2-mavzu. Pul mablag’lari va hisob-kitoblar hisobi
Download 478.18 Kb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu. Pul mablag’lari va hisob-kitoblar hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quyidagi misolimizda hisob-kitob schyotidagi pul mablag’larining harakatini ko’rib chiqamiz
- Bu muomulalar uchun quyidagicha buxgalteriya yozuvlari beriladi: 1. Debet
DEBET 5100 KREDIT
Bosh. qold. ... ... ... ... ... Pul mablag’larining kamayishi Pul mablag’larining ko’payishi «Hisob-kitob schyotidagi pul mablag’lari» schyotidagi pul mablag’larining xarakati bo’yicha bank xo’jalik sub’ektiga o’rnatilgan tartibda ko’chirma beradi. Ko’chirmada hisob-kitob schyotidagi o’tkazilgan va bu schyotdan to’langan pul mablag’larini tasdiqlovchi hujjatlar bilan asoslangan yozuvlar bayon etiladi. Quyidagi misolimizda hisob-kitob schyotidagi pul mablag’larining harakatini ko’rib chiqamiz: 1. Hisob-kitob schyotidan kassaga xodimlarga ish haqi berish uchun naqd pul olindi – 100.000 2.Shahar eleKreditr tarmoqlari tashkilotiga foydalanilgan eleKreditr energiyasi uchun pul to’landi – 500.000 Bu muomulalar uchun quyidagicha buxgalteriya yozuvlari beriladi: 1. Debet 5010 Kassa schyoti – 100.000 Kredit 5110 Hisob-kitob schyoti – 100.000 2. Debet Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar – 50.000 Kredit 5100 Hisob-kitob schyoti – 50.000 Hisob-kitobi sintetik hisobini yuritish uchun jurnal-orderdan foydalaniladi. Hisob-kitob schyoti orqali amalga oshirilgan operatsiyalarni aks etiruvchi bank ko’chirmalari hamda ularga asos bo’lgan hujjatlar asosida yuqoridagi kabi buxgalteriya yozuvlari jurnal-orderda amalga oshiriladi.Uning ma’lumotlari schyotlar bo’yicha aylanma qaydnomaga olib o’tiladi va keyinchalik hisobot tuzish uchun asos bo’ladi. 2. Valyuta schyoti bo’yicha amalga oshirilgan operatsiyalarni hisobga olish. Hisobdor shaxslar bilan bo’ladigan hisob-kitoblar hisobi Har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatni boshqarish jarayoni muayyan xarajatlarni talab qiladi. Bunday xarajatlar boshqarish tihzimi bilan bevosita bog’liq bo’lsa xam u naqd pulli xarajatlarni keltirib chiqaradi, Bunday operatsiyalarni pul o’tkazish yo’li bilan amalga oshirish imkoniyati yo’q. Har bir korxona va xo’jalik sub’ekti faoliyatida bunday xarajatlar hisobdor shaxslar tomonidan tartibga solinadi. Xisobdor shaxslarga maxsus xo’jalik ishlarini bajarish maqsadida kassadan avans so`mmasi beriladi. Hisobdor shaxslarga beriladigan avans so`mmasini tasdiqlovchi hujjat bo’lib korxona rahbarining buyrug’i hisoblanadi. Buyruqda beriladigan avans so`mmasining miqdori, bajariladigan ish hajmi, sarflanishi o’z ifodasini topadi. Buyruqni nushasi hisobdor shaxs kassadan pul olish to’g’risida to’ldirilgan chiqim orderiga ilova qilinadi. Hisobdor shaxslarga xo’jalik faoliyati bilan bog’liq operatsiyalarni bajarish maqsadida berilgan pul mablag’lari bo’yicha har bir hisobdor shaxs alohida alohida pul mablag’larini sarf xarajati bo’yicha buxgalteriyaga hisobot beradilar. Kassadan hisobdor shaxslarga berilgan pul mablag’lari belgilangan maqsadlar bo’yicha ishlatilishi shart. Agar hisobdor shaxs tomonidan olingan pul mablag’lari hisobidan turli materiallar, anjomlar sotib olingan bo’lsa, bunday buyumlar xo’jalik sub’ektining materiallar saqlanadigan omboriga kirim qilinishi va bu to’g’rida tegishli buxgalteriya yozuvi berilishi kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling