Муҳокама учун саволлар:
Plastik kartochkalarning avzalliklari va kamchiliklari nimada deb o’ylaysiz?
Mamlakatimiz plastik kartochkalarining xorij amaliyotidan qanday farqli jihatlari mavjud?
Hozirgi kunda mamlakatimizda plastik kartochkalardan foydalanish holatini qanday baholaysiz?
Кейс «Pul tarixi»
Kundalik hayotimizda ishlatiladigan pul haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Dastlab savdoda yoki ish haqi sifatida nimalar ishlatilganini, tangalaru qog‘oz pullar qachondan beri muomalaga kiritilganini bilasizmi?
Qadimgi odamlar o‘zlari yashagan o‘lkalarning sharoitlaridan kelib chiqib, o‘zaro iqtisodiy munosabatlarda turli buyumlarni pul o‘rnida ishlatganlar: qo‘yning oshiq suyagi, biror daraxt bargi, muayyan turdagi baliq tangachasi va hokazo. Tarixning ma’lum bosqichlarida qimmatbaho metallar va toshlar pul rolini o‘ynagan, keyinchalik metall tangalar va nihoyat qog‘oz pullar paydo bo‘lgan.
Amir Temur harbiy yurishlaridan birida qal’ani qamal etib uzoq qolib ketadi, natijada harbiy yurishlarda qo‘shin bilan olib yurgan pullari tugab qoladi. U Samarqandga – suyukli xotini va oqila maslahatchisi Bibixonimga chopar yo‘llab, xazinadan pul jo‘natishini so‘raydi. Biroq malika pul o‘rniga «Pulingiz tugasa siyosatingiz ham tugadimi?» degan javob xati berib choparni ortiga qaytargan. Uning javobidan so‘ng amir quyidagi yo‘l tutgan: yurishlarda so‘yib yeyilgan jonivorlarning suyaklariga muhrini qizdirib bosib, ularning hajmiga ko‘ra qiymatini belgilagan va shu suyaklarni tilla tanga o‘rnida vaqtincha ishlatishga farmon bergan. Ana shu suyak parchalariga qo‘shin uchun oziq-ovqat va kerakli narsalar olingan. Temur g‘alaba qozongach, aholi qo‘lidagi vaqtinchalik pullarni haqiqiy tangalarga almashtirib olgan.
Pul deganda ko‘z o‘ngimizga, avvalo, qog‘oz kupyuralar, keyin metall tangalar kelishi haqiqat. Ammo XIX asr boshida Alyaskadagi Rossiya-Amerika kompaniyasi charm pullar chiqargan. Jami 42 ming rubl qiymatga ega 10 mingta kupyura tyulen terisidan qilingan bo‘lib, ular 1826 yilgacha muomalada bo‘lgan. Hozirda esa o‘sha pullarning har biri o‘z vaznidagi oltin bahosida turadi.
Qiymati va vazni bo‘yicha eng kichik rus tangasi «polu-denga» yoki «polushka» deb atalgan. Uning qiymati chorak kopeykaga, vazni esa atigi 0,17 grammga teng bo‘lgan.
Qulay bo‘lishi uchun metalla tangalar hajman kichik, vazni yengil qilib chiqariladi. Insoniyat tarixidagi eng og‘ir metall tanga – XVIII asrda chiqarilgan shvedlarning 10 daler qiymatli to‘rtburchak mis tangasi bo‘lgan. Uning bir donasi 19 kilogramm 710 gramm vaznga ega bo‘lib, burchaklariga qirol muhri bosilgandi.
Муҳокама учун саволлар:
“So’m-kupon” ning zaruriyati nimada edi va uning kamchiliklari va avzalliklari?
5 000 so’mlik kupyurani muomalaga kiritilishining asosiy maqsadlari nimada deb o’ylaysiz?
Mamlakatimizda 10 000 so’mlik kupyurani muomalaga chiqarish zaruriyati mavjudmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |