2-mavzu. Pul mablag’lari va hisob-kitoblar hisobi


Buxgalteriya hisobida hisobdor shaxslarga berilgan pul mablag’lari


Download 478.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana09.04.2023
Hajmi478.18 Kb.
#1345898
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2-mavzu. Pul mablag’lari va hisob-kitoblar hisobi

Buxgalteriya hisobida hisobdor shaxslarga berilgan pul mablag’lari 
turlari bo’yicha hisobga olinadi va quyidagi schyotlarda ko’rsatiladi: 
4220 «Xizmat safari bo’yicha bo’naklar»; 
4230 «Umumxo’jalik xarajatlari uchun berilgan bo’naklar» 
4290 «Xodimlarga berilgan boshqa bo’naklar» 
Agar hisobdor shaxsga xizmat safari uchun kassadan avans berilgan bo’lsa u 
holda debet «Xizmat safariga berilgan bo’naklar» schyoti, kredit «Kassa» schyoti 
deb buxgalteriya yozuvi beriladi. Hisobdor shaxsga berilgan bo’nak umumxo’jalik 
xarajatlari bilan bog’liq bo’lsa debet «Umumxo’jalik xarajatlari uchun berilgan 
bo’naklar» schyoti, kredit «Kassa» schyoti deb yozuv beriladi. 
Avanslar qaysi yo’nalish bo’yicha berilmasin, avans olgan hisobdor shaxs pul 
mablag’larini sarflanishi bo’yicha buxgalteriyaga hisobot berish shart. 
Buxgalteriyada hisobotni to’g’riligi bosh buxgalter tomonidan tekshirilib 
chiqilgandan keyin, korxona rahbari hisobotda ko’rsatilgan xarajatlarni tasdiqlaydi 
va uni keyin korxona xarajatlariga o’tkazadi. 
 
Yuqoridagilarni quyidagi misollar
yordamida ko’rib chiqamiz: 
 
1. Korxona rahbarining buyrug’iga asosan bosh injener X.Isaqovga 1 
fevraldan 4 fevralgacha Toshkent shahar «Foton» OAJga xizmat safariga yuborish 
uchun kassadan 50.000 so’m berildi. (Asos korxona rahbarining 31 yanvardagi 41-
sonli buyrug’i) 
2. Korxona rahbarining 28 yanvardagi buyrug’iga asosan xo’jalik ishlarini 
bajaruvchi Yu.Umarovga inventarlar sotib olish uchun kassadan 30.000 so’m 
berildi. 
3. Bosh injener X.Isaqov xizmat safari bo’yicha avans hisobini buxgalteriyaga 
topshirdi, xizmat safari xarajatlari 52.000 so’m miqdorida tasdiqlandi. 
4. Xo’jalik ishlarini bajaruvchi Yu.Umarov sotib olgan xo’jalik inventarlarini 
omborga topshirdi – 25.000 so’m. 

Download 478.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling