2-Mavzu: Pul mablag’lari va valyuta operatsiyalari hisobi. Reja
Download 29.35 Kb.
|
2 Mavzu Pul mablag’lari va valyuta operatsiyalari hisobi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hisob-kitob schyoti operatsiyalari hisobining vazifalari.
2. Kreditli-bank va mijoz o’rtasidagi shartnoma shartlariga binoan plastik kartochkadan, jo’natilgan tovarlarga, bajarilgan ishlarga va ko’rsatilgan xizmatlarga to’lovni bank tomonidan beriladigan kreditlar hisobidan to’lashda foydalaniladi;
3. Elektron xamyonli-jismoniy shaxsning kartochkasi bo’lib, plastik kartochka egasiga tovarlar, ishlar, xizmatlarga haq to’lash yoki naqd pul mablag’larini olish imkoniyatini beradi. Bitta kartochkada bir nechta «elektron xamyonlar» joylashishi mumkin. Personalizatsiya qilinganda plastik kartochkalarga identifikatsiyalovchi ma’lumotlar, kartochkaning tartib raqami, seriyasi va boshqalar, plastik kartochkalarni muomalaga chiqaruvchi bankning, nomi, kodi, bank schyoti raqami va kartochka ushlovchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, sharifi yoki huquqiy shaxsning nomi, STIR bo’yicha raqami va kartochkaning amal qilish muddati kabi rekvizitlar yoziladi. Plastik kartochkalardan foydalanishda, o’tkaziladigan operatsiyalarni qog’ozda ifoda etiluvchi hujjatlarni, slip, elektron terminal kvitantsiyasi yoki elektron shaklda, terminal yoki bankomatning elektron kitob, shuningdek hisobkitob ishtirokchilari o’rtasida tuzilgan shartnomada ko’zda tutilgan boshqa hujjatlarni, masalan, bankomat kvitantsiyalari va boshqalarni tuzish ko’zda tutilgan. Elektron hujjatlar terminallardan hisob-kitobda ishtirok etuvchi tomonlarga yetarli bo’lgan nusxalarda olinadi. Hisob-kitob schyoti operatsiyalari hisobining vazifalari. Quyidagilar buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari bo’lib hisoblanadi: 1. Pul mablag’larini bank muassasalarida but saqlanishi ustidan nazorat o’rnatish; 2. Hisob-kitoblarni o’z vaqtida, to’g’ri tuzilgan hujjatlar asosida amalga oshirilayotganligini nazorat qilish; 3. Hisob-kitobdagi pul mablag’larining harakatini sintetik va analitik hisobini buxgalteriya hisobida to’liq, o’z vaqtida aks ettirish; 4. Banklar tomonidan pul mablag’laridan foydalanish limitlarini to’g’ri o’rnatilganligini nazorat qilish; 5. Hisob-kitob schyotidagi pul mablag’larini belgilangan muddatlarda inventarizatsiyasini o’tkazish va uning natijalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish; 6. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan kamomad va ortiqchalik summalarini tahlil qilish, aybdorlarini aniqlash va bunday kamchiliklar bo’lishini oldini olish chora-tadbirlarini ko’rish; 7. Hisob-kitob schyotidagi pul oqimlarini nazorat qilish va ularning harakatini tartibga solish bo’yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilishga ma’lumotlar tayyorlab berish; Agar korxonada buxgalteriya hisobining Jurnal order shaklidan foydalanilayotgan bo’lsa, 5210-“Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari” va 5220- “Chet eldagi valyuta schyotlari” nomli sintetik schyotlar bo’yicha kredit oborotlari 2-jurnal-orderda (2.3-jadval), debet bo’yicha oborotlar esa 2-qaydnoma (2.4- jadval) aks ettiriladi. Yozuvlar tekshirilgan bank ko’chirmalariga binoan «Bank operatsiyalarini aks ettirish jadvali»da amalga oshiriladi. Bu jadvalga hisobot oyida 5210-“Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari” va 5220-“Chet eldagi valyuta schyotlari”, sintetik schyotlari bo’yicha sodir bo’lgan barcha operatsiyalar xronologik ketma-ketlikda yozilib, tegishli buxgalteriya o’tkazmalari tuziladi Oyning oxirida «Bank operatsiyalarini aks ettirish jadvali»ning jami hisoblanadi va bir xil iqtisodiy mazmunga ega bo’lgan xo’jalik operatsiyalari umumlashtiriladi. Buning uchun guruhlovchi qaydnoma tuziladi. Guruhlovchi qaydnoma 5210- “Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari”, va 5220-“Chet eldagi valyuta schyotlari”, schyotlari operatsiyalarini tegishli hisob registriga yozishga asos bo’ladi. Valyuta schyoti bo’yicha aloqador bo’lgan xo’jalik muomalalari quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari bilan rasmiylashtiriladi: Ijarachidan ijaraga berilgan asosiy vositalar bo’yicha to’lovlar valyuta raqami schyotiga kelib tushganda: Debet 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyoti», Kredit 4810-«Moliyaviy ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar-joriy qism» Kredit 4820-«Operativ ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar», Aktivlarni sotilishidan valyuta kelib tushganda: Debet 5220-«Chet eldagi valyuta schyotlari» Kredit 9210-«Asosiy vositalarning chiqib ketishi» Kassadan valyuta mablag’lar valyuta schyotiga topshirilganda: Debet 5220-«Chet eldagi valyuta schyotlari» Kredit 5020-«Chet el valyutasidagi pul mablag’lari» Ishlatilmagan chek va akkreditiv summalar bo’yicha valyuta mablag’i valyuta schyotiga qaytarilganda: Debet 5220-«Chet eldagi valyuta schyotlari» Kredit 5510-«Akkreditivlar» Kredit 5520-«Chek daftarchalari» Qisqa muddatli investitsiyalar tartibida berilgan qarzlar qaytarilganda Debet 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari» Debet 5220-«Chet eldagi valyuta schyotlari» Kredit 5830-«Berilgan qisqa muddatli qarzlar» Qondirilgan da’volar summasi kelib tushganda: Debet 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari» Debet 5220-«Chet eldagi valyuta schyotlari» Kredit 4860-«Da’volar bo’yicha olinadigan schyotlar» Olingan bo’naklar summasi hisobga olinganda: Debet 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari» Debet 5220-«Chet eldagi valyuta schyotlari» Kredit 6310-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar» Obuna bo’lgan ta’sischilardan aktsiyalarga ulush summasi kelib tushganda: Debet 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari» Debet 5220-«Chet eldagi valyuta schyotlari» Kredit 4610-«Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi» Nominal qiymatdan yuqori bahoda sotilgan aktsiyalardan emission daromad bankdagi valyuta schyotiga qabul qilib olinganda Debet 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari» Debet 5220-«Chet eldagi valyuta schyotlari» Kredit 8410-«Emission daromad» Investitsiyaga mablag’lar qo’yilganda: Debet 0610-«Qimmatli qog’ozlar» Debet 5800-«Qisqa muddatli investitsiyalar hisobga olinadigan schyotlar» Kredit 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari» Kredit 5220-«Chet eldagi valyuta schyotlari» Chek bilan bankdan kassaga valyuta mablag’lari olinganda: Debet 5020-«Chet el valyutasidagi pul mablag’lari» Kredit 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari» Xususiy aktsiyalar sotib olinganda: Debet 8610-«Sotib olingan xususiy aktsiyalar-oddiy» Debet 8620-«Sotib olingan xususiy aktsiyalar-imtiyozli» Kredit 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari» Kredit 5220-«Chet eldagi valyuta schyotlari» Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga bo’lgan majburiyatlar to’langanda: Debet 6010-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarning to’lanadigan schyotlari» Kredit 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari» Kredit 5220-«Chet eldagi valyuta schyotlari» Turli xil bo’naklar berilganda: Debet 4310-“TMQlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklar” Debet 4320-«Uzoq muddatli aktivlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklar» Kredit 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari» Kredit 5220-«Chet eldagi valyuta schyotlari» Xaridor va buyurtmachilardan olingan bo’naklar qaytarilganda: Debet 6310-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar» Kredit 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari» Kredit 5220-«Chet eldagi valyuta schyotlari» Ta’sischilarga dividend to’langanda: Debet 6610-«To’lanadigan dividendlar» Kredit 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari» Kredit 5220-«Chet eldagi valyuta schyotlari» Hisoblangan foizlar bo’yicha qarzlar o’tkazib berilganda: Debet 6920-«Hisoblangan foyizlar», Kredit 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari» Kredit 5220-«Chet eldagi valyuta schyotlari» Qisqa muddatli kreditlar va qarzlar qaytarilganda: Debet 6800-«Qisqa muddatli kreditlar va qarzlar hisobga olinadigan schyotlar» Kredit 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari» Kredit 5220-«Chet eldagi valyuta schyotlari» Uzoq muddatli kreditlar va qarzlarning joriy qismi qaytarilganda: Debet 6950-«Uzoq muddatli majburiyatlar-joriy qismi» Kredit 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari» Kredit 5220-«Chet eldagi valyuta schyotlari» Ijara uchun to’lovlar to’langanda: Debet 6910-«To’lanadigan operativ ijara», Kredit 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari» Kredit 5220-«Chet eldagi valyuta schyotlari» Bank ko’chirmasiga ishlov berishda aniqlangan xato yozuvlar summasiga: Debet 6960-«Da’volar bo’yicha to’lanadigan schyotlar», Kredit 5210 «Mamlakat ichida valyuta schyotlari», Kredit 5220-«Chet eldagi valyuta schyotlari». Aniqlangan xatolik haqida xizmat ko’rsatuvchi bankka xabar beriladi. Valyuta mablag’larining analitik hisobi chet el valyutasidagi pul mablag’larini saqlash uchun banklarda ochilgan har bir schyot bo’yicha yuritiladi. Download 29.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling