2-Mavzu: Psixologiyaning tadqiqot metodlari va tarmoqlari. (2 soat) Reja


Download 26.06 Kb.
bet1/7
Sana17.12.2022
Hajmi26.06 Kb.
#1025327
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-tadqiqot metodlari va tarmoqlari


2-Mavzu: Psixologiyaning tadqiqot metodlari va tarmoqlari. (2 soat)
Reja :

  1. Psixologiya sohasida ilmiy-tekshirish olib borishning o’ziga xosligi.

  2. Psixologik tadqiqot metodlari: kuzatish, eksperiment, psixofiziologik metodlar, clinik metodlar, differensial metod, suhbat va so„rov, test, korrelyatsiya, modellashtirish, faoliyat natijasini o„rganish..

  3. Psixologiyada ilmiy tekshirish olib borishda zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish

  4. Psixologik tadqiqod turlari, asosiy va yordamchi metodlar.

5 Psixologiya fani tarmoqlari
Tayanch so’z iboralar: Metodlar kuzatish, eksperiment, psixofiziologik metodlar, clinik metodlar, differensial metod, suhbat va so„rov, test, korrelyatsiya, modellashtirish, faoliyat natijasini o’rganish, so'rov, testlar,pedagogik-psixologik eksperiment, laboratoriya eksperimenti, tabiiy eksperiment, modellashtirish.

Psixologiyayaxlit va mustakil fan sifatida odamlarda gumanistik mentalitetning shakllanishiga xizmat qilib, inson omiliga aloqadorligi uning shu yunalishdagi muammolarni ma’lum ma’noda urganadigan barcha fanlar bilan bevosita aloqasini takazo etadi. Bular birinchi navvatda ijtimoiy-gumanitar fan soxalari bo’lib, psixologiyaning ular orasidagi mavkei uziga xos xarakterga ega.


Fal’safa va uning oxirgi paytlarda shakllanib, rivojlanib borayotgan ijtimoiy fal’safa qismi bilan bo’lgan aloqa bu ikkala fanning inson va uning xayotiy moxiyatini to’la anglash va uning rivojlanish tendensiyalarini belgilashdagi o’rni va axamiyatidan kelib chikadi, tabiat, jamiyat va inson tafakkurining rivojlanishiga oid bo’lgan umumiy qonuniyatlar va prinsiplarni psixologiya fal’safaning bazasidan oladi va shu bilan birga o’zi xam inson ongi va tafakkuri qonuniyatlari soxasidagi yutuqlari bilan falsafani boy ma’lumotlarga ega bo’lishiga yordam beradi. Shuni aloxida ta’kidlash joizki, mustaqillik mafkurasi va milliy ongning shakllanishiga ta’llukli umumiy ilmiy konuniyatlarni izlashda xam yurtimiz sharoitida bu ikkala fan-fal’safa va psixologiyaning xamkorligi bevosita sezilmokda. Aniq izlanish predmetiga ega bo’lgan har qanday fan o'sha predmetning mohiyatini yoritish va ma’lumotlar to'plash uchun maxsus usullar va vositalardan foydalanadi. Ular fanning metodlari deb ataladi. Fanning obro'si ham birinchi navbatda shu metodlar yordamida to'plangan ma'lumotlarning ishonchliligiga bog'liqdir. Psixologiyaning har bir tarmog’i o'z vazifalarini yechish, ma’lumotlarga ega bo'lish uchun ko'plab metodlarni sinovdan o'tkazib, eng ishonchli va mukammallarini saqlab qolgan.

Download 26.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling