2-mavzu. Pul mablag’lari va hisob-kitoblar hisobi
Download 478.18 Kb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu. Pul mablag’lari va hisob-kitoblar hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oyning boshiga bo’lgan qoldiq
kreditlanganda
debetlanuvchi schyotlar korrespondentsiyasi Kassa schyot i kredit bo’yic ha jami 5110 4010 9010 h.k. 6710 4220 … h.k. Oyning boshiga bo’lgan qoldiq jami Yuridik shaxs maqomga ega bo’lgan xar bir xo’jalik sub’ekti mulk shaklidan qat’iy nazar o’z faoliyatini amaldagi qonun va yo’riqnomalarga asosan tashkil qiladi va korxona o’z faoliyatida boshqa xo’jalik sub’ekti bilan o’zaro iqtisodiy aloqalarni hisob-kitob schyoti orqli tartibga soladi. Bank boshqaruvchisi nomiga bankda o’z hisob-kitob schyotini ochish uchun ariza beradi. Hisob-kitob schyoti orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun korxona rahbari va bosh buxgalterlarining ismi, sharifi va imzolarini korxona muhri bilan tasdiqlangan holda tegishli bank muassasasiga namuna sifatida taqdim qiladi. Hisob-kitob schyotida pul mablag’lari harakatini hujjatlashtirish bank tomonidan belgilangan tartiblarga rioya qilingan holda olib boriladi va uning nazoratini bank olib boradi. Hisob-kitob schyotidagi pul mablag’larining harakatini tasdiqlovchi hujjatlar korxona rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolanadi. Korxona va xo’jalik sub’ektining hisob-kitob schyoti qaysi bankda ochilgan bo’lsa shu bankda korxonaning naqd pulsiz barcha operatsiyalari amalga oshiriladi, nazorat qilinadi. Korxonalar naqd pulsiz hisob-kitoblarni hisob-kitob schyotidan pul o’tkazish yo’li bilan amalga oshiradilar. Bu schyotdan o’tkaziladigan pul mablag’lari bajarilgan ish va xizmatlarni tasdiqlovchi hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi, ish va xizmatlarni to’liq yoki qisman bajarilganligi ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan holda ya’ni uning roziligi bilan amalga oshiriladi. Buxgalteriya hisobida hisob-kitob schyotidagi pul mablag’lari aktiv 5100 «Hisob-kitob schyotidagi pul mablag’lari» schyotida olib boriladi. Bu schyotning debet tomonida bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar uchun kirim qilingan pul mablag’lari ko’rsatilsa, kredit tomonida hisob-kitob schyotidan to’langan pul mablag’lari ko’rsatiladi. Schyotning tuzilishi quyidagicha: Download 478.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling