2-mavzu. Pul mablag’lari va hisob-kitoblar hisobi


Download 478.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana09.04.2023
Hajmi478.18 Kb.
#1345898
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2-mavzu. Pul mablag’lari va hisob-kitoblar hisobi

DEBET 5100 KREDIT 
Bosh. qold. ... ... ... ... ... 
Pul mablag’larining kamayishi 
Pul mablag’larining ko’payishi 
 
«Hisob-kitob schyotidagi pul mablag’lari» schyotidagi pul mablag’larining 
xarakati bo’yicha bank xo’jalik sub’ektiga o’rnatilgan tartibda ko’chirma beradi. 
Ko’chirmada hisob-kitob schyotidagi o’tkazilgan va bu schyotdan to’langan pul 
mablag’larini tasdiqlovchi hujjatlar bilan asoslangan yozuvlar bayon etiladi. 
Quyidagi misolimizda hisob-kitob schyotidagi pul mablag’larining 
harakatini ko’rib chiqamiz: 


1. Hisob-kitob schyotidan kassaga xodimlarga ish haqi berish uchun naqd pul 
olindi – 100.000
2.Shahar eleKreditr tarmoqlari tashkilotiga foydalanilgan eleKreditr 
energiyasi uchun pul to’landi – 500.000
Bu muomulalar uchun quyidagicha buxgalteriya yozuvlari beriladi: 
1. Debet 5010 Kassa schyoti – 100.000
Kredit 5110 Hisob-kitob schyoti – 100.000
2. Debet Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar – 
50.000
Kredit 5100 Hisob-kitob schyoti – 50.000
Hisob-kitobi sintetik hisobini yuritish uchun jurnal-orderdan foydalaniladi. 
Hisob-kitob schyoti orqali amalga oshirilgan operatsiyalarni aks etiruvchi bank 
ko’chirmalari hamda ularga asos bo’lgan hujjatlar asosida yuqoridagi kabi 
buxgalteriya yozuvlari jurnal-orderda amalga oshiriladi.Uning ma’lumotlari 
schyotlar bo’yicha aylanma qaydnomaga olib o’tiladi va keyinchalik hisobot tuzish 
uchun asos bo’ladi. 
 
2. Valyuta schyoti bo’yicha amalga oshirilgan operatsiyalarni hisobga 
olish. Hisobdor shaxslar bilan bo’ladigan hisob-kitoblar hisobi 
 
Har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatni boshqarish jarayoni muayyan 
xarajatlarni talab qiladi. Bunday xarajatlar boshqarish tihzimi bilan bevosita 
bog’liq bo’lsa xam u naqd pulli xarajatlarni keltirib chiqaradi, Bunday 
operatsiyalarni pul o’tkazish yo’li bilan amalga oshirish imkoniyati yo’q. 
Har bir korxona va xo’jalik sub’ekti faoliyatida bunday xarajatlar hisobdor 
shaxslar tomonidan tartibga solinadi. Xisobdor shaxslarga maxsus xo’jalik ishlarini 
bajarish maqsadida kassadan avans so`mmasi beriladi. Hisobdor shaxslarga 
beriladigan avans so`mmasini tasdiqlovchi hujjat bo’lib korxona rahbarining
buyrug’i hisoblanadi. Buyruqda beriladigan avans so`mmasining miqdori, 
bajariladigan ish hajmi, sarflanishi o’z ifodasini topadi. Buyruqni nushasi hisobdor 
shaxs kassadan pul olish to’g’risida to’ldirilgan chiqim orderiga ilova qilinadi. 
Hisobdor shaxslarga xo’jalik faoliyati bilan bog’liq operatsiyalarni bajarish 
maqsadida berilgan pul mablag’lari bo’yicha har bir hisobdor shaxs alohida 
alohida pul mablag’larini sarf xarajati bo’yicha buxgalteriyaga hisobot beradilar. 
Kassadan hisobdor shaxslarga berilgan pul mablag’lari belgilangan maqsadlar 
bo’yicha ishlatilishi shart. Agar hisobdor shaxs tomonidan olingan pul mablag’lari 
hisobidan turli materiallar, anjomlar sotib olingan bo’lsa, bunday buyumlar 
xo’jalik sub’ektining materiallar saqlanadigan omboriga kirim qilinishi va bu 
to’g’rida tegishli buxgalteriya yozuvi berilishi kerak. 



Download 478.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling