2-mavzu. Pul mablag’lari va hisob-kitoblar hisobi


naqd pul hisobining moliyaviy hisoboti. Debitorlik hisobotlari


Download 478.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana09.04.2023
Hajmi478.18 Kb.
#1345898
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
2-mavzu. Pul mablag’lari va hisob-kitoblar hisobi

naqd pul hisobining moliyaviy hisoboti. Debitorlik hisobotlari 
olinadigan qimmatli qog’ozlar, boshqa debitorlar 
Har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati ko’p qirrali hisoblanib u o’z 
oldidagi vazifalarni bajarishda boshqa xo’jalik yurituvchi so’b’eKreditlar bilan 
iqtisodiy munosabatlarga kirishadi. Iqtisodiy munosabatlar holati, bajarilish 
shartlari, muddatlari tomonlar o’rtasida tuzilgan shartnomada o’z ifodasini topadi. 
Unga asosan tomonlarning majburiyatlari o’zaro tan olinadi. Tomonlar o’rtasida 


tuzilgan shartnomada bajariladigan ish (xizmatlar) yetkazib beriladigan maxsulot 
hajmi muddatlari hamda bajarilgan ish va xizmatlar uchun hisob-kitob yuritish 
tartibi ko’rsatiladi. Tuzilgan shartnomaning nusxasi hisob-kitob ishlarini olib 
boruvchi bankka taqdim qilinadi. Demak, tuzilgan shartnomalar asosida amalga 
oshirilgan hisob-kitoblar banklar tomonidan olib boriladi va uning qonuniyligi 
xamda to’g’riligi nazorat qilinadi. 
Banklar tomonidan bajarilgan ish va xizmatlar uchun to’lovlar naqd pulsiz 
ya’ni pul o’tkazish yo’li bilan olib boriladi. Mol yetkazib beruvchilar bilan olib 
boriladigan hisob-kitoblar ishlab chiqaruvchi va molni qabul qiluvchi haridor 
xo’jalik sub’ektilarning joylanishiga va hisob-kitob ishlarini olib boruvchi 
bankning joylashgan joyiga qarab, shahar doirasidagi va boshqa shahardar 
doirasidagi hisob-kitob ishlariga bo’linadi. Bir shahar doirasidagi hisob-kitob 
ishlari deb, mol yetkazib beruvchi va qabul qiluvchi xo’jalik sub’ektilar bir 
shaharda joylashgan bo’lib, ular tomonidan amalga oshiriladigan hisob-kitoblarni 
bir bank tomonidan amalga oshirilishiga aytilsa, boshqa shaharlar doirasida 
joylashgan mol yetkazib beruvchi bilan haridor xo’jalik sub’ekti o’rtasidagi hisob-
kitoblarga aytiladi. Bunda bajarilgan ish va xizmatlar bo’yicha amalga oshirilgan 
hisob-kitoblar nazorati xar ikki tomonga xizmat qiluvchi banklar tomonidan olib 
boriladi. 
Hozirgi sharoitda bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar bo’yicha hisob-
kitoblarni o’z vaqtida olib borilishi birinchidan shartnoma shartlarini ta’minlasa, 
ikinchidan korxonalarni pulga bo’lgan ehtiyojini qondirishga yordam beradi. Bu 
esa o’z navbatida xarajatlarini kamaytirishga olib keladi. 
Bajarilgan ish va xizmatlar uchun olib boriladigan naqd pulsiz 
operatsiyalarning afzalligi shundan iboratki, unda birinchidan o’zaro hisob-kitoblar 
to’lovchining roziligi bilan yoki uning topshirig’i bilan hisob-kitob schyotidagi 
mavjud pul miqdori hisobidan to’lanadi, ikkinchidan to’lovlar ketma-ketlik asosida 
olib boriladi, uchinchidan xo’jalik yurituvchvi sub’ektlar hisob-Kreditob 
shakllarini mustaqil tanlash imkoniyatiga ega bo’ladilar. 
Korxona o’rtasidagi hisob-kitoblarni tartibga solish, to’lovchining iqtisodiy 
holatini o’rganish maqsadida mol yetkazib beruvchi yoki xizmat ko’rsatuvchi 
tomonidan yetkazib berilishi lozim bo’lgan yoki ko’rsatilishi lozim bo’lgan xizmat 
uchun to’lovning 15 foizi oldindan to’langandan keyingina mol yetkazib beruvchi 
korxona tomonidan mahsulot jo’natiladi yoki xizmatlar bajariladi. 
O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish 
tartibi O’zbekiston Respublikasi markaziy bankning «O’zbekiston Respublikasida 
naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish to’g’risida»gi Nizomida belgilangan. 

Download 478.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling