4-Mavzu: Testologiya fanining tarmoqlari Reja Eksperimental psixologiya fanining yuzaga kelishi va testologiya fani bilan uzviy aloqadorligi


Eksperimental metodning tadbiq qilinishi psixologiya fani taraqqiyotiga juda unumli ta’sir ko’rsatdi. Bu metod yordamida oddiy


Download 34.43 Kb.
bet2/6
Sana13.11.2023
Hajmi34.43 Kb.
#1770370
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-мавзу Тестология фанининг тармоқлари

Eksperimental metodning tadbiq qilinishi psixologiya fani taraqqiyotiga juda unumli ta’sir ko’rsatdi. Bu metod yordamida oddiy kuzatish va o’z-o’zini kuzatish yo’li bilan aniqlash qiyin bo’lgan yoki butunlay mumkin bo’lmagan ko’p ma’lumotlar aniqlandi, ayrim psixik hodisalar o’rtasidagi bog’lanishlar aniqlangan, psixik jarayonlardagi, ayniqsa, sezgilar, idrok, dikqat, xotira sohasidagi ba’zi bir qonuniyatlar ochilgan.
Eksperimentat tahlil yo’li bilan murakkab psixik jarayonlar (idrok, xotira, tafakkur)ning alohida, tarkibiy qismlari ajratilgan, psixik jarayonning fiziologik hodisalar bilan, shuningdek tashqi fizik muhit hamda ijtimoiy muhit bilan bo’lgan bog’lanishlari ochilgan. Eksperimental tekshirishlarning yakunlari, shuningdek, eksperimental metodning usullaridan foydalanishda amaliy faoliyatning turli sohalarida - o’kuv tarbiya ishlarida, tibbiyotda, mehnatni tashkil qilishda, sud ishlarida, san’at sohasida juda ko’p foyda keltirdi.
2. Zamonaviy testologiya fani amaliy matematika fani va kibernetika fanlarining tarmog’i sifatida
XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida o’zining tadqiqotlari bilan psixologiya sohasiga ulkan hissa qo’shgan deyarli barcha psixologlar eksperimentatorlar bo’lishgan. Bugungi kunda esa eksperimental psixologiyaning rivojlanishi ancha tezlashib, yangi-yangi sohalar tadkiq qilinmoqda. Psixologik metodlarning rivojlanishi va kengayishi bilan birga boshqa bir qator ilm sohasiga oid metodlar bilan ham chambarchas bog’liqdir, masalan: neyrofiziologiya, biologiya, siyosatshunoslik va boshqalar.
Eksperimental psixologiyani o’rganishdan maqsad psixika rivojlanishining individual va yosh xususiyatlarini bilgan holda ularni ob’ektiv usullar bilan o’rganishdan iborat. Eksperimental psixologik tadqiqotlar psixodiagnostik tadqiqotlardan tubdan farq qiladi. Psixodiagnostik tadqiqotda aniq individ yoki individlar guruhi haqida ma’lumot olinadi, eksperimental tadqiqotda nazariy faraz tekshiriladi.

Download 34.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling