4-Mavzu: Testologiya fanining tarmoqlari Reja Eksperimental psixologiya fanining yuzaga kelishi va testologiya fani bilan uzviy aloqadorligi


Miqdoriy ma’lumotlarni matematik-statistik


Download 34.43 Kb.
bet3/6
Sana13.11.2023
Hajmi34.43 Kb.
#1770370
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-мавзу Тестология фанининг тармоқлари

Miqdoriy ma’lumotlarni matematik-statistik tahlil qilish metodi. Psixik jarayonlar, psixik holatlar ong va xatti-harakatlarning o’ziga xos sifat xususiyatlaridan iboratdir. Masalan, idrok jarayoni tafakkur jarayonidan sifat jihatidan farq qiladi. Tetiklik holati toliqishdan, haqqoniylik shuhratparastliqdan farq qiladi. Lekin har bir jarayon, holat yoki xususiyatlar shuning bilan birga miqdoriy belgilarga ham egadir. Har bir psixik jarayon ma’lum muddat davom etadi, har bir psixik holat ma’lum jadalikka, har bir psixik xususiyat esa ma’lum darajada ifodalanishga egadir.
Psixik jarayonlarnint sodir bo’lib o’tishi haqida miqdoriy ma’lumotlar olish hammasidan osonligi bilan farq qiladi. Masalan, biz idrokning qancha vaqt davom etishini bevosita o’lchashimiz mumkin. Psixik xususiyatlarning ifodalanish darajasini aniqlash ancha qiyinroqdir. O’quvchining o’quv predmetiga bo’lgan qobiliyat darajasini aniqlash uchun bu fan o’zlashtirish muvaffaqiyati bilan zo’r berib sarf qilingan mehnatni solishtirib ko’rish kerak.
Mikdoriy shaklda laboratoriya va tabiiy eksperiment ma’lumotlarini, shuningdek, anketa ma’lumotlarini, xususan grafalarga bo’lingan anketalarning ma’lumotlarini qayd qilish mumkin.
Tekshiriluvchilarda o’lchanadigan tashqi harakat belgilari, ularning mulohazalari va yashirin fiziologik xususiyatlarini tadqiqotning ko’rsatkichlari deb yuritiladi. Ba’zan ko’rsatkichlar psixik jarayonlarni yoki holatlarni bevosita xarakterlab beradi. Masalan, biz idrok jarayonining yoki tafakkur jarayonining davom etishini o’lchashimiz mumkin. Bunda shuni esdan chiqarmaslik kerakki, har qanday ko’rsatkich psixik jarayonni faqat bir tomondan xarakterlab beradi, shu sababli jarayonning qonuniyatini ochish uchun har turli ko’rsatkichlarni o’zaro taqqoslab ko’rish kerak bo’ladi. Agar ko’rsatkichlarning har biri alohida ravishda psixik jarayonni yoki psixik holatni bevosita emas, balki bilvosita xarakterlab beradigan bo’lsa, xususan ana shunday paytda ularni takqoslab ko’rish muhimdir. Masalan, biz temperament xususiyatlarini yashirin fiziologik reaktsiya ko’rsatkichlari orqali ochishga harakat qilganimizda, xuddi shunday holat yuz beradi.
Ong va xulq-atvorni tadqiq qilish juda murakkab qiyinchiliklar
bilan bog’liq:

Download 34.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling