga asoslanadigan savollar); 3) to‘g‘ri javob variantlari 
qayd etilgan savollar (to‘g‘ri deb topilgan javob varianti belgilanadi). 
Bolalar ijodini o‘rganish metodi o`quvchilarning muayyan yo‘nalishlardagi 
layoqati, qobiliyati, ma’lum fan sohalari bo‘yichaBKM darajasini aniqlash 
maqsadida qo‘llaniladi. Uni qo‘llashda o`quvchilarning ijodiy ishlari – kundalik, 
insho, yozma ish, referat va hisobotlari muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Metod 
ma’lum o`quvchiga xos bo‘lgan individual imkoniyatni ko‘ra olish, baholash va uni 
rivojlantirish uchun zamin yaratadi.
Pedagogik kuzatish. Uni qo‘llash jarayonida ta’lim muassasalarining o`quv-tarbiya 
ishlari jarayonini o‘rganish asosida tadqiq etilayotgan muammo holat aniqlanadi
tajriba- avvali va yakunida qo‘lga kiritilgan ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi farq 
to‘g‘risidagi ma’lumotga ega bo‘linadi. Pedagogik kuzatish murakkab va o‘ziga xos 
xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil va tizimli amalga 
oshirilsa, kutilgan natijani qo‘lga kiritish mumkin. Olib borilayotgan pedagogik 
kuzatish ta’lim-tarbya sifatini oshirish, o`quvchi shaxsini shakllantirishga xizmat 
qilsa, mazkur metodning ahamiyati yanada oshadi. 
Pedagogik tajriba (“eksperiment” lotincha – “tajriba qilib ko‘rish”) metodidan 
muammo yechimini topish imkoniyatlarini o‘rganish, mavjud pedagogik 
sharoitlarning maqsadga erishishning kafolatlay olishi, berilayotgan tavsiyalarning 
amaliyotda o‘z in’ikosiga ega bo‘la olishi va ularning samaradorligini aniqlash 
maqsadida foydalaniladi. Pedagogik tajribaning quyidagi turlari mavjud: 

Download 306.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling