4-Mavzu: Testologiya fanining tarmoqlari Reja Eksperimental psixologiya fanining yuzaga kelishi va testologiya fani bilan uzviy aloqadorligi


Birinchidan, psixologik qonuniyatlar ko’p miqdordagi omillarning ta’siri bilan aniqlanadi. Ikkinchidan


Download 34.43 Kb.
bet4/6
Sana13.11.2023
Hajmi34.43 Kb.
#1770370
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-мавзу Тестология фанининг тармоқлари

Birinchidan, psixologik qonuniyatlar ko’p miqdordagi omillarning ta’siri bilan aniqlanadi.
Ikkinchidan, sabab-natija aloqalari xilma-xil tasodifiy munosabatlar bilan murakkablashadi. Xuddi mana shuning uchun psixologik tadqiqotlarda miqdoriy ko’rsatkichlarning statistik tahlili katta ahamiyatga ega. U yoki bu hodisalarga xos bo’lgan o’zaro munosabatlarning tasodifiylik darajasini baholash imkonini beradi.
3. Psixodiagnostika testologiya fanining muhim tarmog’i ekanligi
Amaliy psixologiya tizimida psixodiagnostika fani alohida o’z o’rnini egallaydi. Chunki shaxsni har tomonlama bilish uchun avvalo uning individual psixologik xususiyatlari , o’qish, mexnat, muloqot jarayonlarida uchraydigan psixologik qiyinchiliklar, qobiliyat va qiziqishlar taraqqiyotining o’ziga xos tomonlarini yaxshi o’rganish talab qilinadi. Bu asosda esa shaxs psixik taraqqiyotining muayyan konuniyatlarini aniqlash, aniq psixologik xolat va buzilishlar sabablarini ochib berish imkoniyatlari yaratiladi.
Psixodiagnostikaning predmeti ko’pincha inson psixikasining o’ziga xosligini aniqlash maqsadida turli-tuman diagnostik metodlarni qo’llash sifatida qaraladi. Psixodiagnostika-shaxs individal psixologik xususiyatlarini o’lchash va aniqlash metodlarini ishlab chiqaruvchi psixologiya fanining muhim sohasidir.
Psixologik diagnostika fan sifatida XIX asr oxirida vujudga keldi. Xuddi shu davrda psixologiyada o’lchash g’oyasi keng tarqaldi. Psixodiagnostikaning mustaqil fan sohasiga aylanishi olimlarning insonlar psixodiagnostikasidagi individual farqlarga qiziqishining ortishi bilan bog’langan.
Psixodiagnostika psixologik tashxis qo’yish xaqidagi fandir. Bunda tashxis ko’rsatkich va tavsifnomalarni birgalikda tahlil qilish asosida tekshiriluvchining xolati va xususiyatlari xaqidagi xulosalardan iboratdir.
Psixologik tashxis (diagnosis-grekcha aniqlash, bilish degan ma’noni anglatadi)- shaxs individual psixologik xususiyatlarining ayni vaqtdagi xolatiga baxo berish, rivojlanishni oldindan aytib berish, ya’ni prognoz qilish va psixodiagnostik tekshirish vazifalaridan kelib chiqib, tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan psixolog faoliyatining so’nggi natijasidir.
Psixodiagnostik tadqiqotlar amaliyotida psixologik tashxis qo’yishning 3 bosqichi farqlanadi. Bular:
1. Simptomatik tashxis bosqichi.
2. Etnologik tashxis bosqichi.
3. Tipologik tashxis bosqichi
Simptomatik(alomatlar bo’yicha) tashxisda dasturi mavjud bo’lgan xar qanday EXM (elektron hisoblash mashinasi),komyuter dasturlari bajarishi mumkin bo’lgan tadqiqotdan natijaar qayta ishlanadi.
Etnologik tashxis qo’yida biror xususiyatning mavjudligigina emas, balki uning kelib chiqish sabablari ham hisobga olinadi.
Tipologik tashxisda sinaluvchi shaxsning tuzilishida olingan natijalarning ahamiyati va o’rni aniqlanadi.
Psixodiagnostika bir tomondan nazariy fan bo’lsa, boshqa tarafdan psixolog faoliyatining amaliy sohasidir. Nazariy fan sifatida psixodiagnostika validlik va ishonchlilik darajasi yukori bo’lgan diagnostik vositalarni ishlab chiqish qonuniyatlarini aniqlaydi. Psixodiagnostika nazariy fan sifatida psixologiya fanining boshqa soxalari bilan uzviy bog’langan. Psixologik fikrlarning to’g’riligini amaliyotda tekshirib chiqish imkonini beradi.
Masalan, insonlar faoliyati motivlariga ko’ra bir-biridan farq qiladi. Shunday ekan, turli xil kishilarda turli motivlarni aniqlash metodlarini topish talab qilinadi.
Psixodiagnostika psixologiyaning boshqa soxalari -umumiy psixologiya; ijtimoiy, defferenttsial psixologiya, tibbiyot psixologiyasi yosh davrlari psixologiyasi, psixologik maslahat, xarbiy psixologiya, mexnat va sport psixologiyasi fanlari bilan ham bilan uzviy aloqada rivojlanib, to’ldirilib boriladi.

Download 34.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling