qilinishi
5710 “Yo‘ldagi pul mablag‘ (o‘tkazma)lari” schyotida saqlash joyidan chiqib
ketgan, ammo mo‘ljallangan joyiga etib bormagan pul mablag‘lari (inkassatorga
berilgan sotishdan olingan tushumlar, pul o‘tkazmalari) hisobga olinadi.
5710 “Yo‘ldagi pul mablag‘ (o‘tkazma)lari” schyotining debetida pulni
inkassatorlarga topshirish kassadagi pul mablag‘larini
hisobga oluvchi schyotlar
bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Pul mablag‘lari kirim qilingandan keyin 5710
“Yo‘ldagi pul mablag‘ (o‘tkazma)lari” schyoti kreditlanib, pul mablag‘larini
hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
5710 “Yo‘ldagi pul mablag‘ (o‘tkazma)lari”
schyotidagi summalarni bank
muassasalari, pochta bo‘limi kvitantsiyalari, bank
inkassatorlariga tushumni
topshirish ilova qaydnomalarining nusxalari va boshqa hujjatlardagi ma’lumotlar
bilan solishtirish lozim.
22-jadval
Yo‘ldagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlarning bog‘lanishi
T/r
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni
Debet
Kredit
1
Kassadagi naqd pullarni bankdagi hisob-kitob
schyotiga
o‘tkazish
uchun inkassatorga
topshirildi
5710
5010, 5020
2
Xaridorlarning qarzlari kelib tushgan pul
o‘tkazmalari bo‘yicha qoplandi
5710
4010
3
Bankka hali kelib tushmagan pul mablag‘larini
o‘tkazish orqali bo‘nak olish
5710
6300, 7310
4
Turli debitorlardan pul o‘tkazmalarini olish
5710
4890
5
Ajratilgan bo‘linmalardan pul o‘tkazmalarini
olish
5710
4110
6
Yo‘ldagi pul mablag‘lari kassaga kelib tushdi
5010-5020
5710
7
Yo‘ldagi pul mablag‘lari bankdagi hisob-kitob
schyotiga kelib tushdi
5110
5710