2-mavzu. Pul mablag‘lari va valyuta operatsiyalari hisobi


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/18
Sana22.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1646055
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18


2-MAVZU. PUL MABLAG‘LARI VA VALYUTA OPERATSIYALARI 
HISOBI
 
2.1. Pul mablag‘lari va valyuta operatsiyalari hisobining vazifalari 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda pul mablag‘lari hisobini to‘g‘ri va aniq 
tashkil qilinishi hamda uni takomillashtirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan 
biri hisoblanadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektning buxgalteriyasi, odatda, barcha 
to‘lov va hisob-kitob muomalalarini amalga oshiradi hamda ushbu muomalalarni 
qonunlarga muvofiq, o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirish ustidan nazoratni 
amalga oshiradi.
1
Barcha mulkchilik shaklidagi korxonalarning pul mablag‘lari, hoh u o‘z 
mablag‘i bo‘lsin, hoh qarzga olingan bo‘lsin, kassada saqlanuvchi pul qoldiqlari va 
oborotda foydalaniladigan tushumning bir qismidan tashqari, uning bankdagi hisob-
kitob schyotida saqlanishi lozim. Bank korxonaning hisobvaraqlaridan pulni 
o‘tkazish va berish to‘g‘risidagi hamda bank qoidalari va bank bilan korxona 
o‘rtasidagi shartnomada ko‘zda tutilgan boshqa muomalalarni o‘tkazish haqidagi 
farmoyishlarini bajaradi. 
Hisob-kitob muomalalarini bank orqali o‘tkazish korxonalarning o‘zlari 
belgilagan ish haqi fondlariga, xizmat safarlari va xo‘jalik xarajatlari limitlariga 
rioya qilishlarini har tomonlama nazorat qilish, korxonaning davlat byudjeti bilan 
soliqlar, yig‘imlar bo‘yicha o‘z vaqtida hisob-kitob qilishini, mol etkazib 
beruvchilarning hisobvaraqlari va to‘lov talabnomalariga o‘z vaqtida haq to‘lashni 
kuzatib borish, korxonaga turli maqsadlar uchun, muayyan ta’minot hisobidan 
ssudalar berish va mazkur ssudalarning belgilangan muddatda qaytarilishini 
kuzatish va hokazolar imkonini beradi. 
Buxgalteriya hisobi oldida pul mablag‘lari, to‘lovlar, hisob-kitoblar va 
kreditlarni hisobga olish borasida quyidagi asosiy vazifalar belgilangan: 

korxonaning pul mablag‘larini samarali boshqarish maqsadlari uchun zarur 
1
Financial and managerial accounting. 12e. Carl S.Warren, James M.Reeve, Jonathan E.Duchac. 2014. 62,63 p. 


axborot bilan ta’minlash; 

mazkur sharoitlarni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar talablariga rioya 
etgan holda naqd pulsiz o‘tkazishlar va naqd pullar vositasida zarur to‘lovlar va 
hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirish; 

hisob registrlarida to‘lov va hisob-kitob muomalalari pul mablag‘larining 
mavjudligi hamda harakatini to‘liq va tezkor aks ettirish, zero korxona pul 
mablag‘larining harakati korxona amaliy faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri 
hisoblanadi; 

pul mablag‘laridan korxonada ishlab chiqilgan limitlar va smetalarga 
muvofiq foydalanishning amaldagi qoidalariga rioya qilish; 

pul mablag‘lari va o‘zaro hisob-kitoblar holatining inventarizatsiyasini 
tashkil etish hamda belgilangan muddatlarda o‘tkazish; 

kassada, banklardagi hisob-kitob, valyuta va boshqa hisobvaraqlarda pullar 
mavjudligi va butligini nazorat qilish; 

qisqa muddatli investitsiyalar bilan bog‘liq muomalalarni o‘z vaqtida 
hisobga olish. 
Bosh buxgalter xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari bilan birgalikda 
quyidagilarni ta’minlashi kerak: kelib tushayotgan barcha pul mablag‘larining to‘liq 
hisobi, shuningdek, boshqa xizmatlar rahbarlari bilan birgalikda debitorlik qarzlarini 
undirish va kreditorlik qarzlarini uzish, to‘lov intizomiga rioya etish, pul 
mablag‘lari, to‘lovlar bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblar va majburiyatlar holatini 
belgilangan muddatlarda inventarlash, amaldagi qonunchilikka muvofiq undirish 
mumkin bo‘lmagan, da’vo qo‘zg‘ash muddati o‘tib ketgan qarzlarni buxgalteriya 
balanslaridan o‘chirish. 
Kompaniyalarning naqd va naqdsiz ko‘rinishdagi pul mablag‘larini samarali 
boshqarish uchun zarur axborotlar bilan to‘plash va o‘rganizsh. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling