2-mavzu. Pul mablag‘lari va valyuta operatsiyalari hisobi
Kassa muomalalarini hisobga olish
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
2.2. Kassa muomalalarini hisobga olish Xo‘jalik yurituvchi subyekt kassasidan naqd pulni olish va berish bilan bog‘liq bo‘lgan muomalalar kassa muomalalari deb yuritiladi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan “Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari”ga asosan tashkil qilinadi va yuritiladi. Kassa operasiyasi bu kompaniyadagi naqd pul bilan bog‘liq bo‘lgan operasiyalarni majmuasidir. 2 Har bir xo‘jalik subyekti naqd pulda hisob-kitoblarni amalga oshirish maqsadida o‘z kassasiga ega bo‘lishi lozim. Naqd pul bilan hisob-kitoblarni amalga oshirmaydigan tashkilotlar kassa xonasiga ega bo‘lishlari talab etilmaydi. Kassa xonasi alohida ajratilgan bo‘lishi, eshiklari esa operatsiyalarni amalga oshirish vaqtida ichkaridan qulflanishi shart. Kassa ishiga aloqador bo‘lmagan shaxslarning ushbu xonaga kirishi man etiladi. Xo‘jalik subyektidagi barcha naqd pullar va boshqa qimmatliklar yonmaydigan metall shkaf (seyf)larda saqlanadi. Ular ish kuni tugaganidan so‘ng, kalit bilan qulflanadi va unga kassirning muhri bosiladi. Xo‘jalik subyektiga tegishli bo‘lmagan naqd pullar va boshqa qimmatliklarni kassada saqlash taqiqlanadi. Kassir o‘zi qabul qilib olgan barcha qimmatliklarning but saqlanishi uchun to‘liq moddiy javobgar hisoblanadi. Kassirning ishga tayinlanganligi to‘g‘risida buyruq chiqarilganidan so‘ng, tashkilot rahbari kassirni Qoidalar bilan tanishtiradi va u bilan to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuzadi. Kassir o‘ziga topshirilgan ishni boshqa shaxslarga ishonib topshirishi taqiqlanadi. Kassir kasalligi yoki boshqa sababga ko‘ra vaqtincha ishda bo‘lmagan hollarda unga biriktirilgan barcha qimmatliklar darhol tashkilot rahbari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs va boshqa xodimlardan tarkib topgan komissiya ishtirokida ishni qabul qilayotgan shaxs tomonidan qayta sanaladi. Bu haqda dalolatnoma tuzilib, komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi. 2 Financial and managerial accounting. 12e. Carl S.Warren, James M.Reeve, Jonathan E.Duchac. 2014. 66 p. Kassa muomalalarining buxgalteriya hisobi 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari” schyotida yuritiladi. Mazkur schyot xo‘jalik yurituvchi subyekt kassalarida turgan pul mablag‘lari va ularning harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Xo‘jalik subyektlari o‘rtasidagi hisob-kitoblar, shuningdek fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bog‘liq holda ular ishtirokidagi hisob- kitoblar naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi. Xo‘jalik subyekti bankdan olgan naqd pullarni qaysi maqsad uchun olgan bo‘lsalar, uni faqat o‘sha maqsadda foydalanishlari shart. Korxona kassasiga naqd pullar: bank kassasidan - bank cheki asosida; aholiga tovarlar, ishlar, xizmatlarni realizatsiya qilish natijasida olingan naqd pul tushumi shaklida; korxona kassasiga boshqa naqd pul tushumlari shaklida kelib tushishi mumkin. Xaridorlardan naqd pul olayotganda korxona: fiskal xotirali nazorat-kassa mashina (NKM)larini qo‘llashi; xaridorlarga undan naqd pul qabul qilinganligini tasdiqlaydigan chek berishi shart. O‘zbekiston Respublikasida faqat O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanish uchun ruxsat berilgan, Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarining davlat reestriga kiritiligan NKM modellaridan foydalanish mumkin. Har qanday apparat “O‘zstandart” agentligi yoki u akkreditatsiyalagan organ tomonidan sertifikatlanishi va muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lishi kerak. Ilgari ishlatilgan NKMdan foydalanish taqiqlanmagan. Albatta, bunday NKM soliq organlaridagi avvalgi hisobdan o‘chirilishi kerak, bu haqda DSI apparatning ro‘yxatdan o‘tkazish kartasida maxsus belgi qo‘yadi. Har qanday – yangi yoki ishlatilgan – NKMni qo‘llashni boshlashdan avval uni savdo shoxobchasi joylashgan joydagi soliq organida ro‘yxatdan o‘tkazish va ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini olish kerak. KM savdo shoxobchasi joylashgan joydagi soliq organida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Agar savdo shoxobchalari bir nechta bo‘lsa, joylashgan joydagi DSIda ro‘yxatdan o‘tkazilgan alohida kassa apparati bilan har bir savdo shaxobchasi jihozlanishi kerak. Soliq organlari 5 ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligini tekshiradilar, mazkur NKMning fiskal xotirasiga kirishni kodlashtiradilar va uni plombalaydilar. NKM plombalarining butligi uchun shaxsan korxona rahbari javob beradi. Ish kuni oxirida kassir NKM bo‘yicha kundalik hisobotni olishi va kassir-operatsiyachining nazorat-kassa daftarini (uni kassa daftari bilan chalkashtirmaslik kerak) albatta to‘ldirish shart. Korxona kassasiga naqd pullarni qabul qilish kassa kirim orderi (KO-1) bilan amalga oshiriladi. U ikki qismdan iborat: kirim orderi (blankning chap qismi) va unga oid kvitantsiya (o‘ng qismi). Kassa kirim orderini buxgalteriya yozib beradi va bosh buxgalter yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan imzolanadi. Kassa orderlarini olish vaqtida kassir: • ularda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxsning imzosi borligini, kassa chiqim orderida esa tashkilot rahbari yoki vakolatli shaxsning ruxsat berganligi haqidagi imzosi mavjudligini; • hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini; • hujjatlarda qayd etilgan ilovalarning mavjudligini tekshirishi shart. Ushbu talablarga rioya qilinmagan bo‘lsa, kassir hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun buxgalteriyaga qaytaradi. Kassa orderlari kassaga topshirilguniga qadar tashkilot buxgalteriyasi tomonidan tegishli ravishda “Kassa kirim orderlariniqayd etish daftari”da va “Kassa chiqim orderlarini qayd etish daftari”da ro‘yxatga olish lozim. Ish haqini to‘lashga doir to‘lov qaydnomalariga rasmiylashtirilgan kassa chiqim orderlari u to‘langanidan so‘ng ro‘yxatga olinadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar kassasidan naqd pullar chiqim kassa orderlari (KO-2) asosida yoki tegishlicha rasmiylashtirilgan boshqa hujjatlar (to‘lov vedomostlari, pul berish to‘g‘risidagi arizalar, to‘lovnoma va boshqalar)ga asosan beriladi. Bu hujjatlarda chiqim kassa orderi rekvizitlari tushirilgan shtamp izi bo‘lishi lozim. Naqd pul olish uchun to‘ldirilgan hujjatlarda xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari va bosh buxgalterning yoki ular vakolat bergan shaxslarning imzosi bo‘lishi kerak. 15-jadval Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling