2-mavzu. Pul mablag‘lari va valyuta operatsiyalari hisobi


Chet el valyutasida ayrim operatsiyalarni amalga oshirish sanalarining


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/18
Sana22.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1646055
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Chet el valyutasida ayrim operatsiyalarni amalga oshirish sanalarining 
RO‘YXATI 
Chet el valyutasidagi 
operatsiyalar
Chet el valyutasidagi operatsiya amalga 
oshirilgan sana bo‘lib hisoblanadi
Valyuta schyotlari bo‘yicha bank 
operatsiyalari 
Pul mablag‘larini valyuta schyotiga qayd 
etish yoki ularni valyuta schyotidan 
hisobdan chiqarish sanasi
Chet el valyutasidagi daromadlar
Chet el valyutasidagi daromadlarni tan 
olish sanasi
Chet el valyutasidagi xarajatlar
Chet el valyutasidagi xarajatlarni tan olish 
sanasi
Tovar-moddiy zaxiralar, boshqa 
mol-mulk va xizmatlar importi
Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish 
sanasi
Hisobdor summalar bo‘yicha chet 
el 
valyutasidagi 
xodimlarga 
qarzlarni aks ettirish
Bo‘nak hisobotini tasdiqlash sanasi
Chet el valyutasidagi qarzlarni 
so‘ndirish
Chet el valyutasidagi qarzlarni so‘ndirish 
sanasi
Ustav 
sarmoyasiga 
ulushlar 
bo‘yicha muassislar qarzlarining 
hosil bo‘lishi
Yuridik shaxs maqomini olish sanasi
Ustav sarmoyasini shakllantirish 
Ustav sarmoyasiga muassislar ulushlarini 


kiritish sanasi
Quyidagilar qayta baholanmaydi:  
a) xo‘jalik yurituvchi subyektning chet el valyutasiga xarid qilingan asosiy 
vositalari, nomoddiy aktivlari, o‘rnatiladigan uskunalari, kapital qo‘yilmalari, tovar-
moddiy zaxiralari; 
b) ustav kapitali miqdori va xo‘jalik yurituvchi subyektning, shuningdek chet 
el investitsiyalariga ega bo‘lgan korxonalarning ta’sischilari (qatnashchilari) 
ulushlarining nisbatlari. 
Balansning valyuta moddalarini har oy qayta baholash natijasida vujudga 
keladigan kurs farqlari to‘g‘ri olib borish usuli qo‘llanilganda moliyaviy-xo‘jalik 
faoliyati natijalariga hisobdan chiqariladi va buxgalteriya hisobida quyidagi 
schyotlarda aks ettiriladi: 
a) ijobiy kurs farqi — 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar” 
schyotining kredeti bo‘yicha; 
b) salbiy kurs farqi — 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar” 
schyotining debeti bo‘yicha. 
Buxgalteriya hisobida chet el valyutasini sotib olish quyidagi tartibda aks 
ettiriladi:
a) valyuta bozoridagi bitim kursi bo‘yicha hisob-kitob schyotidan so‘m 
mablag‘larini o‘tkazish (ko‘chirish): 
Debet 5530–“Boshqa maxsus schyotlar” 
Kredit 5110–“Hisob-kitob schyoti” 
b) chet el valyutasini Markaziy bank kursidan yuqori bahoda xarid 
qilinganda: 
Debet 5210–“Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari” 
Debet 9620–“Valyutalar kurslari farqidan zararlar” 
Kredit 5530–“Boshqa maxsus schyotlar” 
c) chet el valyutasini Markaziy bank kursidan past bahoda xarid 
qilinganda: 
Debet 5210–“Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari” 


Kredit 5530–“Boshqa maxsus schyotlar” 
Kredit 9540–“Valyutalar kurslari farqidan daromadlar” 
Buxgalteriya hisobida chet el valyutasini sotish quyidagi tartibda aks 
ettiriladi:
a) chet el valyutasini Markaziy bank kursi bo‘yicha valyuta schyotidan 
o‘tkazilishi (ko‘chirilishi): 
Debet 5530–“Boshqa maxsus schyotlar” 
Kredit 5210–“Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari” 
b) chet el valyutasini Markaziy bank kursidan yuqori bahoda sotilganda 
sotilgan chet el valyutasining so‘mdagi ekvivalentini hisob-kitob schyotiga kirim 
qilinishi: 
Debet 5110–“Hisob-kitob schyoti”
Kredit 5530–“Boshqa maxsus schyotlar” 
Kredit 9540–“Valyutalar kurslari farqidan daromadlar” 
c) chet el valyutasini Markaziy bank kursidan past bahoda sotilganda 
sotilgan chet el valyutasining so‘mdagi ekvivalentini hisob-kitob schyotiga kirim 
qilinishi: 
Debet 5110–“Hisob-kitob schyoti” 
Debet 9620–“Valyutalar kurslari farqidan zararlar” 
Kredit 5530–“Boshqa maxsus schyotlar” 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling