2-mavzu. Pul mablag‘lari va valyuta operatsiyalari hisobi


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/18
Sana22.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1646055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
KASSA 
DAFTARI 
Kassa 20___ yil "____" ________________ uchun 





s

c




g‘ 

Hujjat 
raqami 
Kimdan 
olingan 
yoki kimga 
berilgan 
Korrespon- 
dentsiyalangan 
hisobvaraq 
raqami 
Kirim 
Chiqim 
Hujjat 
raqami 
Kimdan 
olingan 
yoki 
kimga 
berilgan 
Korrespon- 
dentsiyalangan 
hisobvaraq 
raqami 
Kirim 
Chiqim 
Kun boshidagi 
qoldiq 
Kun mobaynida 
jami: 
Kun oxirida 
qoldiq: 
Shu jumladan: 
Kassir 
(yozuv bilan) 
Kassa daftaridagi yozuvlarni tekshirdi va hujjatlar 
soni 
kirimini va
chiqimini qabul qildi 
(yozuv bilan)
Kassir kassa daftariga yozuvlarni har bir kassa orderi bo‘yicha pullar 
olingandan yoki naqd pullar tarqatilgandan keyin darhol kiritadi. Har ish kuni 
oxirida kassir: 

bir kunlik operatsiyalar hisobini chiqaradi; 

kassadagi naqd pullar qoldig‘ini keyingi ish kuniga o‘tkazadi; 

ikkinchi qirqiladigan varaqni kassirning hisoboti sifatida kassa kirim va 


chiqim hujjatlari bilan birgalikda buxgalteriyaga kassa daftariga imzo qo‘ydirgan 
holda topshiradi. 
Agar kuniga unchalik katta bo‘lmagan operatsiyalar (umumiy summasi eng 
kam oylik ish haqining bir baravari miqdorigacha) amalga oshirilsa, kassir 
buxgalteriyaga hisobotlarni 3-5 kunda bir marta topshirishi mumkin. 
Elektron kassa daftari va kassir hisobotining varaqlari yil boshidan boshlab 
o‘sib borish tartibida raqamlanib, elektron tarzda amalga oshiriladi. Ammo yil 
yakunida daftar baribir bosmadan chiqarilishi, varaqlarning umumiy soni rahbar 
hamda bosh buxgalter imzosi bilan tasdiqlanishi, tashkilot muhri bilan muhrlanishi 
lozim bo‘ladi. 
Kassirning ishlov berilgan hisoboti asosida buxgalteriyada 5000 
hisobvarag‘ining krediti bo‘yicha 1-jurnal-orderda va debeti bo‘yicha 1- 
vedomostda kassa muomalalarining hisobi yuritiladi. 
Kassa operatsiyalarini aks ettiruvchi buxgalteriya o‘tkazmalari: 
Bankdagi hisobraqamdan pul mablag‘lari kassaga kelib tushdi (ish haqi, 
nafaqa, mukofotlar va shu kabilarni berish uchun): 
Debet 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari” 
Kredit 5110–“Hisob-kitob schyoti” 
Hisobdor shaxslar tomonidan ishlatilmagan oldin olingan bo‘naklarning 
qaytarilishi aks ettirildi: 
Debet 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari” 
Kredit 4200 “Xodimlarga berilgan bo‘naklarni hisobga oluvchi schyotlar” 
Mahsulot, tovar, ish va xizmatlarning naqd pulga sotilishi aks ettirildi: 
Debet 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari” 
Kredit 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar” 
9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” 
9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar” 
Pul mablag‘larining kassadan bankdagi hisob-kitob schyotiga o‘tkazilishi aks 
ettirildi: 
Debet 5110–“Hisob-kitob schyoti” 


Kredit 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari” 
Hisobdor summalarning berilishi aks ettirildi: 
Debet 4200 “Xodimlarga berilgan bo‘naklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” 
Kredit 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari” 
Hisoblangan mehnat haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar (mukofot va shu 
kabilar) berilishi aks ettirildi: 
Debet 6710 “Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar” 
Kredit 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari” 
Puli berilgan holda sotilgan tovarlarning qaytarib olinishi aks ettirildi: 
Debet 9040 “Sotilgan tovarlarning qaytishi” 
Kredit 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari” 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling