2-mavzu. Pul mablag’lari va hisob-kitoblar hisobi
naqd pul to’lovlari jurnallari. Boshqa hisob-kitob operatsiyalarini
Download 478.18 Kb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu. Pul mablag’lari va hisob-kitoblar hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Akkreditiv»
naqd pul to’lovlari jurnallari. Boshqa hisob-kitob operatsiyalarini
hisobga olish. Turli debitorlik va kreditorlik qarzlarni hisobga olish. Bank kreditlari va qarzga olingan mablag’larni hisobga olish. Korxonaning bankiga hisob varag’idan mablag’ni oluvchi xo’jalik sub’ektiga o’tkazib bergan pul mablag’iga debet «Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar», kredit «Hisob-kitob» schyoti deb buxgalteriya yozuvi beriladi. To’lov talabnomasi bo’yicha hisob-kitoblar. Hisob-kitobning bu shakli ko’p hollarda «aktsept» shaklidagi hisob-kitoblar deb ham yuritiladi. “Aktsept” bu to’lovchining to’lovga rozilik berishi demakdir. Yuqorida bayon qilingan hisob- kitob to’lov topshiriqnomasi shaklida pul o’tkazib beruvchi ya’ni to’lovchi xo’jalik sub’ekti o’ziga xizmat qiluvchi bankka bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar uchun tegishli bo’lgan pul mablag’larini to’lob berish uchun topshiriq bersa, to’lov talabnomasi bo’yicha hisob-kitoblarda mahsulot yetkazib beruvchi xo’jalik sub’ekti shartnoma shartlariga mos kelgan ish va xizmatlarni bajarganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida to’lov talabnomasini to’ldirib, uni o’ziga xizmat ko’rsatuvchi bankka tag’dim etadi. Hujjatlar to’g’riligi tasdiqlangandan keyingina talabnoma to’lov uchun asos qilib bolinadi. Molni, bajarilgan ish va xizmatlarni bajaruvchi xo’jalik sub’ekti o’z bankiga to’lov talabnomasini topshirgandan keyin bu talabnomaga ilova qilingan hujjatlar to’lovchi xo’jalik sub’ektiga xizmat qiluvchi bankka yuboriladi, kelgan bank hujjatlari to’lovchi xo’jalik sub’ektidan rozilik olish maqsadida ya’ni to’lov talabnomasini aktseptlash maqsadida unga beriladi. To’lovchi xo’jalik sub’ekti to’lov talabnomasida ko’rsatilgan so`mmani to’g’riligini tan olgandagina to’lovga o’z roziligini bildiradi. Agar to’lovchi xo’jalik sub’ekti bank tomonidan belgilangan muddatlarda to’lovdan bosh tortish (to’liq yoki qisman) haqida bankka ma’lumot bermasa bank to’lov talabnomasida ko’rsatilgan so`mmani to’lovchi hisob-varag’idan oluvchi xo’jalik sub’ekti hisob varag’iga o’tkazib beradi. Akkreditivlar bo’yicha hisob-kitoblar. «Akkreditiv» bu lotincha so’z bo’lib, «ishonchli» degan ma’noni bildiradi. Hisob-kitobning bu shakli ko’p holda shartnoma shartlarini bajarmagan, to’lov hujjatlarini o’z vaqtida amalga oshirmagan xo’jalik sub’ektilarga nisbatan qo’llaniladi. Akkreditiv bo’yicha hisob-kitoblarda tovar va mahsulotni oluvchi xo’jalik sub’ekti mol yetkazib beruvchi xo’jalik sub’ekti nomiga akkreditatsiya ochish maqsadida o’ziga xizmat ko’rsatuvchi bankka bu to’g’rida ariza beradi. Arizada ko’rsatilgan qaysi mol yetkazib beruvchi har biri uchun alohida-alohida akkreditiv ochiladi. Akkreditiv ochilganligi xaqida mol yetkazib beruvchiga unga xizmat qiluvchi bank habar beradi, shunga asosan mol yetkazib beruvchi ochilgan akkreditiv so`mmasi miqdorida xaridorlarga tovar va mahsulotni jo’natishi mumkin. Hisob-kitob olib borishning aktsept-inkassa formasi davlat savdo xo’jalik sub’ektilarida olib boriladigan hisob-kitoblarning asosiy qismini tashkil qiladi. Akkreditiv formada hisob-kitob olib borishning aktsept-inkasso formasidagi farqi shundaki, unda har bir mol yetkazib beruvchi xo’jalik sub’ekti nomiga aloxida akkreditiv ochiladi. Tovarlarni jo’natish mol yetkazib beruvchi xo’jalik sub’ektiga xizmat qiluvchi bankka xaridor tomonidan pul o’tkazilgandan keyin amalga oshiriladi. Jo’natilgan tovarlarni tasdiqlovchi hujjatlar tovar oluvchi tashklotga xizmat qiluvchvi bank tomonidan emas, mol yetkazib beruvchiga xizmat qiladigan bank tomonidan to’lanadi, demak,tovarni jo’natishdavri bilan uning pulini to’lash bir vaqtda olib boriladi. Savdo bilan shug’illanuvchi xo’jalik sub’ekti xisob-kitob olib borishning bu formasida bankda tegishli akkreditiv schyoti ochish to’g’risida ariza beradi. Unda akkreditiv muddati, so`mmasi, mol yetkazib beruvchi xo’jalik sub’ekti nomi, manzili ko’rsatiladi. Ochilgan akkreditiv so`mmasi tovar oluvchi xo’jalik sub’ektiga xizmat qiluvchi bankga ma’lum qiladi. Bu ochilgan akkreditiv so`mmasi bir oy davomida ishlatilishi kerak va ishlatilmagan qismi chiqirtirilib olinadi. Akkreditiv xo’jalik sub’ektining o’z mablag’lari hisobiga yoki bank mablag’i hisobiga bo’lishi mumkin. Buxgalteriya hisobining akkreditiv shaklida hisob-kitob ishlari 55.0 «akkreditivlar» schyotida olib boriladi. Schyotning debet tomonida quyilgan akkreditiv so`mmasi, kreditida esa ularning ishlatilishi ko’rsatiladi. Misol: Moddiy texnika ta’minoti boshqarmasi Samarqand shahridagi mol yetkazib beruvchi xo’jalik sub’ekti bilan hisob-kitob ishlari uchun shahar bankida akkreditiv so`mmasini ochdi – 200.000 so’m. Download 478.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling