4-Mavzu: Testologiya fanining tarmoqlari Reja Eksperimental psixologiya fanining yuzaga kelishi va testologiya fani bilan uzviy aloqadorligi


Download 34.43 Kb.
bet1/6
Sana13.11.2023
Hajmi34.43 Kb.
#1770370
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-мавзу Тестология фанининг тармоқлари


4-Mavzu: Testologiya fanining tarmoqlari
Reja
1.Eksperimental psixologiya fanining yuzaga kelishi va testologiya fani bilan uzviy aloqadorligi
2.Zamonaviy testologiya fani amaliy matematika fani va kibernetika fanlarining tarmog’i sifatida
3.Psixodiagnostika fani testologiya fanining muhim tarmog’i ekanligi
Mavzu yuzasidan tayanch so’z va iboralar
Vilgelm Vundt, Aleksandr Fedorovich Lazurskiy, test tuzish, matematik statistika, kibernetika, kasbiy test, pedagogik test, psixologik test, psixodiagnostika, tashxis

  1. Eksperimental psixologiya fanining yuzaga kelishi va testologiya fani bilan uzviy aloqadorligi

Testologiya fani asosan eksperimental psixologiya fani bilan bog’liqdir. Eksperimental psixologiya fanining taraqqiyotida nemis fiziologi va psixologi Vilgelm Vundtning (1832-1920) ilmiy amaliy ishlari katta ahamiyatga ega bo’ldi. Buni avvalgi ma’ruzalarimizda ham keltirib o’tganmiz. Vilgelm Vundtgacha faqat ichki tajribadan va o’z-o’zini kuzatishdan foydalanib kelingan, psixologiya faqatgina ijtimoiy fan sifatida o’rganilar edi.
Vilgelm Vundt eksperiment va o’lchash metodlarini zarur deb topib, psixologiyani eksperimental fanga aylantirishni maqsad qilib qo’ydi. Vilgelm Vundt psixologiya fani uchun klassik metodlar bo’lib qolgan bir qancha metodlarni, ya’ni kuzatish metodi, ifodalash metodi va reaktsiya metodlarini kashf etdi hamda rivojlantirdi. Vilgelm Vundt 1879 yili Germaniyaning Leyptsig shahrida dunyoda birinchi eksperimental psixologiya laboratoriyasini tashkil qildi.
Vilgelm Vundt ongni elementlarga bo’lish va ular o’rtasidagi muntazam bog’lanishni aniqlashtirish uchun laboratoriya eksperimenti usulidan foydalanadigan maxsus fan sifatida fiziologik psixologiyani rivojlantirish rejasini ilgari surdi (“Fiziologik psixologiya asoslari”, 1880–1881). 1879 yilda Vilgelm Vundt tomonidan yaratilgan dunyodagi birinchi psixologik laboratoriya eksperimental psixologiyaning xalqaro markaziga aylandi; u hissiyotlarni, turli ogohlantirishlarga reaktsiya vaqtini, assotsiatsiyalarni, diqqatni va insonning eng oddiy his-tuyg’ularini shogirdlari bilan eksperimental tarzda o’rgani o’rgandi.
Vilgelm Vundt psixologiyaning predmetini to’g’ridan-to’g’ri tajriba — o’z-o’zini kuzatish uchun ochiq bo’lgan ong hodisalari yoki faktlari deb hisoblagan (Psixologiyaga kirish, 1912). Vilgelm Vundtning fikricha, oliy psixik jarayonlari -nutq, tafakkur, irodani eksperiment o’tkazib bo’lmaydi, shuning uchun ularni madaniy-tarixiy metod bilan o’rganish kerak. Vilgelm Vundt psixofizik parallelizm g’oyalarini ilgari surdi, ya’ni psixologiya nazariyalarini fizik laboratoriya tajribalari bilan o’zaro birgalikda o’rganish. Uning fikricha, ong sohasida maxsus psixik sabablar harakat qiladi va insonning xatti-harakati appersepsiya (iroda kuchini talab qiladigan idrok) bilan belgilanadi. Vilgelm Vundt 10 jildlik «Xalqlar psixologiyasi» (1900—1920) asarida mif, din, san’at va boshqa madaniy hodisalarning psixologik talqini tajribasini o’rganishga harakat qildi.
Vilgelm Vundt shug’ullangan masalalardan yana biri o’sha vaqtda astronomlar tomonidan ochilgan diqqatni bir vaqtda ikkita har xil qo’zgatuvchiga to’plash mumkin emasligi haqidagi masala edi. Bu hodisani aniqlash uchun Vilgelm Vundt (laboratoriya tashkil qilingunga qadar) 1861 yilda alohida mayatnik o’ylab chiqardi (Vundt mayatnigi). Bu mayatnik graduslarga bo’lingan yoy atrofida harakatlanadi va har bir ma’lum vaqtdan keyin shig’irlaydi. Bu psixologik eksperimentlar uchun kashf etilgan birinchi asbob edi.
Ilmiy psixologiyani rivojlantirish uchun Vilgelm Vundt qo’shimcha vosita sifatida turdosh fanlar, ayniqsa, fiziologiya, astronomiya, geografiya, tarix va boshqa fanlardan olingan ma’lumotlardan foydalanish zaruriyatini ham ilgari surdiki, bu fanlar ham testologiya fani bilan aloqadordir.
Leyptsig laboratoriyasi va institutidan namuna olib, Germaniyaning boshqa shaharlarida ham, shuningdek boshqa mamlakatlarda ham, jumladan Frantsiya, Angliya va Amerikada laboratoriya hamda institutlar tashkil qilindi. XIX asrning oxirida Rossiyada ham bir qancha eksperimental psixologiya laboratoriyalari tashkil qilindi: Moskvada Tokarskiy, Qozonda - Bexterev, Odessada N.N.Lengerlar tomonidan shunday laboratoriya ochildi. 1911 yilda Moskva universiteti huzurida, maxsus qurilgan binoda professor Chelpanov rahbarligida eksperimental psixologiya instituti tashkil qilindi.
Professor Aleksandr Fedorovich Lazurskiy (1874-1917) tomonidan eksperimental metodning alohida turi - tabiiy eksperiment metodi 1910 yilda ishlab chiqilgan. Eksperimentning bu turidan bizda bolalar psixologiyasini o’rganishda, pedagogika masalalarini, ayniqsa, ta’lim psixologiyasi masalalarini ishlab chiqishda keng va unumli foydalanilmoqda.
Aleksandr Fedorovich Lazurskiy - rus shifokori va psixologi, V.M. Bexterevning shogirdi, M.Ya. Basov va V.N. Myasishchelarning ustozi. Aleksandr Fedorovich Lazurskiy xarakterologiyani - nerv markazlari faoliyati bilan chambarchas bog’liq holda ko’rib chiqilgan individual farqlarning psixologik kontseptsiyasini ishlab chiqdi. Aleksandr Fedorovich Lazurskiy birinchilardan bo’lib sub’ekt faoliyatining tabiiy sharoitida shaxsni o’rganishni amalga oshirdi.
Aleksandr Fedorovich Lazurskiyning birinchi psixologik asarlari 1890-yillarda paydo bo’lgan. Uning dastlabki ishi allaqachon ilmiy jamoatchilik e’tiborini tortdi. Lazurskiyni individual psixik jarayonlarni emas, balki butun shaxsni o’rganish muammosi nihoyatda qiziqtirardi. 1906 yilda 1000 nusxa tiraji bilan Lazurskiyning birinchi yirik asari — “Xarakter haqidagi fan ocherki” nashr etildi.
U ilmiy faoliyatni tibbiy amaliyot bilan birlashtirdi. Asta-sekin Aleksandr Fedorovich Lazurskiyning qiziqishlari ongning anatomiyasi va fiziologiyasidan psixologik tadqiqotlarga o’tdi. Bunga 1895 yilda Bexterev tomonidan ruhiy va asab kasalliklari klinikasida maxsus psixologik laboratoriyaning ochilishi katta darajada yordam berdi. 1897 yilda V.M Bexterev Lazurskiyga ushbu laboratoriyani boshqarishni ishonib topshirdi.
1904 yildan beri A.F. Lazurskiy A.P. Nechaev bilan hamkorlik qildi. A.P.Nechaev o’zining eksperimental pedagogik psixologiya labora-toriyasida psixologiyaning eksperimental usullarini ishlab chiqish bo’yicha ushbu laboratoriyaning maxsus komissiyasini boshqargan. U yerda u o’ziga xos xarakterologik tadqiqotlar o’tkaza boshladi.

Download 34.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling