2-Mavzu: Pul mablag’lari va valyuta operatsiyalari hisobi. Reja
Naqdsiz hisoblashuvlar haqida tushuncha, ularni turkumlash va buxgalteriya hisobining vazifalari
Download 29.35 Kb.
|
2 Mavzu Pul mablag’lari va valyuta operatsiyalari hisobi.
Naqdsiz hisoblashuvlar haqida tushuncha, ularni turkumlash va buxgalteriya hisobining vazifalari.
«O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida»gi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 22-iyunda 2687-sonli tartib raqami bilan ro’yxatga olingan «Huquqiy shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari»ning 1-bob, 5 bandi talabiga ko’ra, tashkilotlar bankdan olgan naqd pullarni qaysi maqsad uchun olgan bo’lsalar, undan faqat o’sha maqsad uchun foydalanishlari va mulkchilik shaklidan qa’tiy nazar o’zlarining bo’sh pul mablag’larini bank muassasida saqlashlari kerak. Korxonada pul mablag’larini hisobga olish O’zbekiston Respublikasining quyidagi me’yoriy hujjatlari bilan tartibga solinadi: 1. O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida 1998-yil 4-noyabrda 519-son bilan ro’yxatga olingan O’zbekiston Respublikasining «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot» nomli №9-sonli milliy standartsi; 2. «O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida»gi Qonunga muvofiq ishlab chiqilgan va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 22-iyunda 2687-sonli tartib raqam bilan ro’yxatdan o’tkazilgan «Huquqiy shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari»; 3. Moliya vazirining «Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanuvi to’g’risida»gi 2003-yil 23-dekabrdagi 131-son buyrug’i bilan tasdiqlangan Nizom; 4. “Xo’jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to’g’risida” 1998 yil 24-dekabrdagi 717-I raqam bilan qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Qonuni; 5. 1990 yil 31-oktabrdagi 152-raqam bilan ro’yxatga olingan «O’zbekiston Respublikasida mulkchilik to’g’risida» O’zbekiston Respublikasining Qonuni; 6. 2000 yil 25-maydagi 69-raqam bilan ro’yxatga olingan «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida» O’zbekiston Respublikasining Qonuni; 7. O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida 1999-yil 2-noyabrda 833-son bilan ro’yxatga olingan O’zbekiston Respublikasining «Inventarlashni tashkil etish va o’tkazish» nomli №19-sonli milliy standartsi; 8. Moliya vazirligi, Davlat Soliq qo’mitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2004-yil 10-martdagi 37, 2004-26, 20/1-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi to’g’risida”gi Nizom hamda boshqa me’yoriy hujjatlar. O’zbekiston Respublikasi hududida korxonalarga xizmat ko’rsatuvchi banklar o’rtasidagi hisob-kitoblar elektron to’lovlar orqali milliy valyutada amalga oshiriladi. Korxonalar orasida majburiyatlar bo’yicha sodir bo’ladigan hisoblashuvlar bank orqali naqdsiz to’lovlar ko’rinishida amalga oshiriladi. Hozirgi kunda naqd pulsiz hisob-kitoblar quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1. Korxonalar barcha pul mablag’larini bankda ochilgan schyotlarida saqlaydilar; 2. Barcha naqd pulsiz hisob-kitoblar bank orqali o’tishi kerak; 3. Hisob-kitob schyoti bo’yicha barcha muomalalar to’lovchi korxonaning roziligi bilan amalga oshiriladi; 4. Xo’jalik yurituvchi sub’yektlar naqdsiz hisoblashuv shakllarini o’zlari erkin tanlaydilar; 5. Korxonalarning shartnomaviy munosabatlariga bank muassasalari aralashmaydi; 6. To’lovlarlar tartibi tomonlar orasida tuziladigan shartnomada kelishib olinadi. Naqdsiz hisoblashuvlar naqdsiz o’tkazib berish yoki pul cheklari va korporativ plastik kartochkalar bilan amalga oshiriladi. Naqdsiz hisoblashuvlardan foydalanish pul muomalasi bo’yicha xarajatlarni va naqd pulga bo’lgan ehtiyojni kamaytiradi, hamda pullarni ishonchli saqlanishini ta’minlaydi. Mol yetkazib beruvchilarni va xaridorlarni geografik joylashuviga ko’ra naqdsiz hisoblashuvlar, shaharlararo va mahalliy bo’lishi mumkin. Xizmat ko’rsatuvchi banklari turli shaharda, tumanda va qishloqda (ovulda) joylashgan korxonalar orasida bo’ladigan hisoblashuvlar, shaharlararo hisoblashuvlar deyiladi. Xizmat ko’rsatuvchi banklari bir shaharda, tumanda va ovulda joylashgan korxonalar orasida bo’ladigan hisoblashuvlar mahalliy hisoblashuvlar deyiladi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013 yil 26 apreldagi 9/1-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risida”gi Nizomga muvofiq O’zbekiston Respublikasining banklari naqd pulsiz hisob-kitoblarning quyidagi shakllarini tashkil qiladilar va amalga oshiradilar: to’lov topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar; akkreditiv bo’yicha hisob-kitoblar; inkasso bo’yicha hisob-kitoblar; cheklar bilan hisob-kitoblar. Aloqador korxonalar o’rtasida sodir bo’ladigan naqd pulsiz hisob-kitoblar ular orasida tuzilgan shartnomada ko’rsatilagan tartibda amalga oshiriladi. Agar bank shartnomasida boshqa tartib ko’zda tutilmagan bo’lsa, bank, to’lov hujjatida ko’rsatilgan summani hujjat kelib tushgan kunda mijoz hisob raqamiga kiritishi yoki uning hisob raqamidan o’tkazishi shart. Agar, to’lov hujjati bankga, operatsion kun tugagandan keyin kelib tushgan bo’lsa, bank to’lovni keyingi ish kunidan kechiktirmasdan amalga oshiradi. Mablag’larni oluvchining schyotiga o’tkazish, ushbu mablag’larni to’lovchining schyotidan hisobdan chiqarilgandan so’ng amalga oshiriladi. Bank tomonidan bajarilmagan hisob-kitob operatsiyalari bo’yicha da’volar sababini aniqlash uchun xizmat ko’rsatuvchi bankka yuboriladi. Bank va uning mijozlari o’rtasidagi sodir bo’ladigan nizolar bank bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq birgalikda yechiladi. Yuzaga kelgan nizolarni o’zaro kelishuv yo’li bilan yechish imkoniyati bo’lmasa, ular sud orqali yechiladi. Pul mablag’lari hisobining vazifalari quyidagilar bo’lib hisoblanadi: 1. Pul mablag’larini samarali boshqarish maqsadida korxona boshqaruv xodimlarini zaruriy axborotlar bilan ta’minlash; 2. Naqd pulsiz va naqd pul bilan amalga oshiriladigan to’lovlarni o’z vaqtida hujjatlar bilan rasmylashtirish va amalga oshirish; 3. Pul mablag’lari harakatini sintetik va analitik hisobda to’liq va o’z vaqtida aks ettirish; 4. Banklar tomonidan o’rnatilgan pul mablag’laridan foydalanish limitlariga qa’tiy rioya qilinayotganligini nazorat qilish; 5. Kassadagi pul mablag’larini haqiqiy borligini, debitor va kreditor qarzlar holatini belgilangan muddatlarda inventarizatsiyadan o’tkazish; 6.Korxonaning bank muassasida ochilgan hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlarda mavjud bo’lgan pul mablag’larini butligini nazorat qilish; 7. Pul oqimlari harakatini prognozlash va tartibga solish bo’yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilishga ishonarli ma’lumotlar berish; 8. Qisqa muddatli investitsiyalar bilan bog’liq muomalalarni o’z vaqtida hisobga olish. Download 29.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling